O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Ta'lim uslubiyotini loyihalash va ishlab chiqish tartibi



Download 0,82 Mb.
bet31/63
Sana26.10.2022
Hajmi0,82 Mb.
#856703
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63
Bog'liq
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

Ta'lim uslubiyotini loyihalash va ishlab chiqish tartibi.


Dars berishning ob'ektiv va sub'ektiv tomonlari mavjud. Uning ob'ektiv tomoniga fanning predmeti, shu darsning xususiyatlari, mavzuning mazmuni kirsa, sub'ektiv tomoni shu fanni o'qituvchi tomonidan o'zlashtirishidir. Undan tashqari metodik jihatdan tayyorgarlik natijasi individual metodik prinsipi, uslublar va uni o'quv tarbiya jarayonida qo'llash kabilarni ham o'z ichiga oladi.
O'quv jarayonini tashkil etish va dars berish uslubini tanlaganda, o'quv jarayonida oliy o'quv yurtida mutaxassis tayyorlash bilan birga yoshlarning dunyoqarashi etuk, ahloqiy pok, o'z yurtining vatanparvari bo'lishini hamda baynalminallik ruhini singdirish zarurligini yoddan chiqarmaslik kerak.
O'qituvchining shaxsi uning psixologik sifatlari, nazariy va metodik jihatdan tayyorgarlik darajasi, dars berish metodiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bu uslubning o'zini darsda qo'llash turli o'qituvchilarda turlicha natija beradi. Dars berish uslublarining samaradorligi haqida fikr yuritilar ekan, o'qituvchining shaxsiy sifatlaridan ilmiy uslubiy tayyorgarligi darajasini ajratib bo'lmaydi. Dars berishning jarayon sifatida ob'ektiv va sub'ektiv tomonlarning birligi ko'riladi.
Dars berishning ob'ektiv tomoniga o'qituvchiga bog'liq bo'lmagan o'rganilayotgan fanning mazmuni, dars o'tish prinsiplari kiradi. Dars berishning sub'ektiv tomonlariga esa:

  1. o'qituvchining shu fanni va uning mazmunini egallagani, bilimi darajasi.

  2. o'qituvchining uslubiy tayyorgarligi, metodikaning qonun–qoidalarini qo'llay bilish darajasi.

V) har bir o'qituvchining ta'lim–tarbiya jarayonida u yoki bu uslubni qo'llashdagi individual xususiyatlari.
Dars berishda pedagog sub'ektiv omil sifatida namoyon bo'ladi. Ko'p jihatdan talabalarni o'zlashtirishi o'qituvchining dars o'tishda tanlangan uslublariga bog'liq. Har bir o'qituvchi o'zining individual xususiyatlari bilan takrorlanmasdir. Bu albatta dars berishda katta rol o'ynaydi.
Har bir o'qituvchi o'z qobiliyatini dars berishda namoyon qilar ekan, u ma'ruza va boshqa nutq so'zlarida o'ziga xoslik baxsh etadi. Ayrim paytlarda sub'ektiv tomon o'quv jarayoniga putur etkazishi ham mumkin. Ma'lum bir mavzuni yoritishda o'qituvchi o'zi yaxshi bilgan yoki o'zining ilmiy izlanishlari bilan bog'liq bo'lgan, lekin shu mavzuga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lmagansavolga ko'p vaqt ajratib, qolgan savollarni ko'rib chiqish uchun vaqt etmay qolishi mumkin. Bu mavzuni bayon qilishdagi didaktikaning izchilliy prinsiplarini buzilishiga olib keladi. Shuning uchun dars o'tganda muhim vazifa bu sub'ektiv jihatlar albatta, ob'ektiv jihatlarga bo'ysunishi, aynan shu fanning mazmunini ochib berishga xizmat qilishi kerak. Bunda albatta to'plangan metodik tajriba qo'l keladi.
Har bir o'qituvchi o'zida quyidagi psixologik sifatlarni hosil qilishga va rivojlanishiga harakat qilishi kerak.

  1. Auditoriyada o'zini erkin tutish, o'zining dars berish imkoniyatiga ishonishi kerak.

  2. O'qituvchi gapirib turib, o'ylashni bilishi kerak. Aynan o'qituvchilik kasbining, mehnatining va mahoratining o'ziga xosligi ham shundadir. Dars berish jarayonida fikrlash, o'ylash va gapirish jarayoni qo'shilib ketadi.

  3. O'qituvchining fikrlashi va shu vaqtning o'zida uni bayon qilishi auditoriyada yuz beradi. Shuning uchun o'qituvchi unga tikilib turgan ko'zlardan qo'rqmasligi kerak. Shu bilan birga o'qituvchi auditoriyadagi talabalar bilan o'zaro bog'liqlikni yo'qotmaslik xislatlarini ham o'zida tarbiyalashi kerak.

  4. O'qituvchi auditoriyada o'tirgan talabalarning reaksiyasini, uni o'zgarishini to'g'ri aniqlashi uchun katta kuzatuvchanlik qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Auditoriyani psixologik holatini tez ilg'ashi kerak (tinchlik, shovqin va h.k.).

O'qituvchi bir psixologik holatdan boshqa holatga oson o'ta olishi kerak. O'qituvchining imoni komilligi, ilmiy dalillarni asoslab berishdagi ishonchi, uni fikrining talabalarga ta'siri bir necha marotaba oshiradi. O'ziga ishonish esa predmetni chuqur bilish, har tomonlama bilimga ega bo'lish, o'z fikrini ilmiy asoslab berish qobiliyatiga ega bo'lishdan kelib chiqadi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish