Vм MмqmNг / оз.
jonivorlarni bir sutkada oziqlantirish soni fiziologik normalardan kelib chiqib, quyidagi formula asosida aniqlanadi;
n qж / qф
qj – bitta jonivorni oziqlantirishning sutkalik xisobning miqdori, kg.
8.1.1-rasm. Jonivorlarni oziqlantirish jarayonining diagrammasi
Oziqlantirish orasidagi vaqt jonivorlarning fiziologik holati va zootexnik talablar asosida aniqlanadi. Xisoblashlar natijalari asosida jonivorlarni oziqlantirish diagrammasi tuziladi (8.1.1-rasm). Ushbu diagramma sutka davomida oziqlantirish texnologik liniyasining harakatlanish qonuni xisoblanadi.
Ozuqa tarqatish diagrammasini tuzishda xo‘l va yarim xo‘l ozuqalarni ham da ularning qoldiqlarini oxurlarda yomon bo‘lib qolishini xisobga olish lozim.
8.1.2-rasm. Jonivorlarga ozuqa tarqatish texnologik sxemasi: 1 – ozuqa aralashtirgich; 2 – nasos; 3- magistral; 4- oxur;
Bunday ozuqalar jonivorlarni zararlashi mumkin. Shuning uchun texnologik talablariga asosan xo‘l ozuqalarni saqlash muddati texnologik jarayon algoritmi ishlab chiqilganda xisobga olinishi lozim.Ozuqa tarqatishning texnologik liniyasidan ko‘rinadiki (8.1.2-rasm).
Ozuqa tarqatish jarayoni asosan transporterlar yordamida va trubalar orqali uzatiladi. SHuning uchun bu holda ma‘lum kechikish vaqti mavjud.
i=li/
li–oxurlar orasidagi i–oralig‘i uzunligi, m; -transporterlar ozuqaning harakat tezligi, m/s.
Agar ozuqa yarim suyuq holda bo‘lsa va trubalar orqali berilsa
i=PD2 li / (4Qp)
D – quvurning diametri, m; Qp – nasosning unumdorligi, m3/s.
Kechikish vaqti xisobga olingan holda ozuqa tarqatgichning ish diagrammasi tuziladi. (8.1.3-rasm)
8.1.3- rasm. Ozuqa tarqatgichning ish diagrammasi (me’yorlanmagan oziqlantirishda)
Ozuqa tarqatishning texnologik liniyasi asosan bir nechta tar-qatgich transporter (1;2), taqsimlagich trasporterlar 3, yig‘uvchi dozator 4, yuklovchi trasporter 5 lardan iborat. (8.1.4-rasm)
Eng avval texnologik liniya 1-3-4-5 zanjiri bo‘yicha 1-ozuqa tarqatgich bo‘yicha ishlaydi, so‘ngra 2-3-4-5 bo‘yicha 2- ozuqa tar-qatgich ishlaydi.
Oxur
8.1.4-rasm. Chorva mollarini oziqlantirishning tarkibiy sxemasi
Texnologik liniyadagi alohida mashina va mexanizmlarning harakatlanishi ishga tushishi va to‘xtash vaqtida maxsulotni yig‘ilib qolish holatlarining oldini olishni xisobga olgan holda aniqlanadi. Bunker- dozatorni ozuqa bilan to‘ldirish vaqti quyidagicha aniqlanishi mumkin:
tt=Vb/Qtr, bu erda
Vb – bunker dazator xajmi, m3;
Qtr – yuklash transporterining ish unumdorligi, kg/s,
Xisoblashlar asosida ozuqa tarqatish texnologik liniyasining siklogrammasi quriladi 8.1.5-rasm.).
8.1.5-rasm. Ozuqa tarqatish texnologik liniyasining siklogrammasi
Qoramollar uchun moslashtirilgan ozuqa tarqatkichlar. Chorvachilik xonalarida qo‘llanuvchi TVK tipidagi ozuqa tarqatgichlarni asosan KTU- 10 tipidagi ozuqa tarqatgichlar bilan birga ishlatish mumkin.
TVK-80B ozuqa tarqatgichlar oxurlarda 4 harakatlanuvchi tasma 5- elektr yuritma bilan harakat ga keltiriladi (62-rasm). Tasma oldinga harakatlanayotganda ta‘minlagich 1-dan olinayotgan ma‘lum massa oxurlarga uzatiladi.KTU-10 bu erda ta‘minlagich sifatida ishlatilishi mumkin, chunki u 2 ta sig‘imga ega. Tasma orqaga qaytganda (revers) oxurlar ozuqa qoldiqlaridan tozalanadi, bu qoldiqlar xonadan 6-trans-porter yordamida chiqarib yuboriladi. Bundan ko‘rinadiki, TVK- 80B ozuqani tarqatish va bir vaqtda qoldiqlarni yig‘ish imkoniga ega. Lekin bu qurilma ozuqani bir me‘yorda berish imkoniga ega emas. CHunki tasma
harakatlanayotganda ozuqa o‘z holicha tekislanadi va jonivorlar ozuqani bir vaqtda olish imkoniga ega bo‘lmaydi.
8.1.6- rasm. TVK-80B ozuqa tarqatgich-transporteri
TVK-80B ozuqa tarqatgich va KTU-10 statsionar ozuqa tar-qatgich
avtomatik rejimda ishlashi mumkin. Sutka davomida ozuqani tarqatish maqsadida 2RVM tipidagi KT2 programmali relesi ishlatiladi. Ular ovqatlanish diagrammasi bo‘yicha rostlanadi.
Prinsipial sxemaga asosan ozuqa tarqatgich liniyasi qo‘l yoki avtomatik rejimda boshqariladi (8.1.7.-rasm). Eng avval KT2:1 programmali relesining kontakti yordamida KM2 va KM3 tasmali qaytaruvchi va qoldiqlar transporteri uchun qo‘yilgan magnit ishga tushirgichlar ulanadi. Ozuqa tarqatgichning tasmasini oxirgi boshlang‘ich holatida SQ1 oxirgi o‘chirgich uni harakat dan to‘xtatadi va qoldiq transporter KM2:2 yordamida to‘xtaydi.
Programmali rele komandasiga ko‘ra KT2:2 kontaktlari bilan KM4 ta‘minlagichi elektr yuritmasi va KM1 tarqatish elektr yuritmasi ishga tushadi. Ozuqa tarqatish oxirida SQ2 oxirgi o‘chirgichi KM4 ni KM1 vaqti oralig‘ida ishdan to‘xtatadi.
8.1.7-rasm. TVK –80B ozuqa tarqatish liniyasining boshqarish tiziminig prinsipial elektr sxemasi
Konsentratsiyalashgan ozuqalar KSH-0,5 yoki RKA-1000 ozuqa tarqatgichlar yordamida individual me‘yorlashtirilgan holda tar-qatish mumkin.
KSH-0,5 ozuqa tarqatgich individual dozatorlar va dozator va zatvorini ochuvchi trosshtanga trosshaybali transporter -konveyerdan tashkil topgan 8.1.8- rasm).
8.1.8-rasm. KSH-0,5 ozuka tarkatgichi.
1 – yuritmali uskuna; 2 – nazorat maydoni; 3 – bunker; 4- voronka; 5 – ishchi organ; 6 – ozuqa yurish yo’li; 7 – guruxli dozator; 8 – dozatorlar
yuritmasi; 9 – elektr uskuna.
Dozatorlar sig‘imini to‘ldirish qo‘l yordamida rostlanuvchi trubka nasadkasi qurilmasining qanday balandlikda o‘rnatilishiga bog‘liq.
KSH-0,5 uzatmasi ishga tushishi bilan ozuqa konveyer trubasi orqali harakat ga keladi va ketma-ket ravishda oxurlardagi barcha dozatorlarning sig‘imlari to‘ldiriladi. Oxirgi dozator yo‘lidagi satx datchigi konveyerni ishdan to‘xtatadi va dozatorlarning ochilish uzatmasini ishga tushish zanjirini tayyorlaydi. Ozuqani tarqatish liniyada boshqa ozuqa tarqatgich ishini tamomlagandan so‘ng har qanday vaqtda ishga tushishi mumkin.
RK-50 (qoramollar uchun) va RKS -3000 M (cho‘chqalar uchun) ozuqa tarqatgichlari tuzilishi va funksional xonalar bo‘yicha ham bir xil.
Ikkala dozatorda ozuqa qo‘l yordamida rostlanuvchi oqim bilan qiya transporter yordamida tarqatish platformasida harakatlanib oxurlarga ozuqani avval bir tarafdan xona uzunligi bo‘ylab tarqatadi (8.1.9-rasm).
8.1.9 - rasm. Platforma tipidagi statsionar ozuqa tarqatgichining tuzilish sxemasi
Platforma chap tarafga harakatlanayotgan bo‘lsa unga ozuqa kelib tushadi, lekin yuqoriga ko‘tarilgan kurakchalar uni o‘tkazadi. Platforma xonaning chap tarafidan orqaga qaytayotganda kurakchalar pastga tushadi va ozuqa oxurlarga tushiriladi.
Xonaning o‘ng tarafiga ozuqa tarqatish xuddi chap tarafdagidek amalga oshiriladi.
RK-50 va RKS-3000M ozuqa tarqatgichlarining ishi avtomatik va qo‘l rejimida boshqarilishi mumkin (8.1.10-rasm).Avtomatik rejimda 2RVM tipidagi KT programmali relesi berilgan vaqtda o‘zining kontaktlarini uzib KM1 yuklash transporteri va KM2 bunker-dozatorining magnit ishga tushirgichlarini qo‘shadi. Bundan tashqari tarqatish platformasining zanjirini ishga tushiruvchi KM3 ishga tayyorlanadi. Platformaga ozuqa uzatilish boshlanganda BL ozuqa datchigi KM3 ishga tushirgichni qo‘shadi, bu esa platforma uzatmasini ishga tushiradi.
8.1.10-rasm. RK-50 ozuqa tarqatgichining prinsipial elektr sxemasi
Platformaning oxirgi holatida SQ1 oxirgi o‘chirgich ishga tushadi, bu esa platformani reversi bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi oxirgi holatda SQ2 teskari reversni amalga oshiradi. Platforma harakat relesi kontaktlari ishdan to‘xtamaguncha davom etadi (yoki BL datchigi). Ozuqa tarqatish vaqti 20...30 min. SB1...SB7 tugmalari qo‘l yordamida boshqarish vositalari xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |