Xatolaringizni tan oling
Eng kerakli bilim va tajribani biz afsuski shaxsiy xatolarimiz tufayli olamiz. Ishlayotgan vaqtimizda har bir muvaffaqiyatsizlik yorqin karera yakunidek bo’lib ko’rinadi. Aslida esa bu bebaho saboqlar bizni keyingi qaror va qo’yilgan maqsadlarimizga diqqat bilan munosabatda bo’lishga undaydi.
Ko’pgina odamlar odatiy hayotda quyidagilar bilan shug’ullansalar yomon bo’lmas edi: manmanlik va o’zingizning muhimligingizni mo’’tadillashtiring, xatolaringizni tan oling, ularni tushuning, tahlil qiling va keyinchalik takrorlamang.
Qarorlar va javobgarlik qabul qilishdan o’zini soqit qilish maqsadida xodimlar ko’p hollarda hech qanday harakatni amalga oshirmaydilar yoki ishni to’liq hajmda bajarishmaydi. Biroq bir yaxshi psixologik usul mavjud: “Men xato qilishga haqliman, hatto buyuklar ham xato qilganlar, ular oldida men kim bo’libman”. Xato qilishdan cho’chimang, o’z kamchiliklaringizni takrorlashdan qo’rqing. Doimo harakatda bo’ling!
Ishdagi xatolaringizni hech qachon yashirmang, buning uchun jazolanishingizni bilsangiz ham. Berkitilgan narsa doim oshkor bo’ladi. Agar siz berkitayotgan xato salbiy oqibatlarga olib kelsa, bundan yomonroq bo’ladi. Sizning xodim sifatidagi obro’yingizga batamom putur etadi. Yaxshisi xatoingiz haqida rahbariyatni boxabar qiling va agar iloji bo’lsa, uning to’g’irlash yo’llarini taklif eting.
Ishni bajarishga jon-jahdingiz bilan kirishing
Vazifani o’zingiz uchun bajarayotgandek amalga oshirishga harakat qiling. Sizdan kutayotganlaridan ko’ra ko’proq, 110 foizga bajaring. Vazifaning chegaralarini o’rganib, unga yangilik kiriting. Balki uni kechikibroq bajararsiz, biroq o’zgalarni o’z yondashuvingiz va natijangiz bilan lol qoldirasiz!
Yodda tuting, hamma narsa sizga bog’liq emas, biroq bor kuchingizni sarflashga majbursiz. Ushbu xususiyatingiz o’zgalar tomonidan qadrlanadi.
Odamlarni ruhlantiring
Odamlarga ular ko’proq narsalarga erishishlari mumkinligi, xatolar esa vaqtinchalik ekanligini ayting. Ular bilan suhbatda haqgo’ylik, mehnatsevarlik, shaxsiy rivojlanish, javobgarlik mavzularini muhokama qiling. Ularga pul doim ham eng muhim narsa emasligi, undan boshqa qadriyatlar ham borligi to’g’risidagi fikrni etkazishga harakat qiling. Hech nimaga qaramay, odamlarni olg’a intilishga rag’batlantiring, ana shunda siz qo’llab-quvvatlanasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |