O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta


Bolaning maktab ta'limiga tayyorgarligi va bilish jarayonlari rivojlanish darajasini aniqlash metodlari



Download 6,15 Mb.
bet63/193
Sana11.04.2022
Hajmi6,15 Mb.
#542095
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   193
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi (1)

Bolaning maktab ta'limiga tayyorgarligi va bilish jarayonlari rivojlanish darajasini aniqlash metodlari


Bolalarning maishiy turmush haqidagi tushunchalarini aniqlash, atrof-muhitda mo‗ljal ola bilishini o‗rganish. Bolaning turmush haqidagi tushunchalar boyligiga: o‗zi, yaqinlari, qarindoshlari, atrofdagilari, u yashayotgan hududdagi kishilar, buYumlar haqidagi tushuncha va bilimlari kiradi. Bunday bilimlar bola ulg‗aygan sari ortib boradi.
Turmush haqidagi tushunchalar boyligini tadqiq etish uchun 6–7 yoshdan 10–11 yoshgacha bolalarga beriladigan savollar 10 tadan oshmasligi kerak. Har bir yosh uchun savollar ma'no jihatidan bir xil bo‗lsa ham, lekin asta-sekin murakkablashib boradi. Masalan: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga «Isming nima?» deb savol bersak, 1-sinf o‗quvchisiga bu savol biroz boshqacha beriladi: «Isming va familiyang kim?», 2-sinf: «Ota-onangning ismi va familiyasi qanday?», 3-sinf: «Buving va buvangning familiyasi va ismi qanday?» tarzida o‗zgarib boradi. Savollarning har bir yosh xususiyatlarini, shu yoshdagi turmush haqidagi tushunchalar boyligini, shu savollarga javob bera olish qobiliyatini hisobga olib tuzilganligi Yuqoridagi misoldan ham ko‗rinib turibdi. Har bir yoshdagi bola shu savollarga javob bera olishiga qarab ball bilan baholanadi.
Quyidagi metodikada javoblar 0-1 ball bilan baholanadi. Lekin ba'zan shunday holatlar xam bo‗ladiki, bolaning javobini 0 - 1 ball bilan baholab bo‗lmaydi, shuning uchun mezonga 0,5 ballni kiritishga to‗g‗ri keladi. Ba'zan savollarga javob berish jarayonida bola savolga bilmagani uchun emas, bu savolga javob berish imkoniyati yo‗qligi yoki xohlamagani uchun javob bermasligi ham mumkin va tadqiqotchi bunday holatni e'tiborga olishi kerak.

TAFAKKURNI DIAGNOSTIKA QILISH METODLARI

«Ob'ektlarning o„xshashligi va farqini aniqlash, sababini tushuntirish, tushunchalarni ta'riflash» metodikasi


Biz tushunchani ta'riflash, sabablarini izohlash, predmetlarning o‗xshashlik va farqini aniqlash kabi tafakkur jarayonlarini baholash orqali bolaning aqliy rivojlanish darajasini o‗rganishimiz mumkin.


Bu tafakkur jarayonlari bolaning quyidagi savollarga to‗g‗ri javob berishiga qarab aniqlanadi.

  1. Bu hayvonlarning qaysi biri katta? Otmi it?

  2. Ertalab odamlar nonushta qiladi. Kunduzi va kechqurun ovqatlanganda-chi? (To‗g‗ri javob: Tushlik va kechki ovqat)

  3. Kunduzi ko‗chada yorug‗, kechqurun-chi? (To‗g‗ri javob – qorong‗i).

  4. Osmon ko‗m-ko‗k, o‗tlar-chi? (To‗g‗ri javob: yashil rangda).

  5. Gilos, nok, olxo‗ri va olma – bu ... (To‗g‗ri davom ettirish – mevalar).

  6. Poezd o‗tayotganda nega shlagbaum tushiriladi?

  7. Toshkent, Xiva, Samarqand – nima? (To‗g‗ri javob –shaharlar).

  8. Soat necha bo‗ldi? (Bolaga soatni ko‗rsatib, vaqtni aytib berish so‗raladi) (To‗g‗ri javob: soat millari ko‗rsatgan vaqt).

  9. Sigirning kichigini buzoq deyiladi. Kichik it va qo‗yni nima deyiladi? (To‗g‗ri javob: kuchuk va qo‗zi).

  10. It ko‗proq nimaga o‗xshaydi? Mushukkami tovuqqa? Javob ber va tushuntirib ber, nima uchun shunday deb o‗ylaysan?

  11. Avtomobilga tormoz nima uchun kerak? (Kerak bo‗lganda avtomobil tezligini pasaytirishni ko‗rsatuvchi biror-bir javob to‗g‗ri deb topiladi).

  12. Bolta va arra bir-biriga qay jihatdan o‗xshash? (Bajariladigan ishlarni ko‗rsatuvchi javob to‗g‗ri).

  13. Olmaxon bilan mushuk orasida qanday o‗xshashlik bor? (Kamida ikkita o‗xshash belgilarni to‗g‗ri ko‗rsatilgan javob to‗g‗ri. Masalan, bular – hayvonlar daraxtga chiqa oladilar, qalin yung bilan qoplanganligi, dumi va to‗rtta oyog‗i borligidir).

  14. Mix, vint, shurup bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? (To‗g‗ri javob – mixning yuzasi tekis, vint va shurup burama kertikli; mix bolg‗a bilan uriladi, vint va shurup buraladi; shurup konus shaklida, vint va mix yumaloqdir).

  15. Futbol, uzunlikka va balandlikka sakrash, tennis, suzish nima? (To‗g‗ri javob – bular sport turlari, jismoniy mashqlar turi).

  16. Transportning qanday turlarini bilasiz?

(transport vositasining kamida ikki turini aytishi kerak).

  1. Yoshlar katta odamdan qanday farqlanadi? (Javobda keksalar bilan yoshlar o‗rtasidagi kamida ikkita farq sanaladi).

  2. Nima uchun odamlar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanadi? (Quyidagi javoblar to‗g‗ri deb topilishi mumkin – o‗zining salomatligini saqlab turish, kuchli bo‗lish, qaddi-qomati kelishgan bo‗lishi, chiroyli bo‗lish, sportda muvaffaqiyat qozonish va musobaqalarda Yutish uchun).

  3. Nima uchun ishlamaslik yomon deyiladi? (To‗g‗ri javob variantlari – chunki hamma odamlar ishlashlari kerak, negaki, yaxshi yashab bo‗lmaydi; chunki bu odam o‗rniga boshqalar ishlashi kerak bo‗ladi; ishlamasa, kerakli narsalarni sotib ololmaydi; oziq-ovqat, turar joy va boshqalar)

  4. Nima uchun konvertga marka yopishtiriladi?

(To‗g‗ri javob – pochta orqali jo‗natilayotgan xabarlar uchun to‗lanadigan haq) Natijalarni qayta ishlash
Har bir to‗g‗ri javob uchun 0,5 ball beriladi, bolaning to‗plashi mumkin bo‗lgan Yuqori ballar 10 ga teng bo‗ladi.
Izoh. Bolaning mustaqil fikr yuritib, savolning mohiyatiga mos keladigan javobi ko‗rsatilgan javobda bo‗lmasa ham to‗g‗ri hisoblanadi.
Yuqoridagi metodika maktabga kirayotgan bolaning so‗z-mantiqiy fikr Yuritish qobiliyatini psixologik tashxis qilish uchun qo‗llaniladi. Bu metodika Yuqorida aytilgan aqliy, xulosa chiqara olish qobiliyatidan tashqari bolaning aqliy fikrlay olish faoliyati to‗g‗risida ham ozmi-ko‗pmi xulosa qilish imkonini beradi.
Tekshiruvchida bola javobining to‗g‗riligiga ishonch noto‗g‗ri deb xulosa chiqarish uchun asos bo‗lmasa, u holda bunday javobga 0,5 ball beriladi.
Bolaning javobini to‗g‗ri noto‗g‗ri deb baholashdan avval bola savolni to‗g‗ri tushunganligiga ishonch hosil qilmoq kerak. Masalan: hamma bolalar ham shlagbaum nimaligini bilavermaydi va bu savolning ma'nosini anglab eta olmaydilar.
Ba'zan «ishlamoq» so‗zi ham qo‗shimcha tushuntirish talab qiladi, chunki maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hammasi ham buni bila olmaydilar.
Rivojlanish darajasi haqida xulosa:
10 ball – juda yuqori 8-9 ball – yuqori
4-7 ball – o‗rtacha 2-3 ball – quyi
0-1 ball – juda past

Download 6,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish