Rejalashtirish nima va nima uchun kerak?
Boing o‘zining 787-samolyotni “Dreamliner” deb nomladi, ammo loyiha menejlari uchun ko‘proq “dahshatli tushga” aylandi. Yangi samolyot kompaniyaning eng ommabop mahsulotlaridan bo‘lgan edi, asosan yangiliklari sababli, ayniqsa yoqilg‘i samaradorligida. Biroq samolyotning tayyor bo‘lishi jadvaldan 2 yarim yilga kechikib ketdi. Birinchi tayyor bo‘lgan samolyotlar 2010-yilning oxirida “Barcha Nipon” airportiga (BNA) jo‘natilishi kerak edi. Garchi har bir detal sinchiklab rejalashtirilgan bo‘lsa ham Boing loyihasining grafigi juda ham ulkan bo‘lganligini kompaniya tan oldi. Bir qancha mijozlar (ularning soni hammasi bo‘lib 60 ta atrofida edi) kutishdan charchab yoki boshqa sabablar bilan o‘z buyurtmalarini bekor qilishdi. Boing menejerlari rejalashtirishni yaxshi amalga oshira olishdimi?
rejalashtirish tashkilotning maqsadini tushintirishga yordam beradi, strategiyalarni tashkil etib maqsadga erishishga ko‘maklashadi. Ishda rivojlanayotgan rejalarni integrasiya qilish va muvofiqlashtirishga yordam beradi. U ikkita asosiy savoldan manfaatdor: bular nima va qanday.
Biz rejalashtirish terminini ishlatganimizda, rasmiy rejalashtirishni nazarda tutgan bo‘lamiz. Rasmiy rejalashtirish o‘ziga xos bo‘lgan maqsadlarni o‘z ichiga oladi va o‘ziga xos vaqt muddatini belgilaydi. Bu maqsadlar yozma ravishda tashkilot a’zolari bilan maslahatlashiladi. Bunga sabab noaniqliklarni kamaytirish va nima qilish kerakligi haqida umumiy tushuncha yaratish. Nihoyat, o‘ziga xos rejalar bu maqsadlarga erishish uchun eng samarali vositadir.
Nima uchun menejerlar rejalashtirishadi?
Rejalashtirish juda ham ko‘p kuchni talab etadi. Shunday ekan, nima uchun menejerlar ishni rejalashtirishadi? Biz sizga kamida to‘rtta misol keltirishimiz mumkin. Birinchidan rejalashtirish menejerlarga va menjer bo‘lmagan ishchilarga yo‘nalishni ta’minlaydi. Agar ishchilar o‘zlari ishlayotgan tashkilot yoki ishda nimalarga erishmoqchiligini va ular o‘z maqsadlariga erishish uchun qanday hissa qo‘shishlarini bilishsa, ular o‘z ish faoliyatlarini muvofiqlashtira olishadi, bir-birlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadilar. Rejalashtirish tashkilotning maqsadini tushintirishga jalb qiladi, strategiyalarni barpo etib maqsadlarga erishishga ko‘maklashadi, va ishda rivojlanayotgan rejalarni integrasiya va muvofiqlashtirishga yordam beradi. Maqsadlar (obyektivlar) bular kerakli natijalar yoki mo‘ljallardir.
Rejalar qanday qilib maqsadlarga erishish uchun mundarijali hujjatdir. Rejasiz, tashkilot bo‘limlari va shaxslari ko‘ndalang maqsad bilan ish yuritishadi va bu tashkilotga samarali maqsadlarga erishishida to‘sqinlik qiladi.
1 Qarang: Yo‘ldoshev Sh.A. Ishlab chi¢arishni boshqarish asoslari. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik.-T. “O‘qituvchi” 1987, 90-93 betlar:
Keyingi rejalashtirish, noaniqlikni kamaytiradi menejerlarni maajburan oldinga qaratadi, o‘zgarishlarni oldindan ko‘rishga ko‘maklashadi, o‘zgarishlar ta’sirini ko‘rib chiqishga undaydi va tegishli javoblarni rivojlantirishga yordam beradi. Garchi, rejalashtirish noaniqlinkni butunlay yoqata olmasada, ammo menejerlarga rejalashtirish samarali javob berishni o‘rgatadi.
Qo‘shimcha rejalashtirish chiqim va ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Agar ish faoliyati reja asosida muvofiqlashtirilsa samarasizlik oydinlashadi va xatolar to‘girlansa va yo‘qiltilsa bo‘ladi.
Nihoyat, rejalashtirish nazorati maqsadlarni va standardlarni o‘rnatadi. Menejerlar rejalashtirishsa ular maqsadlarni va rejalarni rivoshga keltirishadi. Ular nazorat qilishsa, rejalar amalga oshirilganini va maqsadlar bajarilganini ko‘ra olishadi. Rejalashtishsiz maqsadlarga erishib bo‘lmaydi va bu maqsadlarga ketadigan ish kuchi o‘lchovi ham belgilanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |