Bilimlar bellashuvi ixtisoslashgan 6-sinflar uchun. I variant 1



Download 56 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi56 Kb.
#13359

Aim.uz

Bilimlar bellashuvi ixtisoslashgan 6-sinflar uchun. I variant
1. Quydagi voqealarning qaysi biri nisbatan oldinroq sodir bo’lgan?

A) Tir-Sidon podsholigi tashkil topdi

B) Falastinda Isroil podsholigi tashkil topgan

C) Ossuriya podsholigi qayta yuksala boshlagan

D) Saklar qabila ittifoqiga birlashgan.

2. Manzilgohlarni ularga oid malumot bilan to’g’ri muvofiqlashtiring?

1) Kapova g’ori 2) Maykop qo’rg’oni

3) Teshiktosh g’ori 4) Sopollitepa

a) zebi-ziynatlar yasaladigan ustaxona qoldiqlari topilgan b) dastlabki diniy e’tiqodlar bilan bog’liq dafn marosimi tartiblari mavjudligi aniqlangan

c) g’or devorlaridagi suratlarning eng qadimiylarining biri topilgan

d)temirdan yasalgan zebi-ziynat buyumlari topilgan

A) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a B)1-d, 2-c, 3-b, 4-a

C) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c



3. Yangi davlatga yoki yangi sulola hukmronligiga asos solgan shaxslarni aniqlang?

1)Kudzula kadfiz 2)Kanishka 3) Lyu ban 4) U Di 5) Diodot 6) Demetriy 7)Salavka 8)Antiox 9) Kir II 10) Sin Shi Xuandi 11) Doro I

12) Solon 13) Kambiz II 14) Sargon I

15) Chandragupta 16) Ashoka

A)1,3,5,7,9,10,14,15 B)1,4,5,7,9,10,12,14,16

C)2,4,5,7,9,10,11,13,14,15

D) 1,3,6,7,8,9,10,14,15

4. Kushonlar davriga oid Surxko’tal yodgorligini o’rganish natijasida qanday yozuv namunalari topilgan?

A) oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari B) kushon shaklli yozuvi namunalari C) yunon alifbosidagi kushon yozuvi namunalari D)oromiy yozuvi asosidagi so’g’d va xorazm yozuvi namunalari



5. Quydagi davlatning eng gullab-yashnagan davrlarini tog’ri belgilang?

1) Kushon podsholigi 2) Ossuriya

3) Mauriya davlati 4) Xan imperiyasi

a) miloddan avvalgi XIII asr b) miloddan avvalgi II-I asrlar c) miloddan avvalgi III asr d) milodiy I-II asr

A)1-d,2-a,3-c, 4-b B) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c

C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d



6. Marg’iyona Ahamoniylar davlati tarkibiga qaysi hukmdor davrida kiritilgan?

A) Kir II B) Kambiz C) Doro I D)Kserks



7. Qaysi davlatda sherlar tasviri bilan ibodatxona ustunlari bezatilgan

A Xitoy B Hindiston C Yunoniston D Ossuriya


8. Buyuk ipak yo’li tashkil topgan davrda quyidagi voqealardan aysi biri sodir bo’lgan?

A) Sin imperiyasi hukmronligiga qarshi dehqonlar qo’zg’oloni boshlandi

B) Baqtriya o’lkasiga yuechji qabilalari kirib kelib o’rnashdilar

C) Xorazmda dastlabki mahalliy kumush va mis tangalar zarb qilina boshlandi

D) Misr Rimning provinsiyasiga aylantirildi.

9. Hukmdorlarni bir xil muddat davomida hukmronlik qilganlarini toping?

A) Kanishka va Dimetriy

B) Sin Shi Xuandi va Kir II

C) Demetriy vaSalavka

D) U Di va Doro I

10. Voqealarni xronologik jihatdan to’g’ri tartibda belgilang?

1) Doriy qabilalari Yunonistonning Lakonika viloyatlarini egallab, o’z davlatlariga asos soldilar

2) Qadimgi Bobil podsholigi eng qudratli davlatga aylandi

3)Ossuriya podsholigi o’z ravnaqining cho’qqisiga ko’tarildi

4) Xett podsholigi qayta kuchaya boshladi hamda O’rtayer dengizi bo’ylarin qaytarib oldi va Mitanni podsholigini zabt etdi

5) O’rta Misr podsholigi giksoslar hujumi oqibatida parchalanib ketdi

A) 5,2,4,3,1 B) 5,2,3,4,1 C) 2,5,4,3,1

D) 2,5,4,1,3



11. Sodir etilgan og’ir terrorchilik jinoyatlarini xronologik ketma-ketlikda joylashtiring?

1)Prezident Islom Karimovga nisbatan suyqasd uyushtirilishi 2) Beslan shaharda o’rta maktabdagi jinoyat

3) AQSHda savdo markazining juft osmono’par binosini vayron qilinishi 4) Andijon shahridagi terrorchilik harakatining bosh ko’tarishi

A) 4,3,2,1 B)1,2,3,4 C) 1,3,2,4 D) 1,4,3,2



12. Nuqtalar o’rniga kerakli hududlar nomlarini qo’ying.

“Miloddan avvalgi XIV asrda qayta yuksalgan Xett davlati ...ni urishib qaytarib oldi, ...ni zabt etdi?”

A) Qora dengiz bo’ylari, Bobil shahri C) O’rtayer dengizi bo’ylari, Quddus shahri

B) O’rtayer dengizi bo’ylari, Mitanni podsholigi D) Finikiya hududlari, Tir-sidon podsholigi



13. Tosh (“Litos”) davri qaysi ming yilliklarni qamrab oladi?

A) mil.avv. 3-2 mln – mil.avv. 12 ming yilliklarni C) mil.avv. 3-2 mln – mil.avv. 4-3 ming yilliklarni

B) mil.avv. 3-2 mln – mil.avv. 100 ming yilliklarni D) mil.avv. 1 mln – mil.avv. 100 ming yilliklarni

14. Quyidagi javoblarning qaysi biri Yunon-fors urishlari yakuniga muvofiq kelmaydi?

A) Fors shohi Kichik Osiyodagi barcha yunon polislari mustaqilligini e’tirof etdi.

B) Yunon shaharlari ko’pchiligining birligi va yunonlarning qahramonligi nihoyatda kuchli raqib ustidan g’alaba qozonishga imkon berdi.

C) Fors shohi yunonlarga qarshi harbiy harakat olib bormaslikka va’da berdi.

D)Fors shohi yunonlarga bergan va’dalari bajarilishining kafolati sifatida fors xudolarining haykallarini yononlarga topshirdi.

15. O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’idan Qoraqalpog’iston Respublikasini davlat bayrog’ining farqi?

A) yulduzlar soni beshta, qizil chiziq ko’k rangda, oq rang sariq rangda berilgan.

B) yulduzlar soni beshta, havorang sariq rangda berilgan.

C) Oq rang sariq rangda berilgan, yulduzlar soni beshta.

D) Oq rang sariq rangda berilgan, yulduzlar soni oltita.

16. Quyida berilgan fikrlarni xatosini toping?

A) 1933-yilda Germaniyada nemislarning boshqa xalqlar ustidan hukmronlik qilishni da’vo qiluvchilar hokimyat tepasiga keldi

B) Gitler Sobiq Ittifoqni bosib olishga qaror qildi va 1941-yilning 22-iyulida unga hujum qildi

C)Polsha 17 kunda taslim bo’ldi

D)Gitler Germaniyasi 1940-yilda Fransiyani

tor-mor etdi.



17. Maqbara bu…

A) Pastdan yuqoriga qarab kichrayib boradigan tarzda qurilgan baland inshoot

B) Ular, asosan, masjid va madrasalar yonida qurilgan

C) Din vakillarining azon aytishi va shahardagi me’moriy majmualarga ko’rk, salobat hamda qurdirgan kishining kuch-qudratini namoyish etish uchun qurilgan.

D) Savolda xatolik bor

18. Quydagi shahar nomi ma’nolarini muvofiqlashtiring?

1) saroy, qasr 2) Tangri jamoli 3) yashil shahar

4) qumloqdan iborat joy, qal’a 5) suv obod qilgan manzil 6) tosh shahar 7) baqtriya tilida nargi sohildagi manzil

a) Naxshab b) Buxoro c) Termiz d) Qarshi

e) Toshkent f) Xiva g) Shahrisabz

A) 1-d,2-g,3-b,4-f,5-a,6-e,7-c

B) 1-b,2-d,3-g,4-f,5-a,6-e,7-c

C) 1-d,2-b,3-g,4-f,5-a,6-e,7-c

D) 1-b,2-d,3-g,4-f,5-e,6-a,7-c

19. Quydagi berilgan allomalarning nishonlangan tavallud yillarini muvofiqlashtiring?

1) 910 yilligi 2)1225 yilligi 3)550 yilligi 4)1200 yilligi 5) 1130 yilligi

a) Abu Mansur Moturidiy b)Abu Iso at-Termiziy c) Burhoniddin Marg’inoniy d) alisher Navoiy

e) Imom Al-Buxoriy

A)1-b,2-e,3-d,4-c,5-a B)1-b,2-d,3-c,4-a,5-e

C) 1-c,2-b,3-d,4-e,5-a D)1-c,2-e,3-d,4-b,5-a



20. Berilgan fikrlardan qaysi biri noto’g’ri ekanligini aniqlang?

A)Mezolit davri oxirida Old osiyoda xo’jalikning yangi tarmoqlari – ibtidoiy ziroatchilik, hunarmandchilik va chorvachilik vujuga keldi.

B)Qadimgi misrliklar, hindlar va shumerlarda quyosh kalendarlari ixtiro qilingan bo’lib, shuningdek shumerlarda yil davomiyligi 354 kun qilib belgilangan oy taqvimi ham mavjud bo’lgan.

C) Kushonlar davriga oid Eski Termiz, Ayritom va Dalvarzintepada muhtasham buddaviylik ibodatxonalari bo’lgan. Aynan shu yerda buddaviylik O’rta Osiyo bo’ylab tarqala boshlagan.

D) Mesopotamiyada Ur shahar-davlati yuksalgan mingyillikda Xitoyda qabilalar ittifoqi paydo bo’la boshlagan.

21. BMT ning bolalar huquqi himoyachisi sifatida olib borgan ishlari va O’zbekistonda YUNISEF faoliyatini xronologik ketma-ketlikda joylashtiring?

1)”Bola huquqlari to’g’risida” deb ataluvchi xalqaro Konvensiyani qabul qildi 2) Bolalarga yordam ko’rsatish xalqaro jamg’armasi tuzildi 3) “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi 4) Jamg’arma Chexiya bolalariga yordam ko’rsatdi 5) O’zbekiston Respublikasi YUNISEF ga a’zo bo’lib kirdi 6) YUNISEF xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlandi

A) 2,4,6,5,1,3 B) 2,4,6,1,5,3 C) 4,2,5,1,6,3 D) 4,1,2,6,3,5

22. Buyuk ipak yo’lining yo’nalishini to’g’ri ketma-ketlikda ko’rsating?

A)Sariq dengiz sohili, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Mesopotamiya, Eron, O’rtayer dengizi sohillari

B) Sariq dengiz sohili, O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Eron, Mesopotamiya, O’rtayer dengizi sohillari

C) Sariq dengiz sohili, O’rta Osiyo, Eron, Sharqiy Turkiston, Mesopotamiya, O’rtayer dengizi sohillari

D) Sariq dengiz sohili, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya, O’rtayer dengizi sohillari

23. Qaysi hukumdorlarning muazzam xonalari va yuz ustunli zali bo’lgan saroy qoldiqlari hozirga qadar saqlanib qolgan.

A Doro I va Kambiz B Sardur I va Doro II C Salmanasar va Kserks D Doro I va Kserks



24. Sadokko Sasaki ikki yoshda bo’lgan yildan necha yil o’tib Prezidentimiz Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasida qatnashdi va nutq so’zladi?

A) 47 B) 58 C) 48 D) 57



25. Jadidlarga tegishli bo’lmagan fikrni toping?

A) Yurtimizda ma’rifatparvlik harakati XVIII asr

oxiri – XIX asr boshlarida vujudga keldi va jadidchilik harakati nomi bilan shuhrat qozondi

B) Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi Behbudiy 1875-yilda Samarqandda tug’ildi

C) Abdulla Avloniy “Turon” deb ataluvchi teatr jamoasini tuzdi

D) Munavvarqori Abdurashidxonovga turli uydurmalar to’qib, tuhmat qilishdi va 1931-yilda otib tashlandi



26. Quydagi fikrlardan qaysi biri noto’g’ri ekanligini aniqlang?

A) Solon islohotlaridan keyin Attika aholisi fuqorolar va chet eldan keltirilgan qullarga ajratiladigan bo’ldi

B) Yorug’lik tushushiga qarab o’z rangini oltin rangdan havorang yoki kulranggacha o’zgartirib, tuslanib turgan Parfenon ibodatxonasi Akropol markazida bunyod etilgan edi

C) Drakont qonunlariga ko’ra, qarzdorlar qulikka mahkum qilingan

D) Periklning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasbidan qat’i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutar edi

27. Mesopotamiyada turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo’yicha dasturilamal tuzilgan mingyillikda…

A) Xitoyda qabilalar ittifoqlari paydo bo’la boshlagan

B) Falastinga yahudiy qabilalari kelib o’rnashgan

C) finikiyaliklar Kichik Osiyo sohillari va Kipr orolida kaloniyalarga asos solganlar

D) Attika viloyatining g’arbiy qismida yunonlar

“Akropol” ya’ni “Yuqori shahar” deb atalgan qal’a beradilar



28. Abu Rayhon Beruniy qaysi fanlarni puxta egallab, o’zi ham bu fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan.

1) matematika 2) tibbiyot 3) astronomiya

4) geografiya 5) fiqh 6) tarix 7) adabiyot

8) fizika 9) madanshunoslik 10) til

A) 1,2,4,6,8,9,10 B) 1,3,4,6,8,9,10

C) 2,5,6,7,9,10 D) 1,3,4,7,8,9,10



29. 1814- yilda angliyalik konstruktor

Jorj Stefenson yaratgan birinchi transport vositasi – parovozni nomi?

A)“Blyuxer” B) “Klermont” C) “Raketa”

D) “Russkiy Vityaz” (Rus pahlavoni)



30. Keltirilgan qaysi shaharlar Salavkiylar davlatining yirik shaharlari hisoblangan?

1) Bityan 2) Baqtra 3) Maroqand 4) Naxshab

5) Marv 6) Ko’zaliqir 7) Termiz

A) 2,3,5,7 B) 1,2,4,7 C) 2,3,5,6 D) 3,4,5,6

31.Lidiya podsholigi tangasi qanday nomlangan?

32. “Rus pahlavoni” deb atalgan Samolyot qachon kim tomonidan yaratilgan?

33.“Salomon va Absol ” asarining muallifi kim?

34. Amir Temur necha yoshida otasining butun mulkini o’z mustaqil boshqara boshlagan?

35. Finikiyaliklar qo`shnilariga nimalar sotishgan.

36. Mesopatamiyada zikkuratlar nimadan qurilgan

37. Yozishni o`rganayotgan Misrliklar nimalarga yozishgan?

38. Nega piramidalardagi dahmalar ichi qarg`ish va munojotlar bilan bezatilgan.

39.Samarqandda qancha yirik tarixiy me’moriy yodgorliklar mavjud

40. Xitoy manbalarida Toshkent qanday nom bilan tilga olinadi?





Aim.uz


Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish