O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Tarkibiy kattaliklar bo‟yicha tashxislash



Download 1,66 Mb.
bet65/80
Sana13.05.2022
Hajmi1,66 Mb.
#602644
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80
Bog'liq
ZbGcJEPhC6T2OJk0i4drYjgAzRPFN5WdvGmqHsX5

Tarkibiy kattaliklar bo‟yicha tashxislash. Tarkibiy kattaliklar bo‘yicha tashxislash eng oddiy usullardan xisoblanadi. Bu usul bilan detallarning ishdan chiqish holati ularning geometrik o‘lchamlarining emirilish darajasi, detallarning birlashish oraliqlari, richaglarning surilishi, shu bilan birga ishchi xajmlarning mustaxkamligining o‘zgarishi (yonish kamerasi, plunjer juftlari, zolotniklar, boshqarish silindrlari va boshqalar) asosida aniqlanadi. Bu holda mashinalar va ularning detallari alohida qismlarga ajratiladi va tashxislash jarayoni mashinalarning ishchi holati xaqida yuqori aniqlik bermaydi.
Ish jarayoni kattaliklarini o‘zgarishi bo‘yicha tashxislash ichki yonuv motorlari bo‘yicha bajariladi. Bunday kattaliklar moylash tizimidagi yog‘ning, ishlangan gazlarning qizish har orati, kollektordagi ishlangan gazlar va xavo
bosimining tebranish
amplitudasi, isitish asboblaridagi yoqilg‘i bosimi amplitudasining tebranishi, ishlangan gazlarning tarkibi analizi natijalari kiradi. Bu usulda tashxislash ancha engil, lekin kichik aniqlikka ega.
YUqorida keltirilgan tashxislash usullarining barchasida tashxislovchi operator ishtirok etadi. Avtomatik tizimlarda tekshirishning boshidan oxirigacha barcha vazifalar texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Tashxislashning avtomatlashtirilgan tizimlarida elektron asboblar asosida tuzilgan akustik tebranuvchi ham da spektrofotometrik usullar qo‘llanadi.
Akustik tebranuvchi tashxislashda akustik signallar (shov-qin va tebranishlar) amplitudasi va tavsifi aniqlanadi. Akus-tik tebranuvchi tashxis usuli agregatning normal ish holatida hosil bo‘ladigan turli akustik signallar orasidan paydo bo‘lgan chetga chiqishlarni ajratib olishga asoslangan. Boshqacha so‘z bilan aytganda, murakkab tebranishlar orasidan axborot beruvchi signalni ajratib olish lozim. Buning uchun ma‘lum ishdan chiqishlar asosida paydo bo‘lgan tebranishlarning sabablari, chastotasi va quvvatini aniqlovchi spektr analizli asboblardan foydalaniladi.
Akustik tashxislash tizimining funksional sxemasidan ko‘rinadiki (103- rasm), tashxislash ob‘ektida (TO) akustik tebranishlarni aniqlovchi birlamchi
o‘zgartkich (BO‘) o‘rnatiladi. Undan chiquvchi elektrik signal kuchaytirgichga (K) uzatilib, so‘ngra analizatorda (A) tekshiriladi. Analizatorning chiqish qismida akustik tebranishlarning tashkil etuvchilari ajratiladi va o‘zgaruvchan kuchlanish ko‘rinishida kvadratorga (K) beriladi, undan so‘ng signal integratordan (I) o‘tib,


13.2.1-rasm. Akustik tashxislash tizimining
funksional sxemasi
o‘lchov asbobiga (O‘A) uzatiladi. Akustik tashxislash usuli xozirgi zamon qishloq xo‘jalik texnikasini tashxislashning eng yangi usullaridan xisoblanadi.
Texnik tashxislashning spektrofotometrik usuli moydagi maxsulotlarning emirilish tarkibini elektr yoyida hosil bo‘ladigan nurlanish spektrini o‘lchashga asoslangan.
Spektrlarni rasmga tushirilib, so‘ngra maxsus spektrogrammalar yoki EXMlar yordamida aniqlanadi. Xozirgi zamon maxsus avtomatik asboblar yordamida bir marta shunday analiz o‘tkazish uchun 3..4 minut vaqt sarf bo‘ladi. Davriy ravishda ma‘lum muddat ichida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida tashxislash ob‘ektining emirilish intensivligi grafigi ko‘riladi va uning ishga yaroqlilik holati aniqlanadi.
Spektrofotometrik usullarda xatoliklar ko‘proq bo‘ladi (10...15%). SHuning uchun bu usuldan mashinaning texnik holatini ekspress-birlamchi baholash usuli uchun tavsiya etish mumkin, natijaviy tashxislash aniq usullar bilan amalga oshiriladi.



    1. Agregatlarni yuvish, ajratish, yig‘ish texnologik jarayonlarini avtomatlash

Texnik ta‘mirlashda tozalash va yuvish jarayonlarni asosiy vazifalardan xisoblanadi.
Mashinaning tashqi qismlari va ajratilgan qismlari sovuq ham da issiq suv bilan yuviladi. Qishloq xo‘jalik mashinalarini birlamchi yuvish jarayoni ochiq maydonlarda shlanglar va 0,5..1,2 MPa bosimli nasoslar yordamida bajariladi.
Ajratilgan detallar va qismlar ta‘mirlash ustaxonalarida maxsus idishlarda 600...800S har oratgacha isitilgan suvli aralashmalarda yuviladi.
Ba‘zi bir yuvish uchun tayyorlangan aralashmalar sog‘liq uchun zararli bo‘lgan tarkibga ega. SHuning uchun xozirgi vaqtda inson uchun zararli bo‘lmagan aralashmalardan quyidagi vositalar mavjud: MS-6–taraktor, avtomabillar kombaynlarning tashqarisidagi yog‘li iflosliklarni tozalovchi vosita; MS-15 transmissiya va motorlarni yog‘lar, quyulib qolgan cho‘kmalardan tozalovchi vosita; MS-8 – kuchli ifloslangan detallarni tozalovchi vosita.
Avtomatlashtirish vositalarini qo‘llamasdan turib yuvish, tozalash ishlarida yuqori samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Ta‘mirlash ustaxonalari mashinalarni yuvish va tozalash cho‘tkalariga ega bo‘lgan qurilmalar ham da yuvilgan mashinalarni xavo yordamida quritish uskunalariga ega bo‘lgan yuvish konveerlari bilan ta‘minlangan. YUvish va xavo berish quyidagicha amalga oshiriladi. Mashina konveerga to‘g‘rilanadi va svetofor signaliga ko‘ra unga qarab yo‘naltiriladi, bu holda mashinalar orasida minimal oraliq saqlanadi. Konveer siljiganda mashina korpusi yorug‘lik nurini kesib o‘tadi. Bu erda avtomatlashtirish tizimidagi fotorele issiq suvni ishga tushirib, cho‘tkalar yuvishga moslanadi va harakatlanayotgan mashinani yuvish jarayoni boshlanadi. Xavo berish uskunasiga yaqinlashganda mashina ikkinchi yorug‘lik nurini kesib o‘tadi. Bu holda ikkinchi fotorele yordamida yuvish qurilmasi, suv berish uskunasi ishdan to‘xtatilib, elektr ventilyatorlari ishga tushadi va quritish jarayoni boshlanadi. Mashina bu erdan o‘tganda, so‘ng yorug‘lik nuri ta‘sirida ikkinchi fotorele ishga tushadi va xavo beruvchi ventilyatorlarni ishdan to‘xtatadi.
Maxsus yuvish kameralarida texnologik jarayonlar qisman avtomatlashtirilgan: yuvuvchi aralashmalarning har orati va satxini boshqarish, ularni iflosliklardan muntazam tozalab turish, yuvish kamerasida belgilangan programma asosida aylanuvchan yoki tebranuvchan harakat lar hosil qilish.
Agregatlarni yig‘ishda detallarni yig‘uv joyiga uzatish, agregatni keyingi ish joyiga o‘tkazish vazifalari avtomatik liniyalarda amalga oshiriladi.
Avtomatik yig‘uv jarayonida eng murakkab vazifalar bu detallarni bir- biriga nisbatan moslashtirish va ularni birlashtirish xisoblanadi. Odatda ba‘zi bir qo‘lda oson bajariluvchi jarayonlar avtomatlashtirishga kelganda murakkab kechadi yoki teskarisi ham bo‘lishi mumkin.
Yig‘uv jarayonini avtomatlashtirish ko‘p hollarda yig‘uv moslamalari va detallarning o‘zini ham tuzilishini o‘zgartirishni talab qiladi. Yig‘uv texnologik jarayoni detallarning holatini eng kam o‘zgartirishni talab etadi.
Ta‘mirlash zavodlarida va ustaxonalarida agregatlar, mashina va
uskunalarni ko‘tarish, tushirish va bir joydan boshqa joyga ko‘chirish uchun
elektrokaralar, telferlar va ko‘prikli kranlar ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgan uskunalardan biri tel‘ferlar – osma aravalar xisoblandi.
Tel‘ferlarning yuk ko‘tarish qobiliyati 0,2 dan 5 t. gachadir. Kichik quvvatli telfeerlar detallarni ko‘tarish uchun bitta elektrmotorlarga ega. Ularning aravasini qo‘l yordamida balka bo‘ylab surish mumkin.
Katta quvvatli telferlar ko‘tarish uchun va surish uchun moslashtirilgan ikkita M1, M2 (13.3.1-rasm) elektr motoriga ega. Telferni tugmali boshqaruv pulti 1 yordamida operator bosh-qaradi. Ko‘tarish barabani 3 M1 elektr motori 2 va 4 ilgakka maxkamlangan yuk 9-harakatlanuvchi g‘ildiraklarda joylashtirilgan 8– balka yordamida harakatlanadi. Balka M2 elektr motori (10) yordamida reduktor orqali ishga tushiriladi. Elektr motorlar yumshoq kabel yoki qattiq trolleylar yordamida energiya bilan ta‘minlanadi.



Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish