O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Kasbiy ta'limning falsafiy metodik asoslari



Download 0,82 Mb.
bet3/63
Sana26.10.2022
Hajmi0,82 Mb.
#856703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

Kasbiy ta'limning falsafiy metodik asoslari.


Ta'lim jarayoninining ilmiy nazariy uslublari va amaliy asoslarini, ya'ni ta'lim berish, bilim berish, o'qitish nazariyasi shug'ullanadi. Ma'lumki kasbiy ta'limning asosiy maqsadi va vazifasi-shaxsni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta'lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma'noni bildiradi. Ya'ni ta'lim oluvchilarda bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilish,
ularda dunyoqarash, fikr va e'tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o'stirishdan iborat.
Kasbiy ta'limning asosiy mazmunini uni vazifalari oydinlashtiradi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog'liq bo'lgan vazifalar kiradi. Ular ilmiy va texnikaviy bilimlar hamda ular bilan bog'liq bo'lgan malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarda, hayotning ma'nosi, jamiyatda insonning tutgan o'rni, ta'lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqidagi hikmatli fikrlar borki, bular bugungi ta'lim taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratish borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, imon-e'tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatsevarlik, millatlararo do'stlik, munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuyg'ularini tarbiyalaydi.
    1. Kasb ta'limining ilm sifatidagi o'rni.


Kasb – muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyatining turi. Kasb-hunar sirlarini egallashga umummilliy, umumkasbiy, maxsus ma'lumotlar hamda amaliy ish harakat usullari va shaxsiy fazilatlarini o'zlashtirish orqali erishiladi
Kasbiy ta'lim – insonni o'zi tanlagan, tor yo'nalishdagi mehnat faoliyatiga xizmat qiladi. O'quvchi – talabalarni hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari, uning bazasi haqidagi bilimlar sistemasi bilan qurollantirishni ta'minlaydi, hamda inson faoliyatining turli sohalaridagi ish operasiyalarini o'zlashtirib olish uchun baza (asos) ahamiyatiga ega bo'lgan bir qator mehnat ko'nikma va malakalarini egallab olishni nazarda tutadi. Natijada yangi demokratik jamiyat qurishga qodir bo'lgan yuqori malakali, ongli va faol zahmatkashni tayyorlashga imkon beradi.
Ta'lim ma'lum qonuniyatlarga bo'ysunadi va umumfalsafiy metodologiyaga muvofiq bu qonuniyatlar ta'lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar o'rtasidagi umumiy, muhim, zarur, barqaror aloqalardan, shuningdek, ta'limning mazmuni, shakllari, uslublari va vositalari o'rtasidagi ichki bog'lanishlardan iboratdir. Ta'lim jarayoni davomida quyidagi qonuniyatlar yoritiladi:
Kasbiy ta'lim jarayoni qonuniy ravishda ijtimoiy jarayonlardan va jamiyatning ehtiyojlaridan kelib chiqqan;
Kasbiy ta'lim jarayoni yaxlit pedagogik jarayonga kiradigan o'qitish, tarbiyalash va kamol toptirish jarayonlari bilan qonuniy ravishda bog'liqdir;
Kasbiy ta'lim qonuniy ravishda ta'lim oluvchilarning haqiqiy o'quv imkoniyatlariga bog'liqdir;
Ta'lim qonuniy ravishda o'zi amalga oshiriladigan tashqi sharoitlarga bog'liqdir;
Ta'lim va ta'lim jarayonlari yaxlit ta'lim jarayonida qonuniy ravishda o'zaro bog'liqdir;
Ta'lim mazmuni qonuniy ravishda uning jamiyat ehtiyojlarini, fan rivojlanishining darajasi va mantiqiy, haqiqiy o'quv imkoniyatlari va ta'lim uchun tashqi sharoitlarini aks ettiradigan vazifalarga bog'liqdir;
Ta'limning prinsiplari bilan qonuniyatlari ham o'zaro bog'liqdir.
Mustaqil Respublikamiz oliy o'quv yurtlarida bugungi kun talablariga javob beradigan etuk mutaxassislar tayyorlashda ta'lim tarbiya sohasidagi islohotlarning o'tkazilishi zamirida bo'lajak mutaxassis kadrlarning salohiyati va bilim saviyasi yaxshilanmoqda.
Aynan shu maqsadarni ro'yobga chiqarishda Respublikamizda kasb ta'limi islohoti, kasb ta'limning tashkil etish jarayonlari va uni o'qitish uslublari didaktika va uning tamoyillari, o'quv jarayonida o'qitish vositalaridan foydalanish uslublari, kasb ta'limida innovasion texnologiyalar, dars jarayonini tashkillashtirish, talabalarni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish, bilim, ko'nikma va malakalarini oshirish hozirgi zamon talabidir.

    1. Download 0,82 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish