Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta



Download 3,65 Mb.
bet154/278
Sana23.05.2022
Hajmi3,65 Mb.
#608127
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   278
Bog'liq
Menejment

Xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash




532

ni
Tashkiliy elementlar

4-rasm. Korxona faoliyati tizimida xodimlarning mehnat faoliyatini tashkiliy


jihatdan ta’minlash36

Ish o‘rnini oqilona rejalashgirishni ta’minlash uchun quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarur:



  • ish makoni eng kichik bo‘lishi, lekin ish holatlarida antropometrik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda barcha mehnat harakatlarining erkin amalga oshirilishi uchun etarli bo‘lishi lozim;

  • asbob-uskunalarning joylashtirilishi asosiy ish zonasida amalga oshirilishi, ularning boshqarish organlari bo‘lsa xodimning qo‘li etadigan doirada bo‘lishi kerak;

  • xodim uchun qulay ish holatining yaratilishi u ortiqcha harakatlardan aylanish, burilish, egilish va qo‘shimcha charchashni keltirib chiqaradigan ortiqcha kuch-g‘ayrat sarflashdan holi bo‘lishi lozim;

  • barcha hollarda ish holati gavdaning, bosh va qo‘l-oyoqlarning qulay harakat qilishini ta’minlashi lozim;

  • ish zonasining yaxshi ko‘zga tashlanishini, mehnat qurollari, asbob, mexanizm va priborlarning yaxshi boshqarilganligiini ta’min etmog‘i darkor;

  • har bir ish o‘rnining texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liqligini, mehnat buyumlari orasidagi masofani va ularning joylashtirilishini mehnat vositalari va xodimlar mehnat harakati mazmunini o‘rganish lozim;

ish bajariladigan yuzaning balandligi va xodimning o‘tirish balandligi yoki oyoqlar ostidagi tagliklar balandligi (tik turib ishlaganda) muhim ahamiyagga egadir.


36 Q.H.Abduraxmonov.Mehnat Iqtisodiyoti.Inson Taraqqiyoti.T.:2013 y.
Bu balandliklar tartibga solib turilishi kerak, bu esa bo‘yi turlicha bo‘lgan ishchilarning faoliyati uchun qulaylik tug‘diradi;

  • ish o‘rnini, ish holatini va ishlab chiqarish mebelini shunday rejalashtirish kerakki, xodimning ko‘zi bilan mehnat buyumi o‘rtasidaga fiziologik jihatdan maqbul bo‘lgan masofa alohida aniq bajariladigan ishlarda — 25 sm, aniq ishlarda — 25-35 sm; ko‘rish idrokiga unchalik yuqori talablar qo‘yilmaydigan ishlar guruhida 35-50 sm, ish bajarishda ko‘rish fokusi ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar sohasida 50 sm dan ortiq bo‘lishi muhimdir.

Ish o‘rinlariga xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarish sharoitlarida mehnatni tashkil etishning juda muhim elementi hisoblanadi. U ish o‘rinlarini mehnat vositalari, buyumlari bilan ta’minlash va ishlab chikarish xususiyatiga ega bo‘lgan turli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha butun bir tadbirlar tizimini qamrab oladi.
Xizmat ko‘rsatish tizimi — bu asosiy ishchilarning ish o‘rinlarini uzoq vaqt mobaynida — bir smenadan tortib to bir haftagacha, hatto bir yilgacha yuqori unumli, bir maromda ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydigan yordamchi ishlarni bajarish sohasidagi butun bir tadbirlar majmuidir. Rivojlangan yirik va yaxshi tashkil etilgan ishlab chiqarishda xizmat ko‘rsatishning 10 ta funksiyasi mavjuddir:

  1. Ishlab chiqarish — tayyorlash funksiyasn. Unga ishlarni ish o‘rinlari bo‘yicha taqsimlash, xom ashyo va materiallarni butlash, texnik va iqtisodiy hujjatlar bilan (chizmalar, sxemalar, naryad-toshpiriqlar va shu kabilar) bilan ta’minlash, shuningdek turli yordamchi materiallar ishlab chiqarish kiradi. Asosiy ishlab chiqarishning muvaffaqiyati ham ko‘p jihatdan yaxshi tayyorlashga bog‘liqdir.

  2. Asboblar funksiyasn. Uning vazifasi — asosiy ishlab chiqarishni asbob va moslamalar bilan ta’minlashdir.

  3. Sozlash funksiyasi. Ishlatiladigan asbob-uskunalar qanchalik murakkab bo‘lsa, sozlash funksiyasining roli shunchalik ko‘proq seziladi. Dastlabki sozlash, yashi yoki tuzatilgan jihozni o‘rnatshn, moslash, to‘g‘rilash, ishlashini nazorat qilishdan iborat.

  4. Energetnk funksiya. Tsexlar, uchastkalar va ish o‘rinlarini energiya bilan ta’minlash borasida energetika qurilmalari va moslamalalari bilan ta’minlashda xizmat ko‘rsatishdir.

  5. Ta’mirlash funksiyasi. Asbob-uskunalarni joriy ta’mirdan chikarish va profilaktik xizmat ko‘rsatishdan, shuningdek tayyor holda olinmaydigan ehtiyot qismlarni tayyorlash yoki tiklashdan iborat.

  6. Nazorat funksiyasi. Mahsulot yoki ishlar sifatini muntazam ravishda nazorat qilib borishni, shuningdek chetdan olinadigan xom ashyo, materiallar va chala mahsulotlar yoki butlovchi buyumlarni qabul qilish, sinab ko‘rish va tahlil etishni ta’minlaydi. Uning muhim vazifasi hisobga olish, tahlil etish mahsulotning yaroqsizligi oldini olishdir.

  7. Transport funksiyasn. Uning asosiy vazifasi — xomashyo, material, yarim mahsulotlar va butlovchi buyumlarni ish o‘rinlariga etkazib berish, mehnat buyumlarini ish o‘rinlari, uchastkalar va tsexlar o‘rtasida tashish, tayyor mahsulotni ombor yoki iste’molchilarga etkazish, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilarini

tashishdir. Bundan tashqari, transport funksiyasiga ortish-tushirish ishlari va omborlardagi ishlar ham kiradi.

  1. Ta’mirlash-qurilish funksiyasi. Uning vazifasiga binolar, inshootlarni ishchi holatida saklash, ularni joriy va ba’zi hollarda esa o‘rtacha ta’mirlashni amalga oshirish, avariyalar va tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish, mayda yordamchi inshootlarni qurish, yo‘llar va kirish yo‘laklarini ta’mirlash kiradi.

  2. Xo‘jalik-maishiy funksiya. Ishlab chiqarish va maishiy binolarda tozalik va tartibni saklashga xizmat qiladi, ishlovchilarni ichimlik suvi, maxsus ovqat (sut, kaloriyali nonushta, sharbatlar) bilan, shuningdek ishlab chikarishdagi maishiy xizmatning barcha turlari bilan ta’minlaydi.

  3. Ombor funksiyasi. Agar korxonada yuklar oqimi katta bo‘lsa, murakkab va keng tarmokli ombor xo‘jaligi mavjud bo‘lsa, transport funksiyasidan ajralib chiqadi. Xizmat ko‘rsatishni boshqarish markazlashgan va markazlashmagan usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, iqgisodiy jihatdan qulayroq bo‘lgan ko‘pgina korxonalarda ish o‘rinlariga xizmat ko‘rsatishning aralash usuli qo‘llanadi, bunda eng muhim va murakkabroq funksiyalar markazlashgan holda (masalan, asbob-uskunalarni sozlash va profilakgika ishlari), boshqalari — markazlashmagan holda tsexlar va uchastkalarning o‘z kuchlari bilan amalga

oshiriladi.
Ikkinchi tomondan, yordamchi ishchilar o‘zlari asosiy mahsulotni ishlab chiqarmasligini, lekin butun mahsulot barcha ishchilarga taqsimlanishini ham etiborga olish kerak. Asosiy va yordamchi ishchilar soni nisbatlariga doir biron bir standart yoki yagona normativlar yo‘q: bu nisbatlar miqdori muayyan ishlab chiqarish sharoitlariga bog‘likdir. Faqat shunday umumiy qonuniyatnigina qayd etib o‘tish mumkin: xizmat ko‘rsatish funksiyalari kanchalik murakkab va xilma-xil bo‘lsa, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni asosiy ishchilarga nisbatai shunchalik ko‘p bo‘ladi va aksincha.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish