Takrorlash uchun savollar
Didaktika deganda nimani tushunasiz?
Didaktikaning mohiyatini tushuntiring?
Didaktika (ta'lim) tamoyillarini aytib bering?
Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
Kasbiy ta'limning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
Ta'limdagi onglilik va faollik prinsipining maqsadi nimadan iborat?
Ta'limdagi nazariya va amaliyot birligi prinsipining maqsadi nimadan
Mavzu: Kasbiy ta'limni tashkillashtirish asoslari
Reja:
1.Ta'lim uslubiyoti – pedagogik tizimning tashkil etuvchisi. 2.Ta'lim uslubiyotini tuzilishi.
3.Ta'lim uslubiyotini xarakatlanuvchi tuzilmasi. 4.Ta'lim uslubiyotini loyihalash va ishlab chiqish tartibi.
Adabiyotlar: 1. 2. 6. 7. 8.
Tayanch iboralar:Uslubiyot (metodika), uslub (metod), didaktika, bilishning (kognitiv) darajasi, didaktika prinsiplari (tamoyillari), dars o'tish prinsiplari (tamoyillari).
Ta'lim uslubiyoti – pedagogik tizimning tashkil etuvchisi.
Uslubiyot (metodika) pedagogikaning tarkibiy qismi (pedagogika yunoncha paidagogikos) bo'lib, insonni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to'g'risidagi, hamda ta'lim – tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari (uslublari) haqidagi ta'limotdir.
Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o'z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning ta'siri sifatida yuzaga chiqadi. Metodika qisqacha qilib aytganda ma'lum bir fanni o'qitish uslublari haqida to'g'risidagi ta'limot. Kasbiy fanlarni o'qitish metodikasi (uslubiyoti) esa shu fanni o'rganadi.
Boshqacha aytganda, uslubiyot (metodika) – bu dars o'qitishda o'qituvchiga qo'yiladigan talalarni realizasiya ilishni amalga oshiradigan turli uslublarning majmuidir.
Dars o'tishda to'g'ri uslub tanlanmasa, nazariy jihatdan o'qituvchining bilimi qancha yuqori bo'lishidan qat'iy nazar kutilgan natijani bermaydi. O'qituvchining bilimi pedagogik mohirlik bilan qo'shilgandagina o'quv jarayonini samarali tashkil etish mumkin. Buning uchun avval o'quv jarayonini tashkil etishning turli uslublarini va ularni qo'llashni bilishi kerak. Kasbiy ta'lim metodikasi (uslubiyoti) aynan ana shu maqsadga qaratilgan. U kasbiy fanlarni o'rganishda qo'llaniladigan metod (uslub)lar va uni dars jarayonida qo'llash yo'llarini o'rgatadi. Metod (yunoncha metodos- tadqiqot yoki bilish yo'li, nazariya, ta'limot) – deganda voqelikni amaliy yoki nazariy o'zlashtirish usullari tushuniladi. Odatda metodika (uslubiyot) deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va usullari majmui tushuniladi. Shunday qilib metodika o'quv jarayonini tashkil qilish shakllari, uslublari, qonunlari-qoidalari o'rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |