2-bob.Oʻzlashtirma gaplar haqida umumiy tushuncha
Ma’lumki, hozirgi oʻzbek adabiy tilinig sintaktik qurilishini oʻrganish tilshunus olimlarning doimo diqqat markazida boʻlib kelgan. Sintaktik tadqiqotlar dastlab gap va uning boʻlaklari, qoʻshma gaplar masalalari boʻyicha olib borilgan edi. Oʻzbek tilida gap va uning mohiyati A.Gʻulomovning ‘‘Sodda gap’’(1958) asarida birinchi marta atroflicha yoritilgan edi. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti ilmiy xodimlari tomonidan ikki jildlik ‘‘Hozirgi oʻzbek adabiy tili’’(1966) va ikki jildli ‘‘Ozbek tili grammatikasi’’ (1976 ) asarlarining yaratilishi oʻzbek tilshunosligining katta yutuqlaridan sanaladi. 20-asrning ikkinchi yarmiga kelib, oʻzbek tilining sintaktik qurilishida, uning boshqa sohalarida boʻlganidek, bir qancha oʻzgarishlar sodir boʻldi. Koʻrinadiki, oʻzbek tilshunosligida tilimizning sintaktik qurilishini tadqiq etish ufqi yildan yil kengayib rivojlanib bormoqda . Shunday boʻlsa-da, tilimizning sintaktik qurilishini oʻrganish sohasida galdagi vazifalar ham behisob. Shular qatorida oʻzga gap turlaridan biri boʻlgan oʻzlashtirma gap shaklining grammatik strukturasini oʻrganish, shu asosda badiy hamda publisistik nutqning sintaktik qurilishini chuqur tadqiq etish vazifasi turadi. Olimlarning aniqlashicha, oʻzga gap ifodasining uch turi boʻlib bular quyidagilar : -oʻzlashtirma gap -oʻziniki boʻlmagan koʻchirma gap -koʻchirma gap ‘‘Hozirgi oʻzbek adabiy tili’’ (sintaksis) oʻquv qoʻllanmasida oʻzga gap shakllarini ikki turga –koʻchirma va oʻzlashtirma gapga ajatib tasnif qilingan .19Turkiy tillarda qoʻllangan oʻzga gap shakllarini funksional –grammatik nuqtai nazardan tadqiq etish X.Qurbatov Y.M.Vinogradov va O.Isroilovlarning nomzodlik ishlaridan boshlangan edi. Masalan, Olimlarning fikricha, turkiy tillarda oʻziniki boʻlmagan koʻchirma shakllari tarkibida fe’lning barcha zamon formalari qoʻllanilishi mumkin. Lekin bu shaklda olmoshlar va 3-shaxs tuslovchi qoʻshimchalarning uchrashi koʻproq kuzatiladi. Olim oʻzining 1953-yilda shu mavzuga oid tatar tilida yozgan maqolasida oziniki boʻlmagan koʻchirma gap shakllarini ‘‘oʻrtak soʻylam’’ atamasi bilan nomlagan shundan kiyin bu atama tatar tilshunosligida keng ommalashgan edi. Y.M. Vinogradov talqiniga koʻra, oʻziniki boʻlmagan koʻchirma gaplar shakllari qoʻllangan bayon tinglovchiga yoki kitobxonga emotsional ta’sir etish xususiyatiga egadir deb keltirib oʻtadi B.Yoʻldoshev “oʻziniki boʻlmagan koʻchirma gaplarning grammatik- uslubiy kategoriyasi sifatida”nomli monografiyasida, O.Isroilov oʻz nomzodlik ishida oʻzga gap shakllarini uch tur (oʻzlashtirma gap, koʻchirma gap, oʻziniki boʻlmagan koʻchirma gap)ga ajratadi, lekin ulardan faqat ikkitasiga keng toʻxtaladi. Muallifning fikricha, oʻzbek tili sintaktik qurilishida oʻziniki boʻlmagan koʻchirma gap shakllarining oʻrni masalasi haqida tadqiqot obyekti boʻlishi lozim. Olim oʻzining ‘‘Hozirgi oʻzbek adabiy tilida oʻzga gap’’ nomli ma’ruzalar matnida ham koʻchirma va oʻzlashtirma gap shakllarini yoritgan edi. Jumladan olimning mulohazalariga koʻra, ‘‘oʻziniki boʻlmagan koʻchirma gaplarning oʻz ichiga qamrab oluvchi gaplarning qismlari bilan birlashib, qoʻshma gapni hosil qilganda, nutqning fe’l qismi ‘‘oʻyladi’’, ‘‘aytdi’’, “esladi’’ singari soʻzlardan yoki ot, fe’l qism ( shovqin koʻtardi, ta’ma qila boshladi, oʻyga soldi, oʻylanib qoldi kabi) lardan iborat boʻlishi mumkun. Koʻpincha avtor nutqida shunday gaplar boʻladiki, ular oʻzga gaplar bilan yagona bir gap tarzida bogʻlanmaydi. Bular bevosita bayon qilinayotgan oʻzga gaplarning, asar qahramonining ichki yoki tashqi nutqi ekanligini aniqlashga xizmat qiladi” . 20 ‘‘Oʻzbek tilining amaliy grammatikasi’’ asarida ham oʻzga gap shakllari ikki tur (oʻzlashtirma va koʻchirma gap)ga ajratiladi .21 Gʻ.Abdurahmonovning ‘‘oʻzbek tili grammatikasi’’ (sintaksis) nomli darsligida ham oʻzga nutqni berish yoʻllari koʻchirma va oʻzlashtirma gapdan iborat, deb koʻrsatiladi . 22 D.Abdullayeva oʻzbek tilidagi oʻzga gapli qurilmalarning semantik – sintaktik valintlik xususiyatlarini tadqiq etishda oʻzlashtirma, koʻchirma kabi turlarga ajratmay. Buning sababini muallif quyidagicha izohlaydi: ‘‘…ma’lumki, badiiy asar bir muallifning ijodiy mahsuli, ya’ni bir soʻz bilan aytganda, muallifning oʻz gapidir. Shuning uchun bu asardagi nutqiy parchalarni ‘‘oʻziniki yoki oʻziniki emas’’larga ajratish juda koʻp hollarda su’niy va qat’iy lisoniy asoslarga ega emas. Zeroki, oʻzlashtirma gap voqealangan nutq parchasiga oʻzlashtirma gap muallif tomonidan maxsus ajratilgan alohoda bir bugʻin, kiritma, xolos. Oʻzga gapli qurilma tadqiqotchilari toʻgʻri ta’kidlaganidek, oʻzga gap xilma xil shakllarda berilishi mumkin… ’’ . Bu ishda oʻzga gapli qurilmaga quyidagicha ta’rif beriladi: ‘‘oʻzga gapli qurilma- bu markazida nutq fe’li va bu fe’lning obyekt valentligini ochuvchi aktavant turgan birikma (qurilma). Shuning uchun oʻzga gapli qurilma boshqa sintaktik qurilmalar singari semantik – sintaktik valentlik va uning nutqiy voqealanishi bilan bogʻliq boʻlgan hodisadir’’. Davrlar oʻtishi bilan oʻzga gapli qurilmalarni matn tarkibida qoʻllashda ayrim oʻzgarishlar yuz beradi. Bu jihatdan A. Ahmedovning oʻzbek adabiiy tili sintaktik strukturasida koʻchirma gapli qurilmalardan foydalanishda yuz bergan struktur- simantik oʻzgarishlar tahliliga bagʻishlangan ishi xarakterlidir. H.Mahmudov va A.Nurmonovlar qayd etishicha oʻzga gapli qurilmalar sintaksisiga oid muhim muommmolarni tadqiq etish ularni shakllantiruvchi elimentlar hamda bunday elimentlarning oʻzga gapli qurilmalar tarkibidagi oʻzaro shakl- mazmuniy jihatdan munosabatini hisobga olishni taqazo etadi . 23
Oʻrni kelganda M. Iminovning ‘‘oʻzbek tili va adabyoti’’ jurnalida e’lon qilingan ‘‘oʻzlashtirma gap bormi?’’ nomli maqolasiga munosabat bildirmoqchiman: maqolada toʻgʻri ta’kidlagandek, tilshunoslikdagi nazariy nuqsonlar leksikada ham , soʻz yasalishi va morfemikada ham mavjud boʻlib , ular oʻzining yangicha idrok etishi va talqinini kutmoqda’’.24 Muallif oʻzbek tilshunosligida ‘‘koʻchirma va oʻzlashtirma gap’’ haqidagi qarashlarni real hayotda obyektiv haqiqatdan yiroq yoki ilmiy – nazariy asoslari yetarli boʻlmagan masalalar qatoriga kiritadi. Shundan kiyin muallif maqola davomida ‘‘Xoʻsh biz koʻchirma gapni oʻzlashtirma gapga aylantiramizmi va qachon?’’ degan savol bilan murojaat qiladi. Bu savolga javob berish uchun ‘‘Menga Salimjon: Bugun men kinoga boraman - dedi’’ gapni tahlil qilishga intildi . Muallifning fikricha, ‘‘koʻchirma gap oʻzlashtirma gapga aylantiriladigan boʻlsa, unda mana bunday xol roʻy beradi: birinchi soʻzlovchining gapi (kinoga boraman)ni tinglovchi muallif gapi sifatida (ikkinchi soʻzlovchi boʻlib) ikkinchi tinglovchi (uchinchi kishiga) koʻchirma gap shaklida yetkazadi. Bu koʻchirma gapni ikkinchi avtor tinglovchiga qaytadan oʻzlashtirma gap shaklida uzatadi. Hayotda, kommunikatsiya jarayonoda bunday boʻlishi mumkin emas’’.
Maqola muallifi eshitganni, ya’ni informatsiyani uzatish, asosan ikki shaklda axborot ( oddiy gap) va koʻchirma gap shaklida boʻlishini isbotlashga intiladi. Maqola soʻngida M. Iminov quyidagi xulosalarga keladi:
1. Oʻzga (koʻchirma gap) gap deb atalgan forma eshituvchi uchun oʻzga gap ham , koʻchirma gap ham emas , balki oddiy xabardir.
2. Eshitilgan gap boshqa bir shaxsga oʻtkazilgandagina avtor gapi qoʻshilib koʻchirma gap tusini olishi mumkin. Agar bu gapda ifodalangan fikr qayta eslab tilga olinmasa, u ‘‘oʻlik’’ axborotligicha qoladi, basharti, mazmun birovga yetkazilsa, oʻzlashtirma (gap) holda emas, axborot haqida axborot sifatida namoyon boʻladi.
3. Koʻchirma gap hech qachon oʻzlashtirma gapga aylantirish va uning variant- usullarini koʻrsatish mantiqsiz va asossizdir.
Oʻzbek tilida oʻzlashtirma gap butunlay yoʻq . ‘‘Ozlashtirma gap’’ va uning ifoda formalari ona tili darsliklarida bor, xolos. ‘‘Oʻzlashtirma gap’’ yoʻqligi tufayli bu termini ishlatish ham ( yuqoridagi ma’noda) oʻrinsizdir . Shuning uchun boʻlsa kerak, biz biron joyda (ilmiy badiiy asarlarda) oʻzlashtirma gapni uchratmaymiz. Maqolada dadillik bilan oʻzlashtirma gap haqidagi masalaning koʻtarib chiqilishini ma’qullash lozim. Lekin maqolada olgʻa surilgan fikrlar yetarlicha dalillanmagandek tuyiladi. Oʻzbek tilshunosligida ‘‘oʻzlashtirma gap’’ termini balki nooʻrin qabul qilingandir, chunki roʻscha ‘‘косвенная реч’’ atamasi oʻzbek tiliga soʻzma soʻz tarjima qilinganda, ‘‘nisbiy nutq’’ deb tushunish mumkin deb yozadi B. Yoʻldoshev.‘‘Oʻziniki boʻlmagan koʻchirma gap grmmatik- uslubiy kategoriya sifatida’’ nomli monografiyasida. Shuning uchun koʻchirma gapli konstruktsiyalarni oʻzbek tilshunosligida maxsus tadqiq etagan professor A.Abdullayev oʻz ishlarida ‘‘oʻzlashtirma gap’’ terminining oʻrniga ‘‘assimilatsiyalashgan nutq ’’ terminidan foydalangan, oʻz navbatida koʻchirma gap A. Abdullayev tomonidan ‘‘assimilatsiyalashgan nutq’’ deb yuritilgan edi.
Oʻzga gapli qurilmalarda muallif nutqi bilan qahramon nutqining oʻzaro uygʻunlashuvi, yangi chatishuvi natijasida hosil boʻlar ekan bu hol , uning oʻziga xos intonatsiyasini ham belgilab beradi. Bu oʻrinda nutqning xususyati va bayon qilinayotgan fikrga boʻlgan munosabat nazarda tutiladi. Qahramonning jonli soʻzlashuv uslubiga xos boʻlgan emotsional xususyatlarini hikoya tarzidagi muallif nutqi bilan qabatlanib kelayotgandek tuyuladi. Mallifning ana shu xildagi nutqi oʻz navbatida qahramon nutqidagi intonatsiyaning rang- barangligiga sababchi boʻladi. Badiiy asarning muallifi har doim ham faqat bayon qilish bilan cheklanmaydi: U oʻz personajlarining xatti harakatiga achinadi, kuladi, nafratlanadi, hayratlanadi va boshqalar. Ijodkorning voqelikka muallif nutqi orqli va ana shunday turli xil munosabati badiiy asarning asosi boʻlib, kitobxonning asarda muallif niyatini diqqat markazini toʻgʻri anglay olishiga yoʻl koʻrsatadi. Darvoqiy L. N. Tolstoy‘‘ har qanday badiiy asarda muallifning voqelikka boʻlgan shaxsiy munosabatini, shu munosabat tufayli asarda yozilgan barcha narsalar kitobxon uchun muhim qimmatlidir. Badiiy asarning butunligi gʻoyaning birligi, qatnashuvchi shaxslarning ishlaganligi kabilardan iborat emas, balki butun asarga singdirilgan muallifning voqelikka boʻlgan oʻz munosabatining ravshanligi va aniqligidan iboratdir ’’ , - degan edi. Eng muhimi, badiiy nutq tizimida muallifning yoki biror personajning nuqtai nazari birinchi planga qoʻyilganligidadir. Bu albatta, asar konkretligidan, unda qoʻllangan oʻzga gap formalari ma’lum boʻladi. ‘‘Yozuvchi, san’atkor oddiy kishilardan shu bilan farq qiladiki, - degan edi I.Sulton, uning asarlarida hayot hodisalari, faktlar faqat qayd etilibgina qolmaydi. Har gal biror hodisa, fakt haqida hikoya yozuvchining, san’atkorning shu narsaga, hodisaga, provardida, kishilarga ijobiy yoki salbiy munosabati bilan sugʻorilgan boʻladi. Bu ‘‘munosabat faktori’’ shunchalik muhimki, faqat u gina bizga hodisa haqida haqiqiy, mukammal, yorqin tasavvur bera oladi. San’atkorning ijobiy munosabati mehr va muhabbati bilan qizdirilgan hayotiy fakt, xuddi endigina choʻgʻdan olingan temirdek, oʻz rangi, harorati, fazilatlari bilan hayratga solishi va tahsinimizga sazovor boʻlishi mumkin’’. Bular tabiiyki, badiiy asar matni tarkibida qoʻllangan oʻzlashtirma gaplar intonatsiyasiga ham ta’sir qiladi.
Oʻzlashtirma gaplar oʻzga gapni ifodalovchi shakllardan biri boʻlib, asosan badiiy nutq uslubiga xoslangan matnlarda faol qoʻllanadi. Oʻzlashtirma gap oʻzganing fikrini ifodalash boʻlib bu asosan ikkinchi shaxsdan uchinchi shaxsga yetkazishda ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |