11.3.1-rasm.KZS-20SH kompleksining texnologik sxemasi
11.3.2-rasm. KZS-20SH tozalash-quritish kompleksining masofaviy boshqaruv va signallash prinsipial elektr sxemasi
Faqat shundan keyingina SB16 tugmasi yordamida KM6:2 yoki KM7:2 blok kontaktlari orqali noriya 7 ni elektr yuritmasi M8 (R=3kVt)ni, oldindan
tozalash mashinasi 6 elektr yuritmasi M9(R=1,1kV)ni va chiqindi transporteri 19
ni elektr yuritmasi M10 (R=1,5 kVt) ishga tushiriladi, so‘ngra SB18 tugmasi bilan yuklash noriyasi 5 ni elektr yuritmasi M11(R=4kVt) ishga tushiriladi. Noriya avtomat to‘siqlari AZI1 va AZI2 KM11:2 blok-kontaktlari orqali avtomatik ravishda ochiladi.
Mashinalarni teskari ketma-ketlikda «STOP» SB17..SB1 tugmalarini bosish bilan ishdan to‘xtatiladi. 18, 20, 21 va 22 chi bunkerlar to‘lib ketsa satx datchigi kontaktlari SL1..SL4 qushiladi va NA tovush signali ishlaydi, mos ravishda NL11..HL14 signal lampalari uchadi.
Tozalash va saralash mashinalarini avtomatik boshqarishni optimallashtirish
Barcha texnologik jarayonlarini avtomatik boshqarish tizimlarini optimallashtirish mashinalarni ishlab chiqarish unumdorligini 20..25 % ga oshiradi, ularni bekor to‘xtab turishini 4-5 martaga kamaytiradi; mexnat sarfini 2..3 martaga kamaytiradi va ishlov berilgan donning sifatini yaxshilaydi. Bunga faqatgina barcha yig‘imdan keyingi kompleks texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish optimal tizimda foydalanilgandagina erishish mumkin.
Don tozalash mashinalarini avtomatik boshqarishni optimallashtirishdan maqsad ishlov berilgan donning k berilgan tozalik qiymatida maksimal unumdorlikka qk erishishdir.
, a-rasmda xavo panjarali don tozalagich mashinasi avtomatik boshqarish ob‘ekti sifatida keltirilgan. Mashinaning ish sifatini quyidagi boshqarish va nazorat ko‘rsatkichlaridan aniqlanadi: tozalangan don bo‘yicha mashinaning ish unumdorligi qk, ishlov berilgan donning tozaligi k, 3a aspiratsiya chiqindilarda donning miqdori va 3p yirik aralashmalardagi don miqdori. Boshqariluvchi kirish ta‘sirlari bo‘lib donni mashinaga etkazilishi qk, aspiratsiya
11.3.2-rasm. Don tozalash mashiasining avtomatik boshqaruv ob’ekti sifatidagi modeli
va tarkibiy sxemasi (b)
kanallaridagi xavo oqimi tezligi , panjaralarning tebranish chastotasi va tebranish ta‘siri ko‘rinishida berilayotgan donning xaqiqiy og‘irligi qabul qilingan. Donning tozalagichga beriluvchi don chastotasi k ga asosan donning uzatilishiga qn va mashinaga kelib tushayotgan donning chastotasi n bog‘liq bo‘lganligi, ish unumdorligi qk esa donni mashinaga uzatilishiga qn bog‘liq bo‘lganligi sababli optimal bosh-qarish ob‘ekti sifatdagi don tozalagich mashinasining tarkibiy sxemasini uchta birinchi tartibli kechikuvchi aperiodik bo‘g‘inlar ko‘rinishida faraz qilsa bo‘ladi (84, b -rasm). T1, T2 va T3 vaqt
doyimiyligi va 1, 2 va 3 saf kechikish vaqti bir biri bilan yaqindir.
K3S kompleksining shamol panjarali ikkilamchi tozalagich mashinasi
uchun taxminan
1 2 3 40...60;
Т1 Т2 Т3 30...50с ga teng. k1, k2, k3
kuchaytirish koeffitsienti mashinalarni sozlanishiga va tashqi tebranish ta‘sirlariga bog‘liqdir.Tozalashning sifati yuqori bo‘lishi uchun mashinaning yuklanishi qn
berilgan qiymatdan 5 % dan yuqori bo‘lmagan xatolikda rostlanishi kerak.
Don quritgichlarining ishini avtomatlashtirish
Xozirgi paytda qishloq xo‘jaligida asosan shaxtali va barabanli don quritgichlaridan foydalanilmoqda. Quyida eng ko‘p qo‘llaniladigan don quritgichlarini ko‘rib chiqamiz.
S3SH-8 va S3SH-16 statsionar don quritgichlari (85-rasm). Ikkita quritish kamerasi ikkita quritgich uskuna bunkeri 6, ikkita nam donni yuklash noriyasi 7, ikkita quruq don noriyasi 8, tushirish uskunasi 3, shlyuz to‘siqli ikkita quritgich kolonkasi 9 dan tashkil topgan. Issiqlik tashuvchi isitgichdan 2 truba o‘tkazgich orqali quritish kameralari 4 va 5 ga beriladi. SHaxtalar orasidagi masofadan diffuzor 12 sifatida foydalaniladi, bunga markaz qismining tag tomonidan issiqlik tashuvchi keltiriladi, yon tomonlaridan esa ishlatilib bo‘lingan issiqlik ventilyatorlar 13 yordamida tashqariga xaydaladi. Kameralar ichida besh burchakli quti 11 lar o‘rnatilgan. Bir tomondan bu qutilar devorga tegib turadi, boshqa tomondan esa ochiq derazalarga ega.
Issiq xavo qizdirgichdan diffuzor orqali ochiq derazalarga beriladi, u erdan don qatlamiga kirib namlikni yutadi, so‘ngra boshqa quti qatoriga o‘tkaziladi va ventilyatorlar 13 yordamida tashqariga chiqariladi.
Nam don birlamchi tozalashdan keyin noriya 7 ni sepuvchi cho‘michiga beriladi, u esa donni ko‘taradi va quritgichning ustki bunkeri yordamida quritgich shaxtasi IO to‘ldiriladi. Quritgichdagi donning kerakli satxi quritgichning ustki bunkerlarida 6 o‘rnatilgan minimal va maksimal satx datchiklari yordamida nazorat qilinadi. Porsiyali tushiruvchi qurilma ishini satx datchigi yordamida quyi satxiga etganda tushiruvchi karetkalar elektr motorlari to‘xtatiladi, maksimal satxxga etganda tushiruvchi karetkalar elektr motorlari yana ishga tushadi. Ortiqcha don quritgich ustki bunkeri 6 dan don to‘kkich orqali chuqurga to‘kiladi. Shaxtaning tag qismidagi naychalarda oqimdagi donlarning qizish har oratini masofadan o‘lchash uchun har orat datchiklari o‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |