1) to‘qnashayotgan taraflar qurolli kuchlari shaxsiy tarkibiga kiruvchi, shuningdek, qurolli kuchlar
tarkibida turgan xalq lashkarlari va ko‘ngilli otryadlarning shaxsiy tarkibiga
kiruvchi shaxslar;
2) to‘qnashayotgan va o‘z hududida yoki undan tashqarida turgan taraflarning boshqa xalq lashkarlari va
ko‘ngilli otryadlarning shaxsiy tarkibi;
3) qurolli kuchlar ortidan
borayotgan, lekin ularning tarkibiga
kirmaydigan shaxslar;
4) aviatsiya va savdo floti ekiрajlarining a’zolari;
5) bosib olinmagan hududning muntazam qo‘shinlar safiga kirib ulgurmagan, qarshilik ko‘rsatish uchun
qo‘liga qurol olgan (agar ular qurolni oshkora osib yursalar) va Jeneva konvensiyasining 4-moddasida
ko‘rsatib o‘tilgan boshqa shaxslar kiradilar.
Harbiy bo‘lmagan aholini zo‘rlab olib ketish – bosib olingan hududlardan ularni muayyan
joyda yashashi
uchun yoki yashash joylaridan noaniq yo‘nalishga haydab yuborish.
«Harbiy bo‘lmagan aholini himoya qilish to‘g‘risida»gi Konvensiyaning 49-moddasida urush davrida
fuqarolarni bosib olingan hududlardan bosib oluvchi yoki boshqa davlatlarning hududiga chiqarib yuborish
taqiqlanadi.
Xalqaro huquqda taqiqlangan urush vositalarini qo‘llash deganda, 1899 va 1907-yillarda qabul qilingan
«Urush qonunlari va udumlari to‘g‘risida»gi Gaaga konvensiyalarida taqiqlangan usullar va vositalardan
foydalanishni tushunish lozim.
Jumladan, odamlarga ortiqcha kulfatlar keltirish, shaharlar, shaharchalarni yoxud qishloqlarni buning
uchun harbiy zarurat bo‘lmagani holda xarob qilish, diniy, xayriya, o‘quv, badiiy va ilmiy muassasalar,
tarixiy yodgorliklar, badiiy va ilmiy asarlarni egallab olish, xarob qilish yoki ataylab yo‘q qilib tashlash va
ularga putur yetkazish uchun mo‘ljallangan zaharli moddalar yoki boshqa turdagi qurollarni qo‘llash;
muayyan ahdni buzib dushmanni yarador qilish yoki asirga olish; hech kimni tirik qoldirmaslik haqida
buyruq berish kabilar taqiqlanadi.
Jinoyat kodeksining 152-moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan harakatlardan bittasi sodir etilgan vaqtdan
e’tiboran jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Subyektiv tomondan jinoyat faqat qasddan sodir etilishi
mumkin. Jinoyatning sababi va maqsadi (g‘araz, qasos olish, shuhratparastlik) jinoyatning kvalifikatsiyasiga
ta’sir ko‘rsatmaydi.
Jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan shaxslar bo‘lishlari mumkin. Bular, odatda, harbiy
qo‘mondonlikning oliy mansabdor shaxslari, turli harbiy qismlarning komandirlari, harbiy xizmatchilaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: