O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Ikki bo‘g‘inli fe’llarning ‘AVAV’ reduplikativ modeli



Download 221 Kb.
bet43/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
#50623
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
Bog'liq
xitoy tilida fellarning grammatik xususiyatlari

Ikki bo‘g‘inli fe’llarning ‘AVAV’ reduplikativ modeli

Ikki bo‘g‘inli fe’l takrorlanib kelganda, uning har bir komponenti takrorlanishi kerak, ya’ni AVAV ko‘rinishda (A, B – fe’lning ikkita bo‘g‘ini bo‘ladi). Bunda birinchi bo‘g‘in o‘z ohangiga ega va unga urg‘u berib o‘qiladi, uchinchi bo‘g‘in ham o‘z ohangiga ega bo‘ladi, ikkinchi va to‘rtinchi bo‘g‘inlar engil ohangda o‘qiladi138. Masalan, 讨论 taolun “muhokama”, “muhokama qilmoq” so‘zi – 讨论讨论 táolun táolun “muhokama qilib ko‘rmoq”, 研究 yánjiū “tekshiruv”, “tekshirmoq” - 研究研究 yánjiu yánjiu “tekshirib ko‘rmoq”.

Reduplikativ fe’l xatti-harakatning qaytarilganlik darajasini, intensivligini bildiradi.

Xitoy tilida bir bo‘g‘inli fe’llarning deyarli barchasi takrorlana oladi. Lekin ikki bo‘g‘inli fe’llarning katta qismi bu xususiyatga ega emas. Fikrimizning dalili sifatida quyidagi misollarni keltiramiz:

bo (播播 bobo) “olib eshittirmoq” (fe’l) - 播送 bosong (播送播送 bosong bosong ×139) “olib eshittirmoq”, “translyasiya qilmoq”; “translyasiya” (ham fe’l, ham ot),

cu (促促 cucu) “qo‘llamoq” (fe’l) - 促使 cushi (促使促使 cushi cushi ×) “qo‘llamoq”, “qo‘llab-quvvatlamoq”; “yordam” (ham fe’l, ham ot),

da (答答 dada) “javob bermoq” (fe’l) - 答应 daying (答应答应 daying daying ×) “javob bermoq”, “tasdiqlamoq”; “tasdiq” (ham fe’l, ham ot),

dai (代代 daidai) “rahbarlik qilmoq” (fe’l) - 代理 daili (代理代理 daili daili ×) “rahbarlik qilmoq”, “boshqarmoq”; “rahbarlik” (ham fe’l, ham ot),

deng (等等 dengdeng) “kutmoq” (fe’l) – 等待 dengdai (等待等待 dengdai dengdai ×) “kutmoq”; “kutish” (ham fe’l, ham ot),

dou (斗斗 doudou) “kurashmoq” (fe’l) – 斗争 douzheng (斗争斗争 douzheng douzheng ×) “kurashmoq”, “jang qilmoq”; “jang”, “urush” (ham fe’l, ham ot),

fang (防防 fangfang) “oldini olmoq” (fe’l) – 防止 fangchi (防止防止 fangchi fangchi×) (biron-bir hodisa, voqea ro‘y berishining) “oldini olmoq”, “to‘xtatmoq”; “to‘xtatish” (ham fe’l, ham ot),

kai (开开 kaikai) “ochmoq” (fe’l) – 开办kaiban (开办开办 kaiban kaiban ×) “ochmoq”, “asos yaratmoq”; “asos” (ham fe’l, ham ot),

kao (考考 kaokao) “imtihon olmoq”, “imtihon topshirmoq” (fe’l) – 考试 kaoshi (考试考试 kaoshi kaoshi×) “imtihon topshirmoq”; “imtihon” (ham fe’l, ham ot),

pai (排排 paipai) “ro‘yxatga turmoq” (fe’l) – 排列 pailie (排列排列 pailie pailie ×) “ro‘yxatga turmoq”, “ro‘yxatga olmoq”; “ro‘yxat” (ham fe’l, ham ot),

sai (塞塞 saisai) “musobaqalashmoq”, “kurashmoq” (fe’l) – 竞赛 jingsai (竞赛竞赛 jingsai jingsai ×) “musobaqalashmoq”, “kurashmoq”; “musobaqa”, “kurash” (ham fe’l, ham ot),

suan (算算 suansuan) “rejalashtirmoq” (fe’l) – 打算 dasuan (打算打算dasuan dasuan ×) “rejalashtirmoq”; “reja” (ham fe’l, ham ot),

xuan (选选 xuanxuan) “tanlamoq” – 选举 xuanjiu (选举选举 xuanjiu xuanjiu ×) “tanlamoq”; “tanlov” (ham fe’l, ham ot),

zhu (住住 zhuzhu) “yashamoq” (fe’l) – 居住 juzhu (居住居住 juzhu juzhu ×) “yashamoq” (ham fe’l, ham ot),

zou (走走 zouzou) “yurmoq” (fe’l) – 行走 xingzou (行走行走 xingzou xingzou ×) “yurmoq”; “qadam” (ham fe’l, ham ot).

E’tibor berilsa, ko‘rsatilgan sinonim so‘zlardan ikki bo‘g‘inli fe’llarning katta qismi ham fe’l, ham ot so‘z turkumiga oid.



Xitoy tilida takrorlana olmaydigan fe’llar nisbatan kamroq. Masalan, takrorlana olmaydigan fe’llarga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:

jiao “chaqirmoq”, 有 you “bor”, “mavjud bo‘lmoq”, 爱 ai “sevmoq”, 恨 hen “nafratlanmoq”, 怪 guai “ayblamoq”, 病bing “kasal bo‘lmoq”, 死 si “vafot etmoq”, 活 huo “yashamoq”, 到 dao “etib bormoq”, 跨 gua “tarqatmoq”, 垮 kua “maqtanmoq”, 离 li “uzoqlashmoq”, 丢 diu “yo‘qotmoq”, 完 wan “tugatmoq”, 派 pai “jo‘natmoq”, 让 rang “iltimos qilmoq”, “so‘ramoq”, 令 ling “buyurmoq”, 取 qu “etishmoq”, 给 gei “bermoq”, 缺 que “xato qilmoq”, 赢 ying “yutmoq”, 敢 gan “shijoatli bo‘lmoq”, 受 shou “qo‘lga kiritmoq”, 起 qi “boshlamoq”, 怕 pa “qo‘rqmoq”, 承包 chengbao “saqlamoq”, 包换 baohuan “almashtirmoq”, 包锁 baosuo «qulflamoq», 包修 baoxiu “saqlamoq”, 保卫 baowei “himoyalamoq”, 保证 baozheng “va’da bermoq”, 超出 chaochu “oshirib yubormoq”, 发出 fachu “chiqarmoq”, 支出 zhichu “qo‘llab-quvvatlamoq”, 出版 chuban “nashrdan chiqarmoq”, 出产chuchan “ishlab chiqarmoq”, 出动 chudong “harakatga keltirmoq”, 出发 chufa “yo‘lga otlanmoq”,出口 chukou “eksportga chiqarmoq”, 出气 chuqi “jahl qilmoq”, 出入 churu “kirmoq”, 出生 chusheng “vujudga kelmoq”, 出事 chushi “ro‘y bermoq”, 觉得 juede “his qilmoq”, “o‘ylamoq”, 取得 qude “qo‘lga kiritmoq”,规定 guiding “o‘rnatmoq”,决定 jueding “qaror qabul “qilmoq”, 评定 pingding “kelishmoq”, 指定 zhiding “ko‘rsatmoq”, 综合 zonghe “umumlashtirmoq”, 集合 jihe “yig‘ilmoq”, 符合 guhe “mos kelmoq, 组合zuhe “yig‘moq”, 合成hecheng “birlashtirmoq”, 合作 hezuo “hamkorlik qilmoq”, 淡化 danhua “susaytirmoq”, 深化 shenhua “chuqurlashtirmoq”,改建 gaijian “o‘zgartirmoq”, 修建 xiujian “tuzatmoq”, 建设 jianshe “o‘rnatmoq”, 建议 jianyi “fikr bildirmoq”, 建造 jianzao “qurmoq”, 除开 chukai “olib tashlamoq”, 公开 gongkai “ommaga ma’lum qilmoq”, 离开 likai “tashlab ketmoq”, 开办 kaiban “ochmoq”, 开始 kaishi “boshlamoq”, 出现 chuxian “vujudga kelmoq”, 行动 xingdong “harakatlanmoq”, 游行 luxing “sayohat qilmoq”, 发现 faxian “payqamoq”, 实现 shixian “vujudga kelmoq”, 体现 tixian “eslatmoq”, 加以 jiayi “qo‘shib bermoq”, 住口 zhukou “og‘izni yummoq (gapirmaslik)”, 住手 zhushou “kelishmoq”, 爱好 aihao “yaxshi ko‘rmoq”, 毕业 biye “bitirmoq”, 避免 huibi “qochmoq”, 产生 chanshen “vujudga kelmoq”, 成立 chengli “o‘rnatmoq”, 成熟 chengshu “pishmoq”, “etilmoq”, 承认 chenren “tan bermoq”,创作 chuanzuo “yaratmoq”,反对 fandui “qarshi chiqmoq”, 反映fanying “aks ettirmoq”,负担 fudan “qiyinchilikka duchor bo‘lmoq”, 感觉 ganjue “his qilmoq”, 感动 gandong “ta’sirlanmoq”, 感冒 ganmao “shamollab qolmoq”, 会见 huijian “uchrashtirmoq”, 生产chuchan “mahsulot ishlab chiqarmoq”, 失去 shiqu “yo‘qotmoq”, 同志tongzhi “eslatmoq”, 吸收 xishou “ta’sirga duchor bo‘lmoq”, 希望 xiwang “umid qilmoq”, 向往 xiangwang “oldinga intilmoq”, 影响 yinxiang “ta’sir etmoq”, 赞成 zancheng “rozi bo‘lmoq”, 主张 zhuzhang “so‘zida turib olmoq” va boshqalar. Bular CHeng CHien Ruanning fikricha, “reduplikativ shaklda qo‘llanila olmaydigan istisno fe’llar hisoblanadi”140.


Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish