Takrorlash uchun savollar
O'qituvchining kasbiy-pedagogik faoliyatini o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Pedagogik faoliyat turlari to'g'risida tushunchalar bering?
Kasbiy pedagogik bilimlarni bayon qilib bering?
Kasb ta'limi o'qituvchisining kasbiy layoqatliligi nimalardan iborat?
Shaxsning pedagogik madaniyati kasbiy pedagogik faoliyatning asosi nimalardan iborat?
Mavzu: Ta'lim jarayonining o'quv me'yoriy hujjatlari
Reja: 1.O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standarti. 2.Namunaviy o'quv reja, ishchi o'quv reja.
3.Fan dasturi. O'quv dasturi. 4.O'quv uslubiy majmua.
Adabiyotlar: 1. 2. 6. 7. 8.
Tayanch iboralar: ixtisoslik, tashqi aloqalar, standart, element, mehnat bozori, istiqbolli, g'oya, funksiya, hamkorlar, reintegrasiya, maksimal, bandlik idoralari.
O'rta maxsus kasb-hunar davlat ta'limi standarti.
Amaliyotga kasb-hunar ta'limining davlat standartini kiritishdan asosiy maqsad uni yangi huquqiy va tashkiliy metodik asosda reintegrasiya etishdir. Kasb-hunar ta'limini standartlashtirishning nazariy asosi akademik S.Ya.Batshev tomonidan ishlab chiqilgan. Uni: bosqichli ta'lim nazariyasi; tayyorlov yo'nalishlari, kasblar va ixtisosliklarni guruhlash nazariyalari tashkil etadi.
Kasb-hunar ta'limi davlat standarti yaqin kelajakda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishini majmuaviy belgilab beruvchi echim sifatida xizmat qiladi. Pedagogik manbalarda kasb-hunar ta'limi davlat standarti quyidagicha talqin etiladi: bo'lajak kichik mutaxassislar egallashi zarur va etarli bo'lgan mazmun darajasi va ko'lami; o'quvchilarning maksimal o'quv yuklamasi hajmi, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan talablar va hakozo.
Kasb-hunar ta'limi davlat standartining mohiyati uning ichki va tashqi aloqalari tahlil etilsagina to'liq ochilishi mumkin, standartlarning tashqi aloqalari eng avvalo ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda o'z ifodasini topadi, bundan standart ijtimoiy buyurtmani talablar shaklida o'zida ifodalovchi me'yoriy xujjat ekanligi kelib chiqadi.
Kasb-hunar ta'limi standartining ichki aloqadorligi esa uni o'zaro aloqador va ta'sirdagi elementlardan tashkil topgan mustaqil tizim sifatida qaralganda namoyon bo'ladi. Standartni tashkil etuvchi elementlarning xususiyatlari, o'zaro aloqadorligi uning mohiyatini ochib berishga imkon beradi. Ijtimoiy- iqtisodiy tizimda standartning rolini tushunish uchun uning funksiyalarni bilish muhimdir. Birinchidan, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun o'zlarining hamkorlikdagi faoliyatlarini tashkil etish uchun, ikkinchidan , kasb-hunar ta'limi tizimi rahbarlari uchun nazorat qilish mexanizmini shakllantirish uchun; uchinchidan, bandlik idoralari xodimlari uchun, ishga joylashtirish va qayta tayyorlash ishlarini rivojlantirish maqsadida; to'rtinchidan, ijtimoiy hamkorlar uchun, ya'ni ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va barcha mehnat munosabatlari bilan shug'ullanuvchilar uchun; beshinchidan, yaqin va uzoq chet el hamkorlarimiz uchun, xalqaro mehnat bozorida inson huquqlarini erkin o'zaro ta'sirini ta'minlash uchun zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |