O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Download 0,82 Mb.
bet18/63
Sana26.10.2022
Hajmi0,82 Mb.
#856703
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

Kasblar tasniflagichi.


Bo'lajak kichik mutaxassislarni tayyorlash ishi bevosita davlat va jamiyatning talab va ehtiyojlariga asoslanib, o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim tizimidagi tayyorlov yo'nalishlari kasblar va ixtisoslik tasniflagichida o'z ifodasini topadi. Amaldagi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limidagi tayyorlov yo'nalishlari kasblar va ixtisosliklar umumiy davlat tasniflagichi O'zbekiston Respublikasida texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish bo'yicha yagona tuzilma tarkibiga kiradi va Vazirlar Mahkamasining ―Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim stardartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida‖gi 1998 yil 5 yanvardagi 5-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari tayyorlov yo'nalishlari kasblar tasniflagichining tasniflash ob'ektlari hisoblanib, unga tayyorlov yo'nalishlari turkumiga kiruvchi kasblar nomi va kodi hamda ixtisosliklar ro'yxati keltirilgan.
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining tayyorlov yo'nalishlari kasblar va ixitsosliklar umumdavlat tasniflagichini joriy etish oliy va o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi standartlari bilan birga tasniflagichlarni ishlab chiqish va yuritish tartibiga RST O'z.6. 01.02. 95 ga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Tasniflagich o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o'quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlovchilar, o'rta maxsus kasb hunar ta'limda Davlat ta'lim standartlari o'quv rejalari, dasturlari va boshqa me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqaruvchilar ta'lim muassasalari rahbarlari, respublika va mahalliy boshqaruv tashkilotlar muassasalari, vazirliklar, muassasalar va boshqa respublikamiz xo'jaliklarini rivojlantirishda faoliyat ko'rsatayotgan sub'ektlar uchun mo'ljallangandir. Tasniflagich kasb-hunar kollejlari va boshqa tashkilot hamda muassasalarning qaysi vazirlikka, qarashliligidan va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar aynan qo'llanilishi shart.
Tasniflagichda quyidagi tariflar qo'llanilgan: tayyorlov yo'nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichi (TYKIUT), O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o'quv muassasalarida kichik mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha tayyorlov o'ynalishlari. Kasblar va mutaxassisliklarning tizimlashtirilgan ro'yxati.
O'MKHT – tayyorlov yo'nalishlari va kasblar kodi kasbiy faoliyat sohalariga muvofiq kasblar va ixtisosliklar bo'yicha tayyorlov yo'nalishlari ixtisoslashtirilgan ro'yxatining raqamli belgisidir.
Tasniflagichda ta'lim bosqichlari va ta'lim sohalari tayyorlov yo'nalishlari va kasblar quyidagicha ettita raqamli kod bilan belgilanadi. Ta'limning xalqaro klassifikasiyasiga binoan ta'lim bosqichi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi 3 raqami bilan belgilanadi, masalan, 3144610, 3210210 va h.k.
Birinchi raqam - ta'lim dasturi bosqichi kodi;
Ikkinchi raqam - bilim sohasi kodi; Uchinchi raqam – ta'lim sohasi kodi;
To'rtinchi va beshinchi raqam – tayyorlov yo'nalishlari kodi; Oltinchi va ettinchi raqam – mutaxassislik kodi.
Uzluksiz ta'lim tizimidagi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi ap oliy ta'lim (bakalavriat)da uzviylikni ta'minlash maqsadida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limidagi tayyorlov yo'nalishlari kodlariga moslashtirilgan



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish