Elektr isitish usullari. Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishning asosiy usullari quyidagicha turlanadi. Bevosita va bilvosita elektrik isitish bor. Elektrik isitishda elektr tokining bevosita qizdiriladigan jism yoki muxit (metall, suv, sut, tuproq va xokazolar) orqali bevosita o‘tishi natijasida elektr energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi. Bilvosita elektrik isitishda elektr toki maxsus qizdirish qurilmasi (qizdirish elementi) dan o‘tadi, issiqlik bu qurilmadan qizdiriladigan jismga yoki muxitga issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya yoki nurlanish orqali uzatiladi.
Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishning bir necha turi bor. Elektrik isitish usullari shularga bog‘liq.
Qarshilik bilan isitish. Elektr toki elektr o‘tkazuvchi qatttiq jismlar yoki suyuq muxit orqali o‘tganda issiqlik hosil bo‘ladi. Joul-Lens qonuni bo‘yicha issiqlik miqdori: Q=I2Rt,
Bu erda Q – issiqlik miqdori, J; I – tok kuchi, A;
R – jism yoki muxit qarshiligi, Om t - tokning o‘tish vaqti, sek.
Qarshilik bilan isitish kontaktli yoki elektrodli usullarda amalga oshiriladi.
qurilmalarining arzonligi tufayli qishloq xo‘jaligida keng ko‘lamda ishlatilmoqda.
Elektr yoyi bilan qizdirish. Ikkita elektrod orasida gazsimon muxitda paydo bo‘ladigan elektr yoyida elektr energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi.
YOyni yondirish uchun tok manbaiga birlashtirilgan elektrod-lar qisqa vaqtga tutashtiriladi, so‘ngra asta-sekin bir-biridan ajratiladi. Elektrodlarni ajratish paytida kontaktning qarshiligi o‘zidan o‘tadigan tok ta‘sirida kuchli qiziydi. Metallda doim harakatlanuvchi erkin elektronlar elektrodlar tutashgan joyda har oratining oshishi bilan o‘z harakat ini tezlashtiradi. Har orat oshishi bilan erkin elektronlar tezligi shunchalik oshadiki, ular elektrodlarning metalidan ajralib, xavoga uchib chiqadi. Erkin elektronlar harakatlanganda xavoning molekulalari bilan to‘qnashib, ularni musbat va manfiy zaryadlangan ionlarga parchalaydi. Elektrodlar orasidagi xavoli muxit ionlanib, elektr o‘tkazuvchan bo‘lib qoladi. Manbaning kuchlanishi ta‘sirida musbat ionlar manfiy qutb (katod)ga, manfiy ionlar esa musbat qutb (anod)ga yo‘naladi, natijada elektrodlar orasidagi davomli razryadi – elektr yoyi hosil bo‘lib, u o‘zidan issiqlik chiqaradi. Elektr yoyi har orati uning turli joylarida bir xilda bo‘lmaydi va metall elektrodlarda: katodda taxminan 24000 S, anodda – 26000 S, yoyning markazida 6000-70000 S bo‘ladi.
Bevosita va bilvosita elektr yoyi bilan qizdirish bo‘ladi. Asosan bevosita elektr yoyi bilan qizdirish amalda elektr yoyi bilan payvandlash uskunalarida qo‘llanilmoqda. Bilvosita elektr qizdirish uskunalarida yoydan kuchli infraqizil nurlar manbai sifatida foydalaniladi.
Induksion qizdirish. Agar o‘zgaruvchan magnit maydoniga bir bo‘lak metall joylashtirilsa, bu metallda o‘zgaruvchan e.yu.k. induksiyalanadi. Metallda e.yu.k. ta‘sirida uyurma toklar hosil bo‘ladi. Bu toklar metalldan o‘tib, uni qizdiradi. Ba‘zi induksion qizdirgichlar sirtqi effekt va yaqinlik effekti xodisalaridan foydalanishga asoslangan.
Induksion qizdirish uchun sanoat chastotasi (50Gs)li va yuqori chastota (8- 10kGs, 70-500 kGs) li toklar ishlatiladi. Metall buyumlarini (detallar, zagotovkalarni) induksion qizdirish usuli mashinasozlikda va qishloq xo‘jalik texnikasini ta‘mirlashdan keng ko‘lamda qo‘llanilmokda. Induksion usul suv, tuproq, betonni qizdirishda va sutni pasterizatsiya qilishda ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |