Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta



Download 3,65 Mb.
bet46/278
Sana23.05.2022
Hajmi3,65 Mb.
#608127
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   278
Bog'liq
Menejment

4-Mavzu . Menejment texnologiyasi
Reja:

  1. Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari. Maqsadlar.

  2. Motivatsiya.

  3. Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar.

  4. Boshqaruv qarorlari. Qarorni bajarilishini tashkil qilish.



Tayanch so’zlar: boshqaruv jarayoni, motivatsiya, “Ehtiyojlar ustunligi” nazariyasi, “Boisiy tozalanish” nazariyasi, axborot, birlamchi va ikkilamchi axborotlar, kommunikatsiya, kommunikatsion siyosat, qaror, Ringi usuli.



    1. Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari. Maqsadlar.



Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini ushalishiga yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz:

  • bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;

  • faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi;

  • faoliyatimizni aniq soxa, ishga yo‘naltiradi;

  • u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;

  • pirovard natijamizning baholash me’yorini belgilaydi va x.k.

Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqarish uchun o‘ta zarur. Chunki aynan shu maqsadga binoan:

  • boshqarish funksiyalari;

  • boshqarish usullari;

  • boshqarishning tuzilmaviy tarkibi;

  • lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muxim masalalar yechiladi. Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi lozim.



Boshqaruv maqsadiga qo‘yiladigan asosiy talablar


Maqsad bir ma’noli va aniq bo‘lishi kerak.

  • Agar siz qayoqqa borishni bilmasangiz, u xolda biror yo‘lni tanlashga xam xojat qolmaydi.

Maqsad real va bajarilishi mum-kin bo‘lishi kerak.

  • Qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa xech qanday shamol xam xamrox bo‘la olmaydi.

Maqsad miqdoran o‘lchovga ega bo‘lishi kerak.

  • Maqsad - bu navbatdagi bosqichda “jang”, bilan zabt qilinadigan bamisoli cho‘qqidir. Buni zinxor unutmaslik darkor. Shu “jang”da g‘olib chiqish uchun bajarilishi mumkin bo‘lgan real maqsadni o‘z oldimizga qo‘yishimiz kerak. Undan ortiqcha xam, kam xam emas,

vassalom.

Maqsad barcha bajaruv- chilarga tushunarli
bo‘lmog‘i darkor.

  • Miqdoran o‘lchovga, meyorga ega bo‘lmagan maq-sad - bu sarob. Bu talabga rioya qilmaslik rejalashtirilgan maqsadning oldindan

bajarilmasligiga zamin tayyorlash demakdir.

Maqsad bo‘limlar va mas’ullar bo‘yicha detallash-tirilgan bo‘lishi kerak.

  • Maqsad, uni boshqarish tamoyillari, piro-vard natija barchasi tushunarli va yozma ravishda ularga sodda tilda etkazilishi kerak.

Maqsad ko‘p qirrali bo‘lishi kerak.

  • Maqsad xar bir faoliyat turi, xar bir mas’ul shaxs bo‘yicha mayda-chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo‘lishi lozim.

Shundagina bu maqsadning ijro qilinish darajasini aniq nazorat qilish mumkin.




  • Bu - umumiy, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo‘linishini, “Maqsadlar shajarasi” (derevo tseley)ni tuzishni

talab qiladi.

Boshqarish maqsadlari juda xam xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarxda turkumlashni toqazo etadi.



Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish