Bolim bo‟yicha nazorat savollari
Avtomatlashtirish ob‘ektlariga ta‘sir qiluvchi qanday rostlovchi ta‘sirlar mavjud?
Qishloq xo‘jaligida qo‘llanuvchi qanday organlarni bilasiz?
Qattiq maxsulotlarni oqimini rostlovchi organlarning qanday turlarini bilasiz?
Oddiy va murakkab rostlovchi organlarning qanday xususiyatlarini bilasiz?
Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha bering.
ART larida qanday rostlash qonunlari qo‘llaniladi?
Proporsional, integral, differensial, kombinatsiyalashtirilgan rostlash qonunlariga ta‘rif bering.
VIII-BOB. Chorvachilikda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
Umumiy ma‘lumotlar
Chorvachilik ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyasida bir qancha tipik ko‘rinishdagi texnologik: jarayonlar qo‘llaniladi ozuqa tayyorlash, tarqatish, sug‘orish, muxit sharoitlarini rostlash, so‘ng yig‘ish va chiqarib tashlash, sigirlarni sog‘ish, jun qirqish va x.k. Chorva mollarining fiziologik holati, og‘irligi va maxsulotdorligini nazorat qilish katta aham iyatga ega.Bu jarayonlarning yoki alohida tanlab olingan operatsiyalarning har birini avtomatlashtirish maqsadida alohida mustaqil ob‘ekt sifatida ko‘rib chiqilishi lozim.Shu bilan birga barcha jarayonlarni vaqt bo‘yicha optimal ravishda boshqarish yakuniy texnologik natijaga olib keladiki, bu ko‘rsatkich ishlab chiqarish samaradorligi bilan aniqlanadi.
Chorva mollarini oziqlantirishni avtomatlashtirish
Chorva mollarini ovqatlantirishning asosiy optimal sharti ozuqani o‘z vaqtida va ma‘lum me‘yorda tarqatishdan iborat.
Agar xona ichidagi jonivorlarning yoshi bir xil bo‘lsa ozuqa aralashmalarining tarkibi bir xil bo‘ladi va ozuqa barcha jonivorlarga bir xil tarqatiladi. Lekin xona ichidagi jonivorlarning yoshi har xil bo‘lib, vazni va unumdorligi jixatidan farq qilsa ozuqa tarqatish jarayoni qiyinlashadi.
Xozirda bir modulni va ikki modulli ozuqa tarqatish usuli bor. Masalan, sutka
davomida ikki marta ovqatlantirish "A moduli" bo‘yicha, ya‘ni to‘yimli ozuqa moddalarini jonivorlar massasi birligiga to‘g‘ri kelishi, keyingisi (ikkinchi) - "B moduli" ozuqa aralashmasi bilan, ya‘ni to‘yimli ozuqa massasining jonivorlar unumdorligi birligiga to‘g‘ri kelishi.
Bu holda birinchi va uchinchi ozuqa tarqatishni boshqarish mollarning yoshi va massasiga qarab, ikkinchisi esa unumdorligiga qarab amalga oshiriladi. Bir xil yoshdagi jonivorlar uchun uch marta oziqlantirish rejimi bo‘yicha va ozuqa tarqatgichning bir tekis ish unumdorligiga ega bo‘lgan holda ozuqa tarqatish vaqti:
tp=Mj qm Ng / (3Qo.t)
Mj – jonivorning guruxdagi o‘rtacha og‘irligi, kg;
qm – oziqlantirish me‘yori, bir sutkadagi jonivor massasi birligida, kg/kg. Ng – guruxdagi jonivorlar koeffitsient;
Qo.t – ozuqa tarqatgichning ish unumdorligi, kg/s.
Maxsuldorligiga qarab har bir jonivor uchun ozuqa tarqatish vaqti (soat);
t=Mm qm Ng / (Qop.tar)
Mm –jonivorning sutkalik maxsuldorligi, kg;
qm - maxsuldorlik birligidagi ozuqa miqdori, kg/kg;
Bitta yoki guruxdagi jonivorlarga ozuqa berish vaqtidagi ozuqa xajmi miqdori (m3)
Vж MжqmNг / оз.
- ozuqa aralashmasining xajmiy massasi, kg/m3.
Jonivorning sutkalik maxsuldorligi xisobidagi ozuqa xajmi (m3);
Do'stlaringiz bilan baham: |