8.2.2-rasm. SHAP-5701 boshqarish stansiyasining prinsipial elektr
sxemasi.
Sxemada boshqaruv zanjirida ham da avtotransformatorning chiqish qismida hosil bo‘ladigan qisqa tutashuvlarni oldini olish uchun. Magnit ishga tushirgichlarning bosh-qaruvchi qo‘shgichlar ishlatilgan.
Qurilmaning ish tartibini boshqarishda qo‘llanuvchi mantiqiy funksiyalar quyidagicha yozilishi mumkin:
К1 Х 3К 2К 3,
К 2
К 3
К 4
К 5
Х 2К1К 3,
Х1К1К 2,
Х 4,
Х 5К 4,
К 6 (К1К 2)К 2.
MK-VAUZ boshqaruv stansiyasi ventilyatorlarning aylanish tezligini ham qo‘l rejimida, ham avtomatik rejimda bir tekisda rostlash imkonini beradi, ya‘ni xona har orati o‘zgarishi bilan avtomatik ravishda elektr ventilyatorlarning aylanish tezligi o‘zgaradi.
Elektr isitkichlarni ishlatishda ular pog‘onali ravishda boshqariladi. Bu holda kalorifer qurilmasi qo‘l va avtomatik rejimda boshqarilishi mumkin (8.2.3-rasm).
Avtomatik rejimda agar xona har orati normadan past bo‘lsa RT-2 har orat rostlagichi (SK1) o‘z qo‘shgichlarini qo‘shadi va KV relesi ishga tushadi, uning qo‘shgichlari yordamida esa KM3 magnit ishga tushirgichi ulanadi, bu holda ishlab turgan ventilyator bilan elektr isitkichlarning birinchi seksiyasi ishga tushadi. Agar har orat yana pasaya borsa SK2 va SK3 har orat rostlagichilari KM2 va KM1 kontaktorlari orqali ikkinchi va uchinchi seksiyalar ishga tushadi.
8.2.3-rasm. SFOA elektr kalorifer uskunasining prinsipial boshqaruv sxemasi.
Chorvachilik va parrandachilik xonalarini isitishda TG-75; TG-150; TG- 2,5; TG-500 tipidagi suyuq yoqilg‘ida ishlovchi issiqlik generatorlari ishlatiladi. Issiklik generatori avtomatik rejimda: uni ishga tushirish (agar xavo har orati talab qilingandan past bo‘lsa) va har orat normal holatga etganda uni ishdan to‘xtatish tizimiga ega; issiqlik generatori ishlab turgan vaqtda uchqun (fakel) ni o‘chib qolishini ximoyalash, qizib ketishdan ximoyalash, ventilyatorlarning elektr yuritmalarini ximoyalash tizimiga ega.Issiqlik generatori ikki pozitsiyali rejimda qo‘l va avtomatik rejimda boshqarilishi mumkin. Avtomatik rejimda RT-2-04 tipidagi va unga o‘xshash 2 pozitsiyali termorostlagichlardan foydalanish mumkin.
Issiqlik generatorlarining tipik boshqaruv sxemasi 3 xil rejimga ega:
ventilyasiya qurilmasini qo‘l yordamida boshqarish;
isitishni qo‘l yordamida boshqarish;
isitishni avtomatik rejimda boshqarish.
Avtomatik rejimda boshqarishda SA1 va SA2 tumblerlari "Avtomatik" holatiga o‘tkaziladi. Xona har orati pasayishi bilan SK1 (RT-2) har orat rostlagichining kontaktlari qo‘shilib KT programmali vaqt relesi ishga tushadi. Bu holda issiqlik generatori avtomatik ravishda ishga tushadi.
KT vaqt relesi qo‘shilgandan so‘ng 5 minutdan keyin KT-2 kontakti qo‘shiladi va SA1:3, KT3, har orat datchigi SK3 orqali KM2 magnit ishga tushirgich ishlay boshlaydi. Bu holda yonish kamerasining xavoni xaydash motori ishlay boshlaydi. Oradan 20... 30 s vaqt o‘tgach vaqt relesining KT:1 qo‘shgichi qo‘shilib T transformatoriga (yondirish transformatori) kuchlanish beriladi va gorelkaga yoqilgi berish klapani ochiladi. Xavo- yoqilg‘i aralashmasi uchqunlanib, yonish kamerasini yoritadi. Kamerada o‘rnatilgan R4 va R5 fotorezistorli qarshiliklari kamayib, KV3 relesi ishga tushadi, undan so‘ng KV2 qo‘shiladi. Uning KV2:1 qo‘shgichi transformatorni ishdan to‘xtatadi, KV2:6 esa vaqt relesini tarmoqdan uzadi. Yonish kamerasi qizigandan so‘ng SK2 har orat rostlagichining
qo‘shgichlari ajraladi.
8.2.4-rasm. TG-2,5 issiqlik generatorining prinsipial boshqaruv sxemasi
KV1 relesi tarmoqdan uzilib issiqlik generatori ventilyatorining elektr yuritmasini ishga tushiruvchi KM1 ni ishga tushiradi. Bu holda xonaga isitilgan xavo yuboriladi.Agar issiqlik generatorini ishga tushirishda uchqun hosil bo‘lmagan bo‘lsa KV2:1 qo‘shgichi orqali uchqun hosil qilinadi, lekin aralashma alangalansa issiqlik generatori uchiriladi. Issiqlik generatori qizib ketsa SK3 har orat rostlagichi uni ishdan to‘xtatadi (8.2.5-rasm).
Ishlab chiqarish xonalarini isitish tizimi boshqariluvchi ob‘ekt sifatida ikki elementdan tashkil topgan tizim sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin: isitish tizimi va isitish xonasi.Boshqariluvchi kattalik-xonadagi xavo har orati, kirish kattaligi esa vaqt davomida beriluvchi issiqlik miqdori. Boshqariluvchi ob‘ektda tashqi xavo
har orati, isitiluvchi xavo miqdorining o‘zgarishi va boshqa tashqi ta‘sirlarning o‘zgarishi va boshqa tashqi ta‘sirlarning o‘zgarishi kuzatiladi.
Xonaning "issiqlik miqdori- har orat" kanali bo‘yicha uzatish funksiyasi
Wхона
( p)
Kхона Tхона p 1
e p
Issiqlik generatori uchun issiqlik balansi tenglamasi.
m Qp = qv + qg bu erda; Qr - yoqilg‘ining yonish issiqligi;
m - yoqilg‘i sarfi;
qv- xonaga uzatiluvchi issiqlik miqdori
qg - chiqib ketuvchi gazlar asosidagi issiqlik yo‘qotishlari.
K e p
WТГ ( p) ТГ
TТГ p 1
Uzatish koeffitsienti issiqlik generatorining texnik tavsifnomasi bo‘yicha aniqlanadi: KTG = qv/m.
qv- issiqlik generatorining ish unumdorligi, m- yoqilg‘i sarfi.
Issiqlik generatorining vaqt doimiysi T150...300 s. Kechikish vaqti 50...80 s.
8.2.5-rasm. Issiqlik generatorining boshqariluvchi ob’ekt sifatidagi ko’rinishi
Ventilyasiya rejimi uchun ayrim Chorva xonalarining uzatish unksiyalarining koeffitsientlari.
Bino
|
K0
|
T0, s
|
0, s
|
400 bosh qoramolga moslashtirilgan sut-tovar fermasi
|
1,4
|
500
|
40
|
II davrli buzoqxona (bo‘rdoqi)
|
0,9
|
200
|
20
|
CHuchqaxona bo‘rdoqixona
|
1,5
|
300
|
30
|
10 ming boshga moslashgan parrandaxona
|
0,8
|
250
|
20
|
Do'stlaringiz bilan baham: |