Elektrik qizdirish uskunalarining turkumlanishi
Elektrik qizdirish usullariga munosib ravishda quyidagi qizdirish uskunalari bo‘ladi.
Elektrik qarshilikli qizdirish uskunalari: a) bevosita elektrik qizdirish uskunalari (elektrodli suv isitkichlar, bug‘ hosil qilgichlar, em bug‘lagichlar, elektrik kontaktli payvandlash uskunalari va boshqalar); b) bilvosita elektrik qizdirish uskunalari (elementli suv isitkichlar, kaloriferlar, elektrik pechlar, vannalar, avtomabil va traktorlarnig dvigatellarini qishda isitish uskunalari, maishiy elektrik asboblar va xokazolar).
Elektr yoyi bilan qizdirish uskunalari: a) bevosita elektr yoyi bilan qizdirish uskunalari (elektr yoyi bilan payvandlash uskunalari, elektrik metallizatorlar); b) bilvosita elektr yoyi bilan qizdirish uskunalari (nur bilan qizdirish uskunalari).
Induksion qizdirish uskunalari: a) sanoat chastotasida ishlaydigan uskunalar (induksion suv isitkichlar, pasterizatorlar, tuproq, beton isitkichlar, tovuqxonalarni isitkichlar va boshqalar); b) yuqori chastotali uskunlar (remont korxonalaridagi toblash va metall suyuqlantirish uskunlari).
Dielektrik qizdiruvchi yuqori chastotali uskunalar (yuqori chastotali don, sabzavot, meva quritgichlar, sut pasterizatori, sterilizatorlari va xokazolar).
Radiatsion uskunalar – infraqizil isitish uskunalari (lampali va elementli nurlagichlar bilan jixozlangan radiatsion don quritgichlar, mol va parrandalarni radiatsion isitkichlar, infraqizil sut pasteriazatorlari).
Elektron-nur vositasida qizdirish kurilmalari.
Bevosita qizdirish uskunalarining o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, ular oddiy tuzilgan, foydali ish koeffitsienti yuqori va arzon bo‘ladi. Lekin ularda jiddiy kamchiliklar ham bor, jumladan: elektr toki o‘tkazmaydigan materiallarni isitib bo‘lmaydi; suv va suvli materiallarning har orati o‘zgarishi bilan quvvat ham ancha o‘zgaradi; elektr toki urish xavfi bor, chunki elektroddagi kuchlanish (potensial) isitilayotgan muxit orqali isitish uskunasining korpusiga o‘tishi mumkin. Bu, ayniqsa, suv, oziq maxsulotlari va emlarni isitishda muxim, chunki xatto o‘zaguruvchan tok ishlatilganda ham isitiladigan muxitda elektroliz sodir bo‘ladi, elektrodlardan esa elektrokimyoviy reaksiya maxsulotlari ajralib chiqadi.
SHu munosabat bilan bevisita isitish uskunalarini qishloq xo‘jaligida quyidagi hollarda ishlatish ma‘qul: mashinalarni remont qilganda unchalik murakkab bo‘lmagan shaklli metall buyumlarni qizdirish va boshqa extiyojlarda, texnologik extiyojlar va binoni isitish uchun katta quvvatli suv isitgichlarda suvni elektrodlar bilan isitishda, elektrodli bug‘ hosil qilgichlardan bug‘ olishda.Elektrik isitish uskunalari ishlash prinsipiga ko‘ra davriy va uzluksiz ishlaydigan uskunalarga bo‘linadi. Davriy ishlaydigan uskunalarda isitish davrlari bilan almashinadi. Uzluksiz ishlaydigan uskunalarda materiallarni solish va bo‘shatib olish isitish jarayoni bilan bir vaqtda bajariladi.Davriy ishlaydigan uskunalarga elektrik suv isitkichlar – VET tipidagi termoslar, elektrik EPV tipidagi elektrik suv isitkichlar, elektrik kaloriferlar, pasterizatorlar va boshqalar kiradi. Uzluksiz ishlaydigan uskunalar, ish unumi bir xil bo‘lgani holda, davriy ishlaydigan uskunalarga nisbatan kam sig‘imli va ixcham f.i.k. va foydalanish koeffitsienti yuqori bo‘ladi, oson avtomatlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |