2) o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish;
3) mol-mulkni bosib olish yoxud qo‘lda tutib turish yoki shaxsni garov sifatida
ushlab turish;
4) xalqaro himoya ostida bo‘lgan chet el davlatlar vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlarning xizmat,
uy-joy binolariga hujum qilish kabi harakatlarni sodir etishdan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish turli usullar, harakatlar yordamida qotillik sodir etish yoki
zo‘rlik ishlatish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Aybdorning qilmishlari Jinoyat kodeksining 155-moddasi, 1-qismi bo‘yicha o‘ldirish yoki zo‘rlik
ishlatish bilan qo‘rqitish belgilarining mavjudligiga ko‘ra kvalifikatsiya qilinganida Jinoyat kodeksining 112-
moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinmaydi.
Mol-mulkni egallab olish deganda, o‘zganing mulkini qonunga xilof ravishda egallab olishni tushunish
lozim, bunda uning egasiga qaytarib berilishi jinoyat subyektining davlat, xalqaro tashkilotlar, jismoniy yoki
yuridik shaxslar oldiga qo‘ygan talablarining bajarilishiga bog‘liq.
Mol-mulkni egallab olish yashirin, zo‘rlik ishlatib yoki ishlatmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Mol-
mulkni ushlab turish – uning qonuniy egasiga qaytarilishiga to‘sqinlik qilish. Shaxsni garov sifatida ushlab
turish deganda, g‘ayriqonuniy ravishda zo‘rlik ishlatib, insonni erkin yurishidan mahrum etish tushuniladi.
Xalqaro himoya ostida bo‘lgan chet el davlatlari vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlarning xizmat
binolariga, ularga qarashli yoki ular ijaraga olgan uy-joy binolariga hujum qilish deganda, jamoat
xavfsizligiga tahdid soluvchi qonunga xilof ravishda zo‘rlik ishlatib qo‘qqisdan qilingan harakat tushuniladi.
Тerrorizm ko‘pchilik holatlarda portlatish, o‘t qo‘yish yoki boshqa harakatlarni sodir etish yo‘li bilan
insonlarning hayotiga tahdid solish, ancha miqdordagi mulkiy ziyonni keltirib chiqarishi yoxud boshqa
ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi, yoki yuqoridagi harakatlarni amalga oshirib qo‘rqitish bilan sodir
etiladi.
Jinoyat kodeksining 155-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan qilmish ushbu qonunning dispozitsiyasida
nazarda tutilgan harakatlardan birortasi sodir etilgan paytdan boshlab tamom bo‘lgan hisoblanadi.
Subyektiv tomondan terrorizm faqat to‘g‘ri qasddan sodir etilishi mumkin. Subyektiv tomon uchun
jinoyatning maqsadi zaruriy belgi bo‘lib hisoblanadi. Тerrorizmni sodir etishdan maqsad xalqaro
munosabatlarni chigallashtirish, urush chiqarish uchun ig‘vo qilish yoki O‘zbekiston Respublikasidagi
vaziyatni beqarorlashtirishdir.
16 yoshga to‘lgan, Respublika fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ham terrorizm
jinoyatining subyekti bo‘lishi mumkin.
Jinoyat kodeksining 155-moddasi, 2-qismida javobgarlik belgilangan qilmishning obyektiv tomoni davlat
yo jamoat arbobi yoki davlat organi vakiliga ularning davlat yoki ijtimoiy faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan
jamiyatdagi barqaror vaziyatni ishdan chiqarish yoki davlat organlari tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir
ko‘rsatish yoxud ularning siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish maqsadida:
1) ularning hayotiga
suiqasd qilishda;
2) ularga tan jarohati yetkazishda ifodalanadi.
Тerrorizmni sodir etish natijasida badanga shikast yetkazish deganda, davlat yoki jamoat arbobi yoxud
hokimiyat vakilining davlat yoki jamoatchilik faoliyatini olib borishi munosabati bilan uning badaniga har
qanday og‘irlikdagi (yengil, o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir) shikast yetkazish tushuniladi.
Тan jarohati davlat yoki jamoat arbobiga yoxud hokimiyat vakiliga aynan uning davlat yoki jamoat
faoliyati munosabati bilan bog‘liq holda yetkazilgan bo‘lishi kerak. Agar ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning
sog‘lig‘iga zarar ularning faoliyati munosabati bilan emas, balki boshqa holatlarda yetkazilgan bo‘lsa, unda
mazkur jinoyat tarkibi bo‘lmaydi va aybdorning harakatlarini shaxsga qarshi jinoyat, deb kvalifikatsiya
qilinadi.
Agar davlat yoki jamoat arbobi yoxud hokimiyat vakilining hayotiga suiqasd qilingan yoxud uning
sog‘lig‘iga shikast yetkazilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 155-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat
tamom bo‘lgan, deb hisoblanadi. Jinoyat kodeksining 155-moddasi, 2-qismida javobgarlik belgilangan qil-
mishning subyektiv tomoni uchun maqsad – vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari tomonidan
qarorlar qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatish yoxud siyosiy yoki boshqa jamoatchilik faoliyatiga to‘sqinlik qilish
shartining mavjudligi zaruriy belgidir.
Agar tahlil qilinayotgan moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
1) odam o‘lishiga;
2) boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining 155-
moddasi, 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Тerrorizm jinoyatining sodir etilishi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan
qo‘shimcha ravishda kvalifikatsiya qilinmaydi, balki odam o‘ldirish jinoyatini ham ko‘rib chiqilayotgan
modda qamrab oladi.
Тerrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs:
agar u hokimiyat organlariga o‘z vaqtida xabar berish va boshqa usul bilan og‘ir oqibatlar yuzaga
kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan bo‘lsa;
harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bo‘lmagan hollarda jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi (Jinoyat
kodeksining 155-moddasi, 4-qismi).
Тerrorizm natijasida boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi deganda, ko‘plab odamlarga og‘ir tan
jarohati yetkazilishi, binolar va inshootlarning vayron qilinishi yoki yo‘q qilib tashlanishi, davlatlar
o‘rtasidagi munosabatlarning chigallashtirilishi yoki to‘xtatilishi, muhim siyosiy va iqtisodiy ahamiyatga ega
muzokaralarning uzilib qolishi, vaziyatning beqarorlashuvini, aholi punktlaridagi hayotiy muhim
obyektlarning yo‘q qilinishi va shu kabilarni tushunish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: