Fanni metodologik asoslari.
Metodologiya – ―metod‖ va ―logiya‖ iboralarining birligida bilish faoliyati usuli, vositalari va mantiqiy tarkibi haqidagi ta'limot ma'nosini anglatadi.
Metodologiya har qanday faoliyatning zaruriy tashkiliy komponentidir. Shu jihatdan metodologik eng avvalo, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o'ziga qamrab olib, odat hamda me'yorlar shaklida, ikkinchidan amalda bajariladigan faoliyatning ta'siri sifatida yuzaga chiqadi. Har ikkala holda ham bilimning asosiy vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror ob'ekni amaliy o'zgartirishdan iborat.
O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimining metodologik asoslari quyidagilardan iborat hisoblanadi;
-O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
-O'zbekiston Respublikasining ―Ta'lim to'g'risida‖gi qonuni;
-O'zbekiston Respublikasining ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida‖gi Qonuni;
Shuningdek buyuk mutafakkir olimlarning ta'lim-tarbiya haqidagi g'oyalari, hukumat qarorlari, farmon va farmoyishlar kabilar.
Kasb-hunar ta'limining metodologik asoslarisiz uning maqsadi, vazifalari, mazmuni, tashkil etish shakllari, amalga oshirish metod va vositalari, ishtirokchilari, natijalari hamda bu jarayonga ta'sir etuvchi boshqa omillarni asosli o'rganish mumkin emas. Kasb ta'limining metodologik asoslari uning me'yoriy hujjatlarini aniqlashga imkon beradi.
Kasb ta'limining tadbirkorlik yilida vatanimizni bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta'minlashda kichik mutaxassislarni tayyorlash maqsadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida «Kasb hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibining tanlanganligi hamda o'quv jarayonininig tashkil etilishi jihatdan yangi ta'lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunar egallash hamda tegishli o'quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi» deb ko'rsatilgan.
Kasbiy tayyorgarlik iqtisodiyotning muayyan sohasida muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat ko'rsatishga imkon beradigan maxsus bilim ko'nikma, malaka va mehnat tajribalari kabilar majmuasidir.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida» gi amaldagi Qonunining 13- moddasida «O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olish maqsadida har kim umumiy o'rta ta'lim asosida akademik lisey yoki kasb-hunar kollejlarida o'qishning yo'nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega.
Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari egallagan kasb-hunar bo'yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta'limning navbatdagi bosqichida davom ettirish uchun asos bo'ladigan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi.
Akademik lisey o'quvchilarning intelektual qobiliyatlarini jadal o'strishni, ularni tabaqalashtirilgan va kasb-hunar yo'naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydigan uch yillik o'rta maxsus o'quv yurtidir.
Kasb-hunar kolleji o'quvchilarning o'quvchilarning kasb-hunarga yo'naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydigan uch yillik o'rta maxsus kasb-hunar o'quv yurtidir» - deb ko'rsatilgan.
Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |