O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Reduplikativ fe’llarning ma’nosi va qo‘llanilish xususiyatlari



Download 221 Kb.
bet44/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
#50623
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
xitoy tilida fellarning grammatik xususiyatlari

Reduplikativ fe’llarning ma’nosi va qo‘llanilish xususiyatlari

Reduplikativ fe’l miqdor ma’no-mohiyatini bildiradi, ya’ni ish-harakat vaqti qisqa yoki harakat qisqa muddatliligini ifodalaydi. Lekin yanada sinchiklab kuzatilsa, bunday fe’llarning ma’no-mohiyati juda murakkab ko‘rinishlarga ega ekanligi ayon bo‘ladi: ularning ayrimlari harakat jarayonini tavsiflaydi, ayrimlari modal ma’nolarni ifodalaydi va hokazo. Quyida ba’zi jihatlarni ko‘rib chiqamiz:

1) qisqa muddat ichida sodir bo‘ladigan harakatni bildiradi; bunda takrorlanib keladigan fe’l orasiga, odatda,了le qo‘shimchasi qo‘yiladi 141:

小宁伸了伸舌头,不觉 摸了一下脑袋,有嘻嘻笑了起来



Xiao Ning shen le shen shetou, bu jue mo le yixia naodai, you xixi xiao le qi lai

“Siyao Ning tilini chiqarib, beixtiyor qo‘lini boshiga tegizib yana kulib yubordi”;

欧艳海看了看停在旁边的火车,又看了看从火车下来的人, 微笑了一下,就关上眼睛142

Ou Yanhai kan le kan ting zai pangbian de huoche, you kan le cong huoche shang xi lai de ren, wei xiao le yixia, jiu guan shang yanjing

“Ou YAnxay yonida to‘xtagan poezdga chiqib-tushayotgan odamlarni kuzatib, sal kulimsiradi va ko‘zlarini yumib oldi”;

2) hali sodir bo‘lmagan yoki tugallanmagan harakatni ifodalaydi143. Bunda ikki xil usuldan foydalanish mumkin:

a) ma’no jihatidan urinib ko‘rish harakatini bildiradi; reduplikativ fe’ldan keyin intilish, urinib ko‘rish ma’nosini ko‘rsatuvchi 看 kan yordamchi so‘zi qo‘llanilishi mumkin:

这个收音机我修不好,你来修修(看)144

Zhe ge shoyinji wo xiu bu hao, ni lai xiuxiu (kan)

“Bu priyomnikni men tuzata olmadim, sen tuzatib ko‘r-chi (qarab ko‘r-chi)”;

你去找小吴想想办法(看)145



Ni qu zhao Xiaowu xiang xiang banfa (kan)

“Sen Siyao Uni topib, biron-bir ilojini o‘ylab ko‘r”;

这个道题他算不上来,我算算(看)146

Zhe ge daoti ta suan bu shang lai, wo suan suan (kan)

“Bu masalani u echa olmadi, men echib ko‘ray-chi (qarab ko‘ray-chi)”;

叫他生生孩子(看),她就知道做母亲的辛苦了147

Jiao ta sheng sheng haizi (kan), ta jiu zhidao zuo muqin de xinku le

“U avval bola tug‘ib ko‘rsin, shundagina ona bo‘lish g‘am-tashvishlarini bilib oladi”;

b) ma’no jihatidan intilish, urinish harakatini bildirmaydi; bunda fe’l, odatda, harakat davom etishi mumkinligini ko‘rsatadi:

你看看,这样写对不对?148



Ni kan kan, zhe yang xie dui bu dui?

“Sen qarab ko‘r-chi, shundoq yozsa to‘g‘ri bo‘larmikan?”;

我的笔不见了,你帮我找找149

Wo de bi bu jian le, ni bang wo zhao zhao

“Mening ruchkam ko‘rinmayapti, uni topishga menga yordam berib yuboring”;

请主席休息休息

Qing zhuxi xiuxi xiuxi

“Marhamat, rais, damingizni olavering”;

没有办法,只好暂时挤一挤150

Mei you banfa, zhihao zanshi ji yi ji

“Boshqa iloji yo‘q, faqat vaqtinchalik siqilib turishga to‘g‘ri keladi”.

Bunda fe’lning asosiy vazifasi yumshatish ohangini berishdan iborat. Yuqorida keltirilgan misollarda agar fe’llar takrorlanmasa, qo‘pol ohang vujudga kelishi, shuningdek, buyruq ma’nosi anglashilishi mumkin;

3) agar reduplikativ fe’ldan keyin 快kuai “tez” ma’nosida keladigan 就 jiu “darrov” qo‘yilsa, bunda harakatning qisqa ekanligi tushuniladi:

你别怕,我看看就给你,不要你的151

Ni bie pa, wo kankan jiu gei ni, bu yao ni de

“Cen qo‘rqma, men qarab ko‘raman va senga qaytarib beraman, menga sening narsang kerak emas”;

你等我一下,我去去就回来152

Ni deng wo yixia, wo ququ jiu hui lai

“Meni bir oz kutib turgin, men shundoq boraman va tez qaytib kelaman”;

4) murakkab gaplarda taxmin mavjud bo‘lsa, bu holda, odatda, sodda fe’lni qo‘llab bo‘lmaydi. Bunda fe’l albatta takrorlanib kelishi kerak; fe’ldan keyin 一下 yixia qo‘llanilishi mumkin:

补一补(一下)还可以戴几年153



Bu yi bu (yixia) hai keyi dai ji nian

“Yamoq solgandan so‘ng yana bir necha yil kiyish mumkin”;

想一想(一下)这件事关系多么重大啊!154

Xiang yi xiang (yixia) zhe jian shi guanxi duome zhongda a

“O‘ylab ko‘ring-a, bu ishning ahamiyati qanchalik katta!”;

这支钢笔修修(一下)还能用155

Zhe zhi gangbi xiuxiu (yixia) hai keyi yong

“Bu ruchkani tuzatib, hali ishlatsa bo‘ladi”.

Taqqoslanish mavjud bo‘lsa, fe’l takror holda qo‘llanmasligi ham mumkin:

这双鞋,补还能穿,不补就穿不了156



Zhe shuang xie, bu hai neng chuan, bu bu jiu chuan bu liao

“Bu bir juft tuflini tuzatib kiysa bo‘ladi, tuzatmasdan kiyishning iloji yo‘q”;

5) harakatning davomiyligini ko‘rsatmaydigan fe’l agar urinish, qilib ko‘rish ma’nosida ishlatilmasa, odatda, takror qo‘llanilmaydi:

他把球递递给我 Ta ba qiu didi gei wo (fe’l reduplikativ shaklida qo‘llanilishi mumkin emas).

To‘g‘ri variant quyidagicha bo‘ladi:

他把球递给我


Ta ba qiu di gei wo

“U to‘pni menga uzatdi”.

你等一会儿,我寄寄这封信就回来 Ni deng yihuir, wo jiji zhe feng xin jiu hui lai (fe’l reduplikativ shaklda qo‘llanilishi mumkin emas).

To‘g‘ri variant quyidagicha bo‘ladi:

你等一会儿,我寄这封信就回来

Ni deng yihuir, wo jizhe feng xin jiu hui lai

“Sen bir oz kutib turgin, men bu xatni yuborib tez qaytib kelaman”;

6) reduplikativ fe’l bildiradigan harakat agar doimiy yoki aniq vaqti belgilanmagan bo‘lsa, odatda, miqdorni ifodalamaydi, balki ko‘pincha ‘engil’, ‘oson’, ‘qulay’, ‘o‘z holicha’ ma’nosiga ega bo‘ladi; ko‘p hollarda ketma-ket keladigan gaplarda qo‘llaniladi:

他退了休以后,平常看看书,下下棋,跟老朋友们聊聊天,倒也不寂寞157

Ta tiu le xiu yihou, pingchang kankan shu, xiaxia qi, gen laopengyoumen liaoliao tian, dao ye bu jimo

“U pensiyaga chiqqach, odatda, kitob o‘qiydi, shaxmat o‘ynaydi, do‘stlar bilan suhbatlashadi, hech ham zerikmaydi”;

会议已经开完了,这几天他看看电影,买卖动西,收拾收拾行李,就等着回家了158

Huiyi yijing kaiwan le, zhe ji tian ta kankan dianying, maimai dongxi, shoushi shoushi xingli, jiu deng zhe hui jia le

“Majlis tugab bo‘ldi, u bir necha kundan beri kino ko‘radi, narsalar xarid qiladi, sumkasini tartibga soladi, uyga ketish kunini kutadi”;

打打球,跑跑步,就不会失眼了159

Dadaqiu, paopaobu, jiu bu hui shiyan le

“To‘p o‘ynasang, sayr etsang, uyqusizlikka duchor bo‘lmaysan”.

Yuqoridagi ikkita gapda reduplikativ fe’llar qisqa vaqtni, oz miqdorni ifodalamaydi, shuning uchun ular oldidan uzoq vaqtni, uzoq muddatni ifodalovchi so‘zlar qo‘llanishi mumkin:

你要好好回记回记那天的情况



Ni yao haohao huiji huiji na tian de qingkuang

“Sen o‘sha kungi voqeani yaxshilab esla”;

为了全面了解情况,他要多多听听,多多看看,深入调查调 查160

Wei le quanmian liaojie qingkuang, ta yao duoduo tingting, duoduo kankan, shenru diaocha diaocha

“U bu vaziyatni butunlay tushunib olishi uchun ko‘proq eshitishi, kuzatishi va chuqur izlanishi zarur”;

经常打打球,游游泳,对身体有好处161

Jingchang dadaqiu, youyouyong, dui shenti you haochu

“Doimiy ravishda to‘p o‘ynash va suzish sog‘liq uchun foydalidir”.



Reduplikativ fe’lning qo‘llanilish xususiyatlaridan yana quyidagilarga ham alohida e’tibor berish zarur:

1) hozirgi paytda sodir bo‘layotgan harakatni ifodalovchi fe’l takror qo‘llanila olmaydi, masalan, quyidagicha aytib bo‘lmaydi:

我正在看看书 Wo zhengzai kankan shu “Men hozir kitob o‘qiyapman” yoki 他们听一听音乐了Tamen tingyiting yinyule ne “Ular musiqa tinglashyapti”.

Fe’ldan keyin 过 guò, 着 zhe qo‘llanilganda ham fe’l takror qo‘llanilmaydi162;

2) reduplikativ fe’l bildiradigan harakat yoki harakat vaqti, tezligi (chastotasi) xatti-harakat ifodasi bilan aloqador; agar harakat yoki harakat vaqti, tezligi (chastotasi) xatti-harakat yo‘nalishi (ifodasi) bilan aloqador bo‘lmasa, qisqa vaqt yoki oz muddat ko‘rsatilishi lozim bo‘lsa, fe’lning takror qo‘llanilishi mumkin emas, bu holda faqat fe’lning qo‘shimcha elementi (birikma)dan foydalanish mumkin:

ˇ 刚才他睡了一会儿 刚才他睡了睡×

Gangcai ta shuile yihuir – Gangcai ta shui le shui

“U hozirgina mizg‘ib (bir oz uxlab) oldi”;

ˇ 她哭了一会儿。 她哭了哭 ×

Ta ku le yihuir – Ta ku le ku

“U bir oz yig‘lab oldi”;



ˇ 他病了一阵 他病了病×

Ta bing le yi zhen – Ta bing le bing

“U bir oz kasal bo‘lib qoldi”.

Lekin quyidagilarda fe’lning reduplikativ shakli qo‘llanila oladi:

这几天你睡得太少了,去睡睡吧



Zheji tian ni shui de tai shao le, qu shuishui ba

“Bir necha kundan beri sen juda kam uxlading, bir oz uxlab olgin”;

你太难过了,哭哭心里会明快些163

Ni tai nanguo le, kuku xin li hui mingkuai xie

“Sen juda qiynalib ketding, yig‘lab ol, bir oz engil tortasan”.




Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish