Chorvachilik xonalarida mikroiqlim jarayonini avtomatlashtirish Chorva mollarining maxsuldorligini oshirishda mikroiqlim rejimi katta aham iyatga ega. Chorvachilik xonalarida CO2 (0,18%) , NN3 (0,01mg/l) va N2 S(0,005 mg/m) ham da har orat, nisbiy namlik, xavoni harakatlanish tezligi kattaliklari chegaralangan qiymatlarga ega.
Xonalarda issiqlik rejimini rostlashda asosan har orat boshqariluvchi kattalik xisoblanadi (8.2.1-rasm.).
8.2.1-rasm. Chorvachilik xonalarini mikroiqlimini rostlash tizimi.
Qishki rejimda xonadagi issiqlik balansi manfiy bo‘lib, issiqlik berish talab qilinadi. Yozgi rejimda xonadagi issiqlik balansi musbat bo‘lib, shamollatish talab qilinadi.
Chorvachilik xonasida issiqlik balansi:
Q=Qch.m.+Qt + Qn +Qi.x.
Yozgi rejimda ortiqcha issiqlikni chiqarib yuborish asosida umumiy xavo almashinuvi xisoblanadi. Rostlash kanali bo‘yicha Chorvachilik xonalari ikki sig‘imli statik ob‘ekt sifatida ko‘riladi. Sig‘im sifatida esa ichki xavo muxiti va to‘siqlar konstruksiyasi olinadi. Uzatish funksiyasi
W ( p)
k
T 2 p2 T
p 1
1 2
Namlikni rostlash va gazlarning konsentratsiyasi kanali bo‘yicha xonadagi xavo muxiti sig‘im sifatida ko‘riladi, bu holda ob‘ekt bir sig‘imli xisoblanadi va
W ( p)
k Tp 1
Har oratni rostlash, namlik va xavoni yangilash uchun Chorvachilik xonalarini xavo tortish ventilyasion qurilmalari bilan ta‘minlanadi. Kerak bo‘lganda xavoni isitish va namlash qurilmalari o‘rnatiladi.
Texnologik talablar va klimatik sharoitlarga ko‘ra 3 xil mikroiqlimni rostlash tizimi qo‘llaniladi.
tabiiy xavo almashinish kanalidan chiquvchi xavo bilan birga xavoni isitish va majburiy uzatiluvchi ventilyasiyasi (pritochnaya).
tabiiy xavo bilan majburiy tortish ventilyasiyasi.
majburiy uzatish (pritochnaya) va tortish ventilyasiyasi tabiy xavo bilan birga qo‘llanishi mumkin.
Tortuvchi ventilyasiya qurilma sifatida " Klimat-4" qurilma ishlatiladi. Uni tarkibida VO tipidagi ventilyatorlar mavjud. Ular 3 xil bo‘lishi mumkin: VO7 (700mm), VO-5,6(560mm), VO-4(400mm).
Klimat- 4 tarkibiga 8-24 tacha ventilyatorlar kiritiladi. Xonada o‘rnatiladigan ventilyatorlar soni yozgi rejim bo‘yicha aniqlanadigan xavo almashinuvi bo‘yicha tanlanadi.
" Klimat- 4" qurilmasi elektr yuritmalarni harakat ga keltiruvchi 2 xil boshqaruv stansiyasi orqali boshqariladi: AT-10 avtotransformatori bilan komplektlangan SHAP-5701 boshqaruv stansiyasi; kontaktsiz MK-VAUZ boshqaruv stansiyasi.
SHAP boshqaruv stansiyasi yordamida ventilyatorlar tezligi sakrashsimon pog‘onali ravishda o‘zgartiriladi. Bu erda ventilyatorlar 3 ta guruxga ajratilgan bo‘lib, har biri alohida bosh-qarilishi mumkin. 3 pozitsiyali PTRZ-04 tipidagi har orat rostlagichi bu erda boshqaruv qurilmasi xisoblanadi.
Rostlagichning chiqish qismida rostlanuvchi muxit har oratiga qarab 3 xil buyruq bo‘yicha berilishi mumkin; "yuqori", "me‘yor", "past". Rostlagichlar turli har oratlarda ishga tushishi (birinchi rostlagich har oratining to‘g‘rilanish kattaligi, ikkinchi rostlagichga ta‘sir ko‘rsatuvchi har orat kattaligidan bir necha gradusga katta bo‘lishi mumkin).
Elektr ventilyatorlarining prinsipial ishlash sxemasiga muvofiq 8.2.2.- rasm) shamollatish uskunalari xavo uzatishi ko‘zda tutilgan: 1 – barcha ventilyatorlarning maksimal tezlikda ishlashi (K3, K4, K5 magnit ishga tushirgichlarining qo‘shilgan holati);
2 – barcha ventilyatorlarning o‘rtacha tezlikda ishlashi (K2, K4, K5, K6 magnit ishga tushirgichlarining qo‘shilgan holati); 3 – barcha ventilyatorlarning kichik tezlikda ishlashi (K1, K4, K5 va K6 larning qo‘shilgan holati) 4 - fakat ikkinchi va uchinchi gurux ventilyatorlarining kichik tezlikda ishlashi (K1, K5, K6 larning qo‘shilgan holati); 5 – faqat ikkinchi gurux ventilyatorlarining kichik tezlikda ishlashi (K1, K6 larning qo‘shilgan holati); 6 – barcha ventilyatorlarning o‘chirilgan holati.
Xonada xavoni uzatish miqdorini o‘zgartirish uchun ventilyatorlarni avtotransformator kuchlanishining 380, 160 va 110 V qiymatlariga ulanadi. Ventilyasiya qurilmalarining ish tartibi xona har oratining o‘zgarishiga qarab tanlanadi. Agar xona har orati birinchi har orat rostlagichining me‘yoriy ko‘rsatmasidagi; agar xona har orati ikkinchi rostlagichning me‘yoriy ko‘rsatmasidan past bo‘lsa 6- tartib o‘rnatiladi.
Ventilyator qurilmasining qolgan ish tartiblari KK1 va KK2 rostlagichlarning belgilangan me‘yoriy ko‘rsatmalarining oraliq har oratlarida tanlanadi.
Boshqaruvning mantiqiy sxemasi tartibini tanlashda PTR3-04 rostlagichining qisqichlarining ulanishi xisobga olinadi (68-b, rasm). Sxemada relening qisqichlari mos ravishda quyidagicha belgilangan: birinchi rostlagich uchun x1 – «yuqori», x2 – «me‘yor», x3 – «past».
Do'stlaringiz bilan baham: |