Davlat va jamiyat. Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo'yicha ta'lim muassasalarining faoliyatini uyg'unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko'rsatadi.
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi:
fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o'z malakasini oshirish huquqlari ro'yobga chiqarilishiga;
majburiy umumiy o'rta ta'lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta'lim olish yo'nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishga;
davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosida oliy ta'lim va oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim olish huquqiga;
davlat ta'lim muassasalariga mablag' bilan ta'minlash;
ta'lim oluvchilarning o'qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash;
sog'liq va rivojlanishda nuqsoni bo'lgan shaxslar ta'lim olishiga kafolat beradilar.
Uzluksiz ta'lim. Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy, shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratadi.
Ta'lim mazmuni O'MKHT davlat ta'lim standartlarining funksiyalari.
Davlat ta'lim standarti (DTS) umumiy o'rta ta'lim, kasb – hunar ta'limi hamda oliy ta'lim uchun alohida – alohida ishlab chiqariladi.
Umumiy o'rta ta'limning DTS o'quvchilar umumta'lim tayyorgarligi saviyasiga qo'yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. O'z navbatida kasb – hunar ta'limining DTS o'quvchilar kasb – hunar tayyorligiga, saviyasiga qo'yilgan (Oliy ta'lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qo'yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.
DTS ta'lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta'lim mazmunini o'zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko'rsatayotgan turli ta'lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o'z mohiyatiga ko'ra o'quv dasturlari, darsliklar, o'quv qo'llanmalari, nizomlar, o'quv rejasi va boshqa me'yoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Umumiy o'rta (kasb – hunar va oliy) ta'limning DTS o'zining tuzilishi va mazmuniga ko'ra davlat, hudud ta'lim muassasalari manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng muhimi ta'lim oluvchi shaxsi, uning intilishlari qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.
DTSni, uning talablarini bajarish O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko'rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo'ysinishdan qatiy nazar barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o'rta (kasb – hunar va oliy) ta'limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi.
DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi;
O'quv dustarlari mazmunining jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan – texnik rivojlanishi bilan bog'liq;
Umumiy o'rta (kasb – hunar va oliy) ta'lim mazmunining insonparvarligi; Ta'lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi;
Umumiy o'rta (kasb – hunar va oliy) ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovasion (ilg'or) texnologiya yutuqlariga tayanish;
Pedagogik tafakkurda qaror topgan an'anaviy qarashlar bilan ―Ta'lim to'g'risida‖gi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
Ilg'or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida me'yorini belgilash tajribalarida milliy hususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o'rta (kasb – hunar va oliy) ta'lim muassasalari uchun tayanch o'quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o'quv reja ta'lim sohalarini me'yorlash hamda ta'lim muassasalarini moliyaviy taminotini ta'minlashga asos bo'luvchi davlat muassasalarini moliyaviy taminotini ta'minlashga asos bo'luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o'quv rejasi o'quv predmeti bo'yicha beriladigan ta'lim mazmunini ta'lim oluvchiga etkazish uchun ajratilgan o'quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |