bilimli bo‘lishni va iste‗dodni rag‘batlantirish;
ta‗lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish
ko‘rsatilgan;
Bilim olish huquqi Respudlikamizda jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e‗tiqodi,
dinga munosabati, ijtimoiy mavqei, turar joyi, respublikamiz xududida xammaga bilim olishda teng huquqlilik kafolatlangandir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta‗lim to‘g‘risida»gi qonuninig qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta‗lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy faollikka ijtimoiy – siyosiy xayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va xal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Ta'limning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog'liq bo'lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar hamda ular bilan bog'liq bo'lgan malaka va ko'nikmalar bilan qurollashtirish alohida ahamiyatga ega. Bunda ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan tarixiy va madaniy qadriyatlar hamda ular hayotining ma'nosi, jamiyatda insonning tutgan o'rni, ta'lim – tarbiyasi, odob – axloqi
haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi ta'lim taraqqiyoti uchun ham milliy maktab yaratishdagi yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymon – e'tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik millatlararo do'stlik
munosabatlari, qahramonlik, qadrlik singari tuyg'ularni tarbiyalashda o'ta muhimdir.
Shu bilan birga ta'lim – tarbiya muassasalari uchun alohida vazifalar qo'yilgan bo'lib, ularning mazmuni ham ―Ta'lim to'g'risida‖gi qonun bilan mushtarakdir.
Ta'lim muassasalarida beriladigan ma'lumot mazmuni tarixiy xususiyatga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqislarida yosh avlodga beriladigan ma'lumot mazmuni, uning hajmi, muayyan ijtimoiy tizimning iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan –
texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyati holati bilan belgilanib kelingan. Fan – texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori darajada bo'lgan bugungi kunda ta'lim muassasalarida beriladigan ma'lumotmazmuni ta'lim oluvchilarga ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyati tashkil etishlari yo'lida ko'nikma va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ta'limning mazmuni, avvalo, barkamol va malakaviy mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi.