Qishloq xo‟jalik maxsulotlarini saralash. Kartoshkani saqlashga qo‘yishda uni o‘lchamlariga qarab saralash, tuproqdan, toshdan, chiriklardan tozalash asosiy bajariladigan ishlardan xisoblanadi. Ekiladigan kartoshkani saralash zaruriyati shundaki, saqlash jarayonida urug‘lik kartoshkani 15...20% gacha turli xil chiriklar bilan zararlanadi. (12.4.1-rasm)
Ekishdan oldin chirigan kartoshkalarni ajratishga ketgan qo‘l mexnati sarfi umumiy mexnat sarfini 20...30% iga to‘g‘ri keladi, saralanmagan kartoshkani ekish esa hosilni 15...20% ga kamayishiga olib keladi. Kartoshkani saralash uchun optik, radioizotop va har orat turlari ishlab chiqilgan.
12.4.1-rasm. Kartoshkani avtomatik saralash uskunasini sxemasi.
1-elektr yuritma; 2-qatorga tizuvchi trasportyor; 3-ta’minlovchi bunker; 4- kartoshka donalari; 5-optik nur tarqatgich; 6-ob’ektiv; 7-tasvirni taxlil qilgich; 8- nur bo’lgich; 9- kondensatorlar; 10-optik filtrlar; 11-fotoqabulqilgichlar; 12- ma’lumotga ishlov beruvchi blok; 13-ijrochi mexanizm; 14-to’sqich; 15- chiqindilar uchun sig’im; 16- saralangan kartoshka uchun sig’im;
Kartoshkani nur qaytarish koeffitsientlarini spektral tavsifdan foydalanib, kartoshka donalarini avtomatik saralovchi optik uskunani ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz.
Sog‘lom va kasallangan nur qaytarish spektral tavsifnomalarining to‘lqin uzunliklari juda katta farq qiladi.Taqsimlash bunkeridan 3 rolikli transporteriga 4 tushadi, unda donalab teriladi va aylantirib ularni optik ko‘rik o‘tkazish zonasiga siljitadi. Donalardan qaytgan infraqizil nurlar oqimi 5 ob‘ektiv 6 orqali o‘tadi va tasvir analizatori 7, nurlarni bo‘lgich 8 ga o‘tadi. Nurlar bo‘lgichidan ikkita kanalga bo‘lingan optik oqim kondesatorlar 9 va filtrlar 10 orqali fotoqabul qilgichiga 11 keladi. Tasvir analizatori kartoshka yuzasini navbat bilan ko‘rib chiqadi (skanerlaydi).Signal fotoqabul qilgichidan to‘lqin ikki xil uzunlikda (0,95
mkm va 1, 25 mkm) ishlov berish elektron blogiga 12 tushadi. Natijada blok 12 chiqishida signal paydo bo‘ladi va ijrochi mexanizm 13 ga faqat ziyon etgan kartoshka yoki loy va toshlar uzatiladi. Bunda elektromexaniq ijrochi mexanizm
to‘sqichni 14 aylantiradi va chirigan kartoshka yoki toshlar va boshqa aralashmalarni chiqindi uchun qo‘yilgan sig‘imga 15 yo‘naltiradi.
YAxshi maxsulot donalari tekshirilganda ikkala fotoelementlar signallari musbat bo‘ladi va ijrochi element 13 ishlamaydi, maxsulot sig‘im 16 ga tushaveradi. Bu uskunaning ishlab chiqarish unumdorligi 1 sekundda 6 dona yoki 2 tonna/soat atrofida, ish xatoligi yuzani iflosligiga bog‘liq ravishda 5...10%, xo‘l maxsulotlarda 30% gacha bo‘ladi.
Pomidor o‘lchami va pishib etilganligiga qarab saralanadi, shu bilan birga kasallanganlari ajratiladi. O‘lchamlari bo‘yicha pomidor mexaniq kalibrlash mashinasida saralanadi. Etilganligini aniqlash va kasallanganlarni ajratishda pomidor po‘stining qattiqligi va tarangligi o‘lchanadi yoki ularning optik nur qaytarish xususiyati aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |