6.Morfologik-dialektal so‘zlar. Adabiy til va shevalardagi so‘z o‘zaklariga forma yasovchi affikslarni qo‘shish orqali vujudga kelgan morfologik-dialektal so‘zlar turli xil bo‘lib, ular, odatda, forma yasovchi affikslarning birgalikda qo‘llanishi, turli xil fonetik o‘zgarishlarga uchrashi yoki faqat shevalarga xos foma yasovchi affikslarning qo‘shilishi natijasida shevalarda (adabiy til uchramaydigan) ∂p∂ng’l∂-opanglar; ot∂luv’ //ot∂luy’-otalari; h∂mm∂l’ys’-hammalari singari anchagina marfologik dialektal so‘zlar paydo bo‘lgan. Biroq bu xil so‘zlar bevosita leksika bilan aloqador bo‘lmaganligi sababli DLDlarda berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |