O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Xitoy olimlari tomonidan fe’llarning o



Download 221 Kb.
bet11/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
#50623
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
Bog'liq
xitoy tilida fellarning grammatik xususiyatlari

Xitoy olimlari tomonidan fe’llarning oʻrganilganlik darajasi

Koʻpchilik xitoy va rus tilshunoslari oʻz ishlarida xitoy tilidagi harakat yoʻnalishi fe’llari masalasini ko’rib chiqishgan bo’lib, bular: Li Tszinsi, Lyuy Shusyan, Van Li, Chjan Chjigun, Yan Botszyun, din shenshu, Chjao Yuanjen, Lyuy Shusyan, Chju Desi, Xu yuyshu, Fan Syao, Sin Fui, Lyu Yuexua, T.P. Zadoenko, Xuan Shuin, Tan Aoshuan, V.I. Gorelov va bosqalar.

Tan Aoshuan “Yashirin grammatika masalalari” nomli ishida,18 yo’naltiruvchi morfemalar fe’lli yoki lokativ kelib chiqishga ega va ular fe’l sifatida qo’llanishi mumkin. Bu birliklar asosiy fe’lga (fe’lli asosga) harakat yo’nalishi haqidagi qo’shimcha leksik ma’no beradi. Makon kordinatlari sifatidagi o’zining xususiyatlariga hos ravishda yo’nalish morfemalari o’rin-joyning o’zgarishi ma’nosini ifodalovchi birliklarning nisbatan yopiq tizimini yaratadi. O’rganib chiqilgan qo’llanma shuni ko’rsatadiki, xitoy tilidagi harakat yo’nalishini ifodalovchi fe’llar to’liq o’rganilmagan, ushbu fe’llar guruhi tarkibining soni borasida baxsli masalalar mavjud.

Xitoy tilidagi ushbu guruhning miqdoriy tarkibi haqidagi masala hali butunlay hal qilinmagan, zamonaviy adabiyotda bu masalga turli yondoshuvlar mavjud.

T.P.Zadoenko va Xuan Shuin “xitoy tilida harakat gʻoyasini va ushbu harakatning yo’nalishini ifodalaydigan fe’llar mavjud” deb yozishgan. Mualliflar bunday fe’llarni ikkita guruhga ajratishadi, birichisiga o’rin-joyga yo’nalgan harakatni ifodalovchi yettita fe’lni kiritishadi, bular: - 进jin (kirmoq), 出chu (chiqmoq), 下xia (tushmoq), 上 shang (ko’tarilmoq), 回 hui (qaytmoq), 过 guo (-dan o’tmoq), 起 qi (ko’tarilmoq, sathdan ajralib).

Ikkinchi guruhga mualliflar “gapiruvchiga nisbatan yo’nalgan harakatni ifodalovchi” ikkita - 来(kelmoq), 去(ketmoq) fe’llarini kiritishadi.

“Zamonaviy xitoy tili grammatikasi bo’yicha leksiyalar” (1925-1953) mualliflari Din Senshu va boshqalar fe’llar orasida “yo’nalisni ifodalovchi” fe’llar guruhini ajratib ko’rsatib, unga来(kelmoq), 去(ketmoq), 上 (ko’tarilmoq), 下(tushmoq), 进(kirmoq), 出(chiqmoq), 回(qaytmoq), 过 (-dan o’tmoq), 起(ko’tarilmoq, sathdan ajralgan holda), 上来(deyktik markaz yo’nalishida ko’tarilmoq), 进去(deyktik markaz tomonidan bo’lgan yo’nalishda kirmoq).

Ma Shaoin “Zamonaviy xitoy tilidagi harakat yo’nalishi fe’llari semantikasining o’rganilishi” (“现代汉语趋向动词语义研究”)nomli magistrlik ishida fe’llarni harakat yo’nalishi fe’llari guruhiga kiritishning asosiy mezonlarini aniqlashda fe’lning nafaqat semantikasini, balki grammatik xususiyatlarini ham hisobga olish kerakligini ta’kidlab o’tgan.

Muallif asosiy grammatik mezonlar sifatida birinchidan harakat yo’nalishi fe’llarining yo’nalish ma’nosiga ega bo’lgan qo’shimcha a’zo sifatida asosiy fe’ldan keyingi o’rnini, ikkinchidan来 (kelmoq), 去 (ketmoq) asosiy harakat fe’llari bilan birikib, murakkab harakat yo’nalishi fe’llarini yasash imkoniyatini ko’rsatadi. Shunday qilib, Ma Shaoin harakat yo’nalishi fe’llari guruhiga quyidagi fe’llarni kiritadi: 进 (kirmoq), 出(chiqmoq), 下(tushmoq), 上(ko’tarilmoq), 回 (qaytmoq), 过(-dan, orqali o’tmoq), 起(sathdan uzilib, yuqoriga ko’tarilmoq), 来 (kelmoq), 去(ketmoq), 开(ajralmoq).

Sin Sing Xi, Ma Shaoin fe’lning faqatgina semantikasiga tayanib uni harakat yo’nalishi fe’llari guruhiga kiritmasdan, uning grammatik hususiyatlarini ham hisobga olish kerakligini ta’kidlaydi. Keyinchalik muallif asosli ravishda, aniq misollar yordamida fe’llarni harakat yo’nalishi fe’llari guruhiga kiritishning beshta mezonlarini sanab o’tadi:



  1. Harakat yo’nalishi ma’nosiga ega fe’l to’liq ma’noli fe’ldan keyin qo’shimcha a’zo vazifasida qo’llanila olishi.

  2. Fe’lning harakat yo’nalishining murakkab fe’llarini yasashda qatnasha olishi.

  3. Fe’lning o’rin holini birlashtira olishi.

  4. Ikkita fe’l birikmasining o’rin-joy to’ldiruvchisini qabul qila olishi va uning o’rni ikkita fe’l o’rtasida bo’lishi.

  5. Ikkita fe’l birikmasi sodda to’ldiruvchini qabul qilishi va bunda to’ldiruvchining o’rni ikkita fe’lning o’rtasida bo’lishi.

Birinchi ikkita mezon harakat yo’nalishi fe’llarini aniqlashda eng muhimlari hisoblanib, boshqalari ikkinchi darajalidir. Sin Sing Xining kuzatishlariga ko’ra, quyidagi xitoy tilidagi harakat yo’nalishi fe’llari ushbu ikkita mezonga mos keladi: 来(kelmoq), 去(ketmoq), 上(ko’tarilmoq), 下(tushmoq), 进(kirmoq), 出(chiqmoq), 回(qaytmoq), 过 (dan o’tmoq), 起(ko’tarilmoq, yuzadan ko’tarilmoq) и 开(ajralmoq). Shulardan harakat yo’nalishi fe’llarini ajratishning barcha beshta mezoniga quyidagi yettita fe’l mos keladi: 来 (kelmoq), 去 (ketmoq), 上 (ko’tarilmoq), 下 (tushmoq), 进(kirmoq), 出 (chiqmoq), 回 (qaytmoq), 过 (dan, orqali o’tish).

Sin Sing Tszi ularni 典型趋向动词 (odatiy) harakat yo’nalishi fe’llari deb ataydi. Faqat ikkita mezonga ikkita fe’l to’g’ri keladi: 起 (ko’tarilmoq, yuzaden ajralib ko’tarilmoq) va 开 (ajralmoq), muallif ularni 准趋向动词 (harakat yo’nalishining mumkin bo’lgan fe’llari) deb ataydi.

Xitoyshunoslarning fikricha harakat yo’nalishi fe’llari maydonining semantik hajmi uchta guruhda berilgan. Birinchi guruhga来 (kelmoq) va 去 (ketmoq), ikkinchisiga, qolgan boshqa fe’llar (上 (ko’tarilmoq), 下 (tushmoq), 进 (kirmoq), 出 (chiqmoq), 回 (qaytmoq), 过 (dan o’tmoq), 起 (ko’tarilmoq, yuzadan ajralib) va 开 (ajralish)) fe’llari kiradi va uchinchi guruh birinchi va ikkinchi guruh fe’llarining birikuvi orqali hosil bo’ladi: masalan, 上 (ko’tarilmoq) + 来 (kelmoq) = 上来 (bu yoqqa ko’tarilmoq), 下 (tushmoq) + 来 (kelmoq) = 下来 (bu yoqqa tushmoq). Bunday usulda hosil bo’lgan fe’llar harakat yo’nalishining murakkab fe’llari deb ataladi.

Bizning o’rganishlarimizga ko’ra, xitoyshunoslarning hammasi xitoy tilidagi来 (kelmoq), (ketmoq) harakat yo’nalishi fe’llarini guruhga kirg’izib, ularni alohida kichik guruhda ajratib ko’rsatishadi va harakat yo’nalishining sodda, asosiy fe’llari deb atashadi, negaki, xitoy tilida ular yordamida harakat yo’nalishining murakkab fe’llari hosil qilinadi.

Ko’pchilik tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, asosiy 来 (kelmoq) va 去 (ketmoq) harakat yo’nalishi fe’llari semantikasining o’ziga hosligi sodir bo’layotgan harakatga nisbatan gapiruvchining o’rnini ko’rsatishdir. Agarda joy bo’ylab ko’chish gapiruvchi tomoniga yo’nalgan bo’lsa来 (kelmoq), agar gapiruvchi tomonidan boshqa tomonga yo’nalgan bo’lsa, 去 (ketmoq) fe’li ishlatiladi.

Xitoy tilidagi harakat fe’llari haqida aytib o’tilgan ilmiy ishlardan T.P.Zadoenko19 , Xuan Shuinning “Xitoy tili darsligi” kitobini, shuningdek xitoy mualliflari Din Shenshu, Lyu Shusyan, Li Jun, Sun Desyuan va boshqalarning «Zamonaviy xitoy tili grammatikasi haqida leksiyalar» nomi birgalikdagi ishlarini ko’rsatish mumkin.

Shunday qilib, xitoy tilshunoslari harakat fe’llarini tanlashning asosiy sharti deb leksik sema – harakat yo’nalishini hisoblashadi

Chjan Famin «趋向动词»来»«去»新义» (“«来» va «去» harakat yo’nalishi fe’llari masalasidagi yangilik”) maqolasida来 (kelmoq) va 去 (ketmoq) fe’llari ishlatilganida harakat ularga nisbatan bajarilishi mumkin bo’lgan ikkita orientatsiyani ajratib ko’rsatadi:



  1. Orientirning subektiv aniqlanishi bu yo’nalishning gapiruvchi tomonidan aniqlanishidir. “Agarda gapda harakat yo’naltirilishi kerak bo’lgan orientir aniq ko’rsailgan bo’lsa, harakat orientiri qilib gapiruvchining turgan joyi yoki boshqa biron joy olinadi”.

  2. Orientatsiya obyektiv aniqlanganida esa, gapda harakat orientatsiyasi bo’ladigan joy bor bo’ladi. “Gapda joy aniq ko’rsatilganida, bu joy harakat yo’nalishi kerak bo’lgan orientir bo’lib hizmat qiladi”.

Shunday qilib, gapiruvchining turgan joyi har doim ham harakat orientatsiyasi bo’lib hizmat qilmaydi, shunday holatlar borki, gapiruvchiga bog’liq bo’lgan yoki umuman aloqasi bo’lmagan joy bo’lishi ham mumkin. Masalan, agar o’qituvchi o’qivchini ko’chada ko’rib qolsa, shunday deyishi mumkin:

你下午来吧. (Tushdan keyin kel).

Ammo bu gapiruvchining harakat yo’nalishi kerak bo’lgan ayni paytdagi o’rni orientir ekanligini anglatmaydi (bu holatda o’qituvchining ko’chadagi o’rni). Bu gapda harakat orientatsiyasi auditoriya, ya’ni gapiruvchi bilan bog’liq bo’lgan joy hisoblanadi.20

初班来了五个学生 (Boshlang’ich guruhga 5ta talaba keldi) va 他星期五去北京 (Juma kuni u Pekinga ketadi) gaplarida gapirvchining o’rni muhim emas, harakat orientatsiyasi初班 (boshlang’ich guruh) va 北京 (Pekin) so’zlaridir.

他来了。U bu yerga keldi (harakat gapiruvchi tomonga bajariladi – bu yoqqa).

他去了。U ketdi (harakat gapiruvchi tomonidan boshqa tomonga bajarailadi – u yoqqa).

来 (kelmoq) va 去 (ketmoq) fe’llari bajarilayotgan harakatning yo’nalishini ifodalashadi, ammo harakat yo’nalishlari harakatning orientiriga nisbatan har xil bo’ladi. 来 (kelmoq) fe’li har doim harakatning orientiriga tomonga yo’nalgan harakatni ifodalaydi. 去 (ketmoq) fe’li esa, quyidagi ikkita holatlarda qo’llaniladi.

1 holat. (Bu holatda qo’llanilgan去 (ketmoq) fe’lini去1 deb belgilaymiz) harakat otientirga yo’nalgan bo’lib, bunda gapiruvchi kuzatuvchi sifatida namoyon bo’ladi, masalan,

女孩向妈妈跑去。


Qizcha oyisining oldiga yugurib keldi.

Bu gapda gapiruvchi shunchaki sodir bo’lgan harakatni ta’kidlayapdi. O’zi kuzatgan, subyekt tomonidan bajarilgan harakat haqida gapiryapdi. Vaziyatni quyidagi ko’rinishda sxematik ko’rsatib berish mumkin:

G


Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish