Muvozanat tamoyili
Ish hajmi ortib ketgan paytda vahimaga berilmaslikning eng oson yo’li – chuqur nafas oling va «Qo’limdan kelganini uddalayman» degancha xotirjamlik bilan ro’yxat tuzishga kirishing. Oldingizda turgan ishlarni tahlil qilar ekansiz, eng muhimlarini amalga oshirishga vaqtingiz etishiga ishonch hosil qilasiz.
Hayotingizda muvozanat saqlanib qolishiga e’tibor qarating. Ishga qattiq berilib ketgan bilan organizmingizni alday olmaysiz, o’z vaqtida to’xtamasangiz, u payt poylab qasdini oladi. Bu esa rejalaringizga kiritilmagan.
Albatta, samarador bo’lish uchun taym-menejementning o’zi kamlik qiladi. Salomatlikni asrashga majbursiz. Ishingiz juda ko’p bo’lishi mumkindir, lekin oilangiz va dam olishga har doim vaqt ajrata biling.
Muvozanatning asosiy tamoyili: uyda va ishda o’tkazadigan vaqtingizni belgilab oling.
Xodimlarga istalgan erda dam olishi uchun 2000 dollardan qo’shimcha maosh to’laydigan kompaniya
Shunday atama mavjud — «mehnat qurboni». Bu o’zining ishda yo’qligi oqibatidan qo’rqib, munosib ta’til olishdan qo’rqadigan inson.
SteelHouse marketing kompaniyasi direktori Mark Duglas (Mark Douglas) mana shunday muammoga duch keldi: u o’z xodimlariga o’zlariga qulay vaqt ta’tilga chiqishlarini ma’lum qilganida, ular shunchaki bunga qanday munosabat bildirishni bilmay qolishdi.
Shunda Markning xayoliga zo’r g’oya keldi: nima uchun xodimlarga istalgan erda dam olib, ta’til o’tkazishi uchun haq to’lamaslik kerak? Hozir gap ta’til puli emas, qo’shimcha 2000 dollar haqida bormoqda. Ishchilar bu pullarni faqat dam olish uchun sarflashi kerak bo’ladi.
Qisqa qilib aytganda, siz yilda bir marta kompaniya hisobidan istalgan erga sayohat qilishingiz mumkin.
Albatta, xodimlar orasida qo’shimcha pulni dam olishga sarflamay o’ziga olib qolganlar ham topildi. Biroq Mark puldan foydalanish masalasida qaysar. «Men aslida sizlar qaergadir jo’nab, u erda maroqli dam olishingiz istayman», — deya talab qiladi u.
Natijalar ham o’z samarasini berdi. So’nggi uch yil ichida 250 nafar xodimdan faqatgina beshtasi ishdan bo’shadi. Albatta, ulardan uchtasi ishga bog’liq bo’lmagan holda ma’lum bir sababga ko’ra bo’shadi. Shuningdek, «bonusli» ta’tildan so’ng odamlar yangi kuchga to’lgan holda ishga qaytib, yanada samaraliroq ishlashmoqda.
Mark Duglas boshqa tashkilotlar ham mana shunday tajribani qo’llashiga ishonmoqda.
«Sizda ta’til uchun uch hafta vaqtingiz bor» deyish boshqa masala, —deydi Mark. — Biroq «Sizning etarlicha pulingiz bor, biroq uni dam olishga sarflamasangiz, ular shunchaki "yonib" ketadi» deyish o’zgacha ta’sir qiladi. Bu ularni ko’ndirishning ancha ilg’or usuli va bu orqali biz ularning dam olishi qanchalik muhimligini tushuntiramiz» .
5. TEST
Do'stlaringiz bilan baham: |