―Metod‖- ob'ektiv olamni bilish tadqiq qilish usulidir. Ta'lim metodi ilm fan, kasb-hunar yoki alohida o'quv predm o'qituvchi va o'quvchilarning hatti-harakat usullari tizimidir.
Ta'lim metodlari pedagogik jarayonida ko'zlagan maqsadga binoan pirovard natijani ta'min etuvchi yo'l (usullar) tizimidir.
Kasbiy tayyorgarlik jarayonida ta'limiy maqsadlarga, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan pedagog va o'quvchilarning o'zaro aloqador hamkorlik faoliyat usullari – ta'lim metodlari deb yuritiladi. Har qanday ongli faoliyatni o'zaro aloqador tashkil etish, qiziqtirish, amalga oshirish va nazorat qilish bosqichlaridan iborat bo'lganligi bois. Yu.K.Babanskiy ta'lim metolarini ham quyidagi 3 guruhga ajratadi:
o'quv bilish faoliyatlarini tashkil etish metodlari; o'quv bilish faoliyatiga rag'batlantirish metodlari;
o'quv bilish faoliyati samaradorligini nazorat qilish metodlari;
Ta'lim metodlarining samaradorligi bilan har qanday sharoitda oxir-oqibat o'quvchilar o'zlashtirgan bilim ish harakat usullari va shaxsiy fazilatlarining shakllanish samaradorligi va sifatiga bog'liq bo'ladi.
Ta'lim metodlari axborotlarni uzatish va idork etish manbaiga ko'ra quyidagicha turlanadi:
Og'zaki (hikoya, suhbat, ma'ruza);
Ko'rsatmali (rasmlar, diagrammalarni ko'rsatish namoyish qilish);
Amaliy (tajriba-sinov ishlari, mashq, o'quv ishlab chiqarish mehnati kabilar).
Axborotlarni uzatish va idrok etish mantig'iga ko'ra ta'lim metolari; Induktiv va deduktiv bo'ladi.
Induksiya xususiy, juz'iy hodisa vadalillardan umumiy xulosaga kelish usuli, deduksiya esa umumiydan xususiy xulosa chiqarish yo'lidir.
Bilimlarni o'zlashtirida o'quvchilarning fikr yuritish mustaqilligi darajasiga ko'ra:
Maxsulsiz (o'quvchilar nofaol ishtirokchi sifatida qatnashadilar).
Maxsulli (o'quvchilarning faol izlanuvchan o'quv bilish va ishlab chiqish faoliyatida ishtirok etishlarini ko'zda tutadi).
O'quv ishlarini boshqarilish darajasiga ko'ra:
O'qituvchining bevosita rahbarligi ostidagi o'quv ishlari;
O'quvilarning o'z ustiladida mustaqil ishlashlari: (kitob (manba)lar bilan ishlash; yozma ishlarni bajarish; laboratoriya ishlari; mehnat vazifalarini bajarish kabilar).
O'qib o'rganishga qiziqtirish metodlari.
O'quv bilish o'yinlari;
O'quv munozaralari;
Emosional-axloqiy vaziyatlar.
Burch va javobgarlikka rag'batlantirish metodlari:
O'qib-o'rganishning muhimligiga ishontirish;
Talablar qo'yish;
Talablarning bajarilishi yuzasidan mashq qildirish;
Rag'batlantirish va jazolash;
Og'zaki nazorat va o'z o'zini nazorat qilish metodlari: individual so'rov; yoppasiga so'rov, og'zaki sinov, og'zaki imtihon; mashinali yoki mashinasiz nazorat;og'zaki o'z-o'zini nazorat qilish.
Yozma nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish metodlari: yozma nazorat ishlari; yozma sinov ishlari; imtihonlar; yozma dasturlashtirilgan ishlarni bajarish; yozma o'z-o'zini nazorat qilish.
Laboratoriya amaliy nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish metodlari: Laboratoriya amaliy nazorat ishlari;
Mashinali va mashinasiz nazorat ishlari;
O'z-o'zini nazorat qilish uchun mo'ljallangan laboratoriya amaliy ishlarini bajarish.
Shaxsiy his-tuyg'ularni shakllantirish (tarbiya) metodlari: suhbat; namuna bo'lish, ma'ruza; munozara.
Ijtimoiy ahloqiy tajribalar va amaliy faoliyatni tashkil etishni shakllantirish metodlari; pedagogik talab; jamiyat fikr mulohazalari; odatlantirish, o'qlantirish; tarbiyaviy vaziyatlarni yuzaga (vujudga) keltirish.
Odob-axloq va xulq-atvorini rag'batlantirish metodlari;
Musobaqa;