12.3.5-rasm. Rele taqsimlagichlar blokining prinsipial elektr sxemasi (bitta
seksiya uchun)
KV1 rele o‘zining kontaktlari bilan saqlanayotgan maxsulot massasi o‘lchovi VKm1 har orat datchikli BIZm1 o‘lchami va topshirgich blokini RE1 (12.3.4-rasm) elektron relesiga qo‘shadi va bosh-qarish blokiga KV1 va KV2 relesini (12.3.7-rasm) qo‘shadi. SHu vaqtning o‘zida KV1 rele kontaktlari BRD PR bloki KV1 rele kontaktlari BRD PR bloki KV4 relesini ishga tushiradi, u esa o‘z navbatida kanaldagi xavo har oratini o‘lchovchi VKk1 har orat datchikli BIZk1 blokini (12.3.4-rasm) ishga tushiradi va KV4 va KV7 relelariga (12.3.7.-rasm) manba kuchlanishini «+» potensialini beradi.Boshqarish triggerning ishini ikkinchi taktida manba kuchlanishini «+» potensiali KV2 relega (12.3.6-rasm) VT7 triodidan beriladi va KV1 relesidan o‘chiriladi (VT4 yopiladi). Lekin KV1 relesi birdan emas, biroz vaqt o‘tgandan keyin o‘chadi, ya‘ni KV1:1 yopiq kontakt orqali KV2 relesi ishga tushishiga kerak bo‘lgan vaqt o‘tganda. Bu vaqt S1 kondesatorini KVT1:1 kontakti va VD3, VD1 diodlari zanjiri bo‘yicha KV1 rele cho‘lg‘amiga zaryadsizlanishiga ketgan vaqt bo‘yicha aniqlanadi. S1 kondensatorini zaryadlanishi R1- VD2 zanjiri bo‘yicha amalga oshiriladi.KV2 rele o‘zining kontaktlari yordamida o‘zini–o‘zi blokirovkalaydi. U KV4 relesini qo‘shilgan
holatda ushlab turadi va RE1 relesiga yuqori zona xavo har oratini nazorat qiluvchi VKv1 datchikli BIZv1 blokini (94-rasm) va boshqarish blokining (12.3.7-rasm) KV3 relesini ulaydi. Trigger ishini uchinchi taktida KV2 reledan «+» qutbli manba olinadi va VT4 triodi orqali KV3 relesiga beriladi.
12.3.6-rasm. Boshqarish blokining prinsipial elektr sxemasi
KV3 relesi RE1 relesiga (12.3.4-rasm) kanal xavosi har oratini nazorat qiluvchi VKk1 datchikli BIZk1 blokini, ulaydi, shu bilan birga KV4 relesini qo‘shilgan holatda ushlab turadi. VT7 triodi yopilgandan keyin taqsimlagichni qo‘shilgan holatda ushlab taqsimlagichni birinchi blogi sxemasi ishni to‘xtatadi,
programmali vaqti relesi esa omborxonaning keyingi seksiyalari avtomatika bloklarini qo‘shimcha impuls beradi, u seksiyalar esa yuqordagi seksiyadek ishlaydi. Boshqarish blogi sabzovot saqlash omborxonalari bo‘limlari ijrochi mexanizmlarini ishga tushiradi va to‘xtatadi. Boshqarish bloki ettita elektromagnit relesini o‘z ichiga oladi. Ular quyidagi ishni amalga oshiradi: KV1 – maxsulot massasi har oratini berilgan qiymatdan chetga chiqishini «yodda saqlash» relesi, KV2 –xavo beruvchi ventilyatorni boshqarish chiqish relesi; KV3 – yuqori zona xavo har oratini berilgan qiymatdan og‘ishini «yodda saqlash» relesi; KV4 – kanaldagi har oratini berilgan qiymatdan og‘ishini «yodda saqlash» relesi, maxsulotni muzlashidan saqlovchi chiqish relesi; KV5–sovitgich mashinasini boshqarish relesi; KV6 va KV7 – aralashtirgich klapanini ochish va yopish uchun proporsional rostlagichi chiqish relesi. Bu erning o‘zida 10 ta HL1 .. HL10 signal lampa joylashgan. Bular: HL1 – oqim ventilyatorini, HL2 va HL3 – retsirkulyasiya
– isitish agregatlarini, HL4 – sovitgich mashinasini, HL5 va HL6 – aralashtirgich klapanini ochiq va yopiqligi xaqida, HL7 – klapanni isitgichini qo‘shilganligini, HL8, HL9, HL10 – kanalda yuqori zonada, maxsulot massasi har oratini berilgandan siljishini ko‘rsatuvchi signal lampalardir.
SA almashlab ulagichi yordamida maxsulot massasini sovitish turini tanlab olinadi, ya‘ni 1 holatda – tashqi xavo yordamida; 2 holatda shamollatilayotgan
xavoni maxsus sovitish mashinalari bilan sovitish; bu RR rostlagichi va KV5 relesi
12.3.7-rasm. Elektromagnit KV1 va KV2 relelari blogi bilan elektron relesini prinsipial elektr sxemasi.
yordamida qo‘shiladi. O‘lchash va topshirish blogi (UTB) (BIZ) qarshilik termometri bilan o‘lchanayotgan har orat bilan topshirilgan har oratni taqqoslash uchun qo‘llaniladi. U har oratni o‘lchovi ko‘prik sxemasini manba kuchlanishini stabil ta‘minlab beruvchi va taqqoslashdagi olingan signalni kuchaytiruvchi elektron mikrosxema ko‘rinishida bo‘ladi. Ko‘prik sxema elkalariga qarshilik termometri, mos har oratni topshiruvchi o‘zgaruvchan qarshilik registrlari va kanaldagi xavo har oratini faqat proporsional rostlashda foydalaniluvchi qayta bog‘lanuvchi reostat ulangan. UTB chiqishlari (12.3.4-rasm) mos ravishda BRD DPR va BRD PR taqsimlash bloklari orqali RE1 va RE2 elektron relelar ko‘rishiga ulangan.
Elektron rele sxemasi KV1 va KV2 elektromagnit relelar belgi bilan birgalikda 12.3.7-rasmda ko‘rsatilgan. Elektron rele uch pozitsiyali nol indikator sxemasi bo‘yicha VT1..VT8 triodlarida yig‘ilgan. UTB chiqishidan olinadigan Ukir kirish kuchlanish VT1.. VT2 triodlar bazasiga keladi.VT3 va VT4 triodlar bazasiga berilayotgan Ukir kuchlanish musbat qutbli bo‘lganda va VT3 va VT7 triodlari ochiladi va buning natijasida KV1 relesi ishga tushadi.Kirish signali manfiy qutbli bo‘lganda sxemaning pastki yarim qismi ishlaydi va KV2 relesi qo‘shiladi (VT4 va VT8 triodlari ochiq, VT2 va VT6 yopiq).KV1 va KV2 rele kontaktlari taqsimlagich bloklari bilan birgalikda boshqarish blokining elektromagnit relesini boshqaradi.VD3..VD8 stabilitronlar yordamida elektron releni aniq beriladi. VD1...VD2 diodlari VT7 va VT8 triodlarini tez yopilishida KT1 va KV2 rele cho‘lg‘amida hosil bo‘ladigan o‘z EYUK ni kamaytirish uchun qo‘llaniladi.Umumiy blok yuqorida keltirilgan barcha bloklar tug‘rilagichlar va manba kuchlanishi stabilizatorlari, programmali vaqt relesi, ish tartiblarini almashlib ulagichi va indi- katsiyani almashlab ulagichlarini o‘z ichiga oladi.
12.3.8 –rasmda umumiy blokning relesini ishga tushirish sxemasi keltirilgan. KT3 vaqt relesi «Sreda-1» tizimining sxema ishiga ikkita programma bo‘yicha komanda beradi. Bu komanda sxemani 40 va 30 min dan ishlab turishini ta‘minlab beradi. Xuddi shu vaqt relesi KV4 elektromagnit relesi orqali KT1 va
KV2 vaqtni xayallash relelarini boshqaradi, uning kontaktlari esa, boshqarish bloki relesi orqali 1..4 seksiyalar (KT1 rele) va 5..8 seksiyalar (KT2 relesi) xavo beruvchi ventilyatorlari magnit ishga tushirgichiga 15..30 minut oralig‘ida navbat bilan manba kuchlanishini beradi.KV1 relesi o‘zining kontaktlari bilan UTB, RE, BR va BE bloklarini manba kuchlanishiga ulaydi (12.3.4-rasm). U RR har orat farqi rostlagichi kontaktlari qo‘shilganda (12.3.8-rasm) yoki KT3 vaqt relesi va kontaktlari qo‘shilgan yoki KV4 rele kontaktlari yoki bog‘liq ravishda qo‘lda qo‘shilganda ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |