12.2.3-rasm. Topshiriq beruvchi generatorning prinsipial elektr sxemasi.
manbaning 18 V li stabillashgan kuchlanishi berilganda VT1, VT2 triodlari va VD11 rezistori orqali S10 kondensatorini zaryadlaganda VT1 va VT2 triodlarini shuntlanishini cheklash uchun ishlatiladi. Manba kuchlanishini musbat qutblanishi BRD tarqatgich bloklari orqali tarqatiladi. Kuchlanish berilganda S10 kondensatori R18 rezistor VT1 triod bazasidagi kuchlanishga teng kuchlanishgacha zaryadlanadi. VT triod bazasi kuchlanishi R20 va R23 bo‘lgich qarshiliklari farqlariga bog‘liq. Bu holatda VT1 bazasiga VD9, VD10 chegaralovchilardan olinib S9 kondesatori orqali beriladigan o‘zgaruvchan kuchlanish impulsidan VT1 triodi ochiladi. Bu bilan bir vaqtni o‘zida VT2 triod ochiladi, S10 kondensatori esa VT1, VT2 triodlari va VD11 diodi orqali R19 va R21 rezistorlariga zaryadsizlanadi.S10 kondesatorini zaryadsizlanishida R21 rezistorida hosil bo‘lgan kuchlanish impulsi S11-R22 zanjiri orqali VT3 bazasiga uzatiladi va uni ochadi. S10 kondensatorini zaryadsizlanishidan keyin zaryadlanish jarayonini boshdan boshlanadi va sikl qaytariladi. Buning natijasida generator chiqishida (VT3 triod kollektorida) boshqarish triggeriga uzatiladigan musbat impulslari hosil bo‘ladi. SA4 tumbleri triggerni va tarqatgichlarni avtomatik boshqarish (tumblerni 1 holati) yoki SB tugma yordamida qo‘lda boshqarish (tumbler 3 holati) holatiga almashlab ulash uchun foydalaniladi. Tumblerni 2 holatida almashlab ulagichlarni boshqarish sxemasi o‘chirilgan bo‘ladi. Impulslar orasidagi to‘xtamlar R20 qarshilik rezistorini o‘zgartirgan holda keng miqyosda rostlanadi. Masalan, R20 rezistor qarshiligi kamaytirilganda VT1 triod bazasidagi manfiy kuchlanish potensiali oshadi va S10 kondesatori shu kuchlanish kattaligigacha zaryadlanish davomiyligi oshadi, ya‘ni R20 rezistorining minimal qarshiligiga impulslar orasidagi tuzilish- larni maksimal vaqti mos keladi.
12.3.4-rasm. Trigger va to’xtatish kaskadlarining prinsipial elektr sxemasi.
Boshqarish triggerlari va to‘xtatish kaskadlari (12.3.4-rasm) taqsimlashgichlar ishini boshqaradi. Tirigger VT5 va VT6 triodlarida sonli ko‘rish sxemasi bo‘yicha yig‘ilgan. Topshiriq beruvchi generatordan signal S12 kondensatori orqali VT5 va VT6 triodlari bazasiga beriladi. VT4 va VT7 triodlari tok kuchaytirgichlari bo‘lib xizmat qiladi. Ularning kollektor zanjiriga taqsimlagini (BRD) elektromagnit relesi cho‘lg‘ami ulanadi; VT4 triodiga tok relelar cho‘lg‘ami ulanadi; VT5 ga ega taqsimlagich bloklarini juft relelar chulg‘ami ulanadi. Uning sxemasi 12.3.5-rasmda ko‘rsatilgan.
Taqsimlagichlar bloki birinchi rele qo‘shilganda ishni boshlashi kerak bo‘lganligi uchun, manba kuchlanishi berilgan paytda VT4 triod (12.3.4-rasm) ochiq bo‘lishi kerak va birinchi taqsimlagich birinchi relesi chulg‘amiga «+» kuchlanish berish kerak. Bundan tashqari shu rele chulg‘amiga VT15 triodi orqali 27V kuchlanishi berilishi kerak. Buning uchun kirishiga zanjiri kuchlanishi 18 V li katta sig‘imli kondensator va VD18 stabilitroni ulangan to‘xtatish kaskadi foydalaniladi (12.3.4-rasmda ko‘rsatilmagan).
Natijada +4V siljish kuchlanishi –18 V kuchlanishdan oldin VT12 triod bazasiga beriladi. Buning natijasida VT12 triodi yopiladi va VT4 va VT5 triodlarini ochilishiga va VT7 va VT6 triodlarini yopilishiga olib keladi.Kondensatori zaryadlanish chegarasiga qarab VD18 stabilit-rondagi kuchlanish oshadi va uni teshib o‘tadi. Bu vaqtda VT12 triodi va R48, R49 rezistorlari orqali S18 kondensator zaryadlanish impuls toki o‘tadi va VT13...VT15 triodlarini S18 kondensatori zaryadlanish paytida ochadi. SHunday qilib, BRD DPR taqsimlgichning KV1 relesi cho‘lg‘amiga (12.3.4-rasm) ochiq VT15 triodi orqali –27V ga teng potensial va ochiq VT4 triod orqali teng potensial keladi va KV1 rele ishga tushadi.
S18 kondesatori zaryadlangandan keyin (12.3.4-rasm). VT13... VT15 triodlari yopiladi va keyingi ish jarayonlarda qatnashmaydi. Triggerda generatordan S12 kondensatori va VD5 va VT6 triodlar bazasiga kelayotgan kuchlanish impulslaridan VT6, VT7 va VT5, VT4 triodlari navbatma-navbat ochiladi. VT4 va VT7 triodlari taqsimlash relelari navbat bilan qo‘shilishini bosh- qaradi (12.3.5-rasm).Taqsimlashi relelarini almashlab ulagan paytda paydo bo‘ladigan elektromagnit yo‘naltirishlardan boshqarish bloklari va ijrochi mexanizmlarni tusatdan ishlab ketishini oldini olish uchun BR1 rele blokiga kuchlanish manbai taksimlash relesi aniq qo‘shilganda beriladi. Buning uchun to‘xtatish multivibratolari xizmat qiladi.
BR1 ishga tushishi to‘xtatish qurilmasi (12.3.4-rasm) VT9 va VT10 triodlarida kutish multivibratori sxemasi bo‘yicha bajarilgan VT8 va VT11 triodlari tok kuchaytirgichi bo‘lib xizmat qiladi. Triggerni almashlab ulaganda VT5 yoki VT6 triodi kollektoridan manfiy qutbli impuls S15 yoki S16 kondensatori va VD15 yoki VD16 diodlar orqali VT9 triod bazasiga keladi va uni ochadi. Bu paytda VT8 va VT11 triodlari yopiladi va R42-R17 zanjiri vaqt doimiyligi aniqlagan, 3 sekundan kam bo‘lmagan vaqtda BR1 rele bilan cho‘lg‘amidan ±27V kuchlanishini oladi. S17 kondesatori zaryadlangandan keyin
VT9 triodi yopiladi, VT8, VT10 va VT11 triodlari ochiladi va BR1 rele cho‘lg‘amiga ±27V kuchlanish keladi.
Proporsional rostlagichining BR2 rele blogi ishga tushishini to‘xtatish maltivibratori ham xuddi shunday ishlaydi.BDD DPR taqsimlagichlar bloki 8 ta gurux relelaridan, har bir gurux uchtadan elektromagnit reledan tashkil topgan. Bular saqlanayotgan maxsulot massasi, yuqori chegara va kanal har oratlari ikki pozitsiyali rostlagichlari ijrochi mexanizmi va nazorat zanjiriga ulangan. Kanaldagi xavo har oratini proporsional rostlash BRD PR taqsimlagichlar bloki 8 ta relelardan tashkil topgan, ya‘ni har bir seksiya bittadan KV4 relega ega.
12.3.5-rasmdan BRD taqsimlagichlarini relelarning bitta gurux sxema
ishini ko‘rib chiqamiz. Sxema ishga tushirilganda manba sxemasi programmali reledan elektron blok triggeridan taqsimlagich relesiga navbat bilan kuchlanish impulsi beriladi. Avval VT4 triodidan KV1 relesiga «+» qutbli kuchlanish, keyin esa VT15 triodidan –27 V li kuchlanish beriladi. KV1 rele ishga tushadi va o‘zining KV1:1 kontaktlari bilan o‘zini blokirovkalaydi, buning natijasida releda to‘xtatish kaskadi ishi tugagandan keyin ham (VT15 yopilganda ham ) tok mavjud bo‘ladi.
ham ) tok mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |