2.3. Oʻzlashtirma gap shakllarining grammatik sturukturasi
Oʻzganing gapi oʻzlashtirma gap shaklida berilganda avtor boshqalarning gapini grammatik va ayrim leksik xususyatlarini oʻzgartirgan holda oʻzlashtirib, hikoya qilib beradi. Oʻzlashtirma gap koʻchirma gapdan intonatsiyasi va ayrim fe’l formalarining ishlatilmasligi bilan ham ajralib turadi. ‘‘Demoq’’ fe’lning koʻchirma gapda juda koʻp ishlatiladigan deb, dedi, deydi, degan edi kabi shakllari oʻzlashtirma gapda deyarli qoʻllanmaydi. Uning oʻrnida bu gaplarda koʻproq aytmoq , gapirmoq fe’llari ishlatiladi. Oʻzga gapli qurlmalar grammarik strukturasi jihatidan quyidagi xususiyatlaga ega boʻladi: muallif nutqi bilan birlashib, bogʻlovchisiz bogʻlangan qoʻshma gap konstruktsiyasini tashkil qiladi yoki u murakkab bir butun sintaktik konstruktsiyaga singib ketsa, qisman mustaqillikka ham ega boʻladi. Oʻzga gapni boshqarib keluvchi muallif nutqi sodda yoki qoʻshma gap shaklida boʻlishi ham mumkin. Odatda oʻzga gapni boshqarib keluvchi muallif nutqi oldin keladi. Muallif nutqining oʻzga gapli qurilma oʻrtasida kelishi juda kam uchraydigan hodisadir. Ammo muallif nutqi oʻzga gapli qurilmalarning ichki tomonidan kelganda, uning kiyingi qismi oʻzga gapli qurilmani yakunlab yoki muayyan ramka ichiga solib kelishi mumkin. Oʻzga gapli qurilmalarni oʻz ichiga qamrab oluvchi gaplarning qismlari gapning boshqa qismlari bilan birlashib, qoʻshma gapni hosil qilganda, nutqning fe’l qismi oʻyladi, esladi, oʻyga toldi, oʻyga soldi, oʻylanib qoldi kabi tafakkur semali soʻzlardan iborat boʻlishi mumkin. Bunday soʻzlar hozirgi vaqtda semantikada ‘‘tafakkur fe’llari’’ deb yuritiladi. Koʻpincha muallif nutqida shunday gaplar boʻladiki, ular oʻzga gapli qurilmalar bilan birga, bir butun semantik konstruktsiya tarzida bogʻlanmaydi. Bular oʻzga gapli qurilma asar qahramonining ichki yoki tashqi nutqi ekanligini aniqlashga xizmat qiladi. Bu xil gap oʻzga gapli qurilmadan oldin kelishi mumkin. Ba’zan asar qahramonlarining fikri va oʻy hayollarini ifodalovchi muallif gapi oʻzga gapli qurilmaning oxirida kelib, uni yangilashi ham mumkin. Oʻzga gapli qurilmalarda nutqning qaysi shaxsga tegishli ekanligini shaxs qoʻshimchalaridan bilib olish mumkin. Koʻchirma gapda esa nutq egasining shaxsi muallif nutqi tarkibidagi shaxs- son affikslari, nutq fe’llari orqali beriladi. Shuning uchun ham koʻchirma gapda shaxs qoʻshimchalarining barcha shakllari ham muallif nuqtai nazaridan, yangi muallif nomidan qoʻllaydi, lekin bunday gaplarda nutqni koʻrsatish uchun koʻpincha kelishik olmoshlarining 3- shaxs shaklidan foydalaniladi. Koʻpgina tadqiqotchilar, masalan , olimlarning fikriga koʻra nutq subyektining 3- shaxs kelishik olmoshiga tegishli ekanligini oʻzga gapli qurilmalarning asosiy belgilaridan biri deb hisoblaydi. A.Abdullayev esa oʻzga gapning bu shaklini xarakterlashda ‘‘bilateral nutq’’, ‘‘bilateral oʻzga gapli konstruktsiya’’ terminlaridan foydalanilgan. Olimning mulohazalariga koʻra, bilateral oʻzga gapli konstruktsiyalar shaklan koʻchirma gapga oʻxshasa –da, yozuvchi tomonidan oʻz bayoniga singdirilgan holda ifodalashni, koʻpincha alohida aftor gapiga ega emasligi bilan undan farq qiladi. Bunday gaplarda avtor personaj fikrlarini ifoda qilmaydi, balki uning oʻzida oʻzi oʻylaydi yoki oʻzi gapiradi. Shuning uchun bilateral oʻzga gapli konstruksiyalarda avtor gapi bilan persanaj nutqini ajratish ba’zan juda qiyin boʻladi. Xullas, bilateral nuq gaplarda avtor va personaj nuutqi birlashgan va mujassamlashgan boʻladi’’.Rus tilshunoslarining yuqorida ta’kidlab koʻrsatgan 3- shaxs kishilik olmoshining nutq subyektiga tegishli ekanligini oʻzga gapli qurilmalarning asosiy belgisi, oʻziga xos xususiyati deb boʻlmaydi. Chunki oʻquvchi yoki tinglovchi mexanik tarzda 3- shaxsdagi kelishik olmoshining 1- shaxsdagi kelishik olmoshi bilan almashtirmaydi, oʻzbek tilining sintaktik qurilishi bunga yoʻl qoʻymaydi. Ma’lumki muallif oʻzgalarning fikrini oʻz nomidan bayon qilishdan tashqari oʻsha qahramonning nomini, uning ishtirokini ham bayon sistemasida ta’minlaydi. Demak, bu xil konstruksiyalarda shaxs formalarining qoʻllanilishi faqat muallif nuqtai nazaridan boʻlmasdan, balki ham muallif, ham qahramon nuqtai nazaridan boʻladi. Oʻzlashtirma gaplarning moddallik kategoriyasining ifodalanish usullari ham e’tiborni oʻziga jalb qiladi deb ta’kidlab oʻtgan B.Yoʻldoshev yuqorida koʻrsatib oʻtilgan monografiyasida. Tilshunoslarning fikricha, moddallik kategoriyasi ‘‘soʻzlovchi shaxsining voqea- hodisalarga boʻlgan munosabatini koʻrsatadi’’.29Fikrning voqiylikka boʻlgan munosabatini koʻrsatuvchi ma’nolari hamda bularning ifodalanish sistemasiga moddallik kategoriyasi deyiladi. Oʻzga gapli qurilmalarning turli moddalik attenkalarini ifodalash uchun moddallik xarakteriga ega boʻlgan gaplardan, modal soʻzlardan, yoki ishonch, qoʻrqish, ishonchsizlik, taxmin kabi ma’nolarni bildiruvchi koʻmakchilar va yuklamalardan foydalaniladi. Badiiy nutqning oʻziga xos xususiyatlaridan biri muallif nutqi tarkibida odatdagi koʻchirma gapgina emas, balki oʻzga gapli qurilmalarning ham mavjud boʻlishidir. Bunda muallif oʻzlashtirma gapni aynan oʻz holicha yoki sof personaj nutqi- koʻchirma gap tarzida berilishi mumkin. Bu xildagi konsepsiyalar qahramonning gaplari yoki fikr oʻylari tarzida beriladi. Oʻzga gapli qurilmani bayon sistemasida koʻchirma gap yoki oʻzlashtirma gap tarzida berilishi muayyan uslubiy maqsadlarni nazarda tutadi. Shuni hisobga olib Sh.Y.Yusufli Ozarboyjon badiiy tilining stilistik sintaksisiga bagʻishlangan doktorlik ishida koʻchirma gapli konstruktsiyalar badiiy nutqning xarakterli belgisi boʻlib, badiiy nutq sintaksisining oʻrganish obyekti boʻlishi lozim, degan fikrni olgʻa suradi deb keltirib oʻtadi30 B. Yoʻldoshev yuqorida ta’kidlab oʻtilgan monografiyasida. Oʻ.Nosirov oʻz nomzodlik dessertatsiyasida va shu asosda e’lon qilingan ilmiy maqolalarida romanda qoʻllangan oʻziniki boʻlmagan koʻchirma gap shakllarini tahlil qilar ekan ‘‘oʻziniki boʻlmagan nutq’’ terminidan foydalanadi. Uning fikricha , ‘‘Badiiy nutqning bu usuli qahramonlar ruhiy dunyosini chuqurroq yoritish, voqea sodir boʻlayotgan paytida qahramonning ruhiy holatini tasvirlash va qahramon tavsifini yaratishda ijodkorning shaxsiy munosabatini koʻrsatish uchun qoʻllaniladi. Oʻziniki boʻlmagan nutq bayon qilishning mustaqil bir usuli boʻlganligi uchun stilistik sintaksis sohasiga tegishlidir. Uni tahlil qilishga stilistik planda yondashilganligi masalaning mohiyatini ravshan yoritish imkoniyati yaratilgan boʻladi ’’.31 Shuni e’tiborga olish lozimki, kiritma soʻzlar oʻzga gapli qurilmalar bilan birlashib, sintaktik konstruktsiyaning har xil koʻrinishlarini hosil qiladi. Bu konstruktsiya ikki, ya’ni kirituvchi va kiritmalardan ibirat boʻladi. Bunday konstruktsiyada kirituvchi qism tushirib qoldirilishi ham mumkin. Masalaning badiiy tomonlari oʻzga gapli qurilmalarning struktural-semantik va grammatik xususiyatlari boʻlib, ularni grammatikaning sintaksis boʻlimi tahlil qilishi lozim. Har ikki tip konstruktsiyasi ham bir biridan unchalik jiddiy farq qilmaydi, faqat ularning ta’sirchanligi, emotsional samaradorligi boshqa- boshqadir. Tabiiyki u yoki bu holatda oʻzga gapli qurilmalarni qoʻllash , birinchidan, muallifning oʻzi tasvirlayotgan voqea- hodisalarga boʻlgan ijobiy yoki salbiy munosabatiga, ikkinchidan, yozuvchining badiiy mahoratiga oʻzga gap shakllarini bayon strukturasiga kirita olishsan’atiga bogʻliqdir. Umuman olganda bunday konstruktsiyalarni qoʻllashdaavtorning kuzatuvchanligi, qahramonlarning qalbdialektikasini ochishdagi mohirligi muhim rol oʻynaydi. Koʻrinadiki oʻzga gapli qurilmalarni koʻproq badiiy nutq uslubida qoʻllanadi.
Xulosa
Oʻzbek tilining sintaktik qurilishini tadqiq etish sohasida kiyingi chorak asr davomida salmoqli yutuqlar qoʻlga kiritildi. Xususan, oʻzbek tilining mazmuniy sintaksisi, struktual sintaksis, soda va qoʻshma gaplar derivatsiyasiga doir yirik monografik ishlarning yaratilishi yanada kengaytirildi. Lekin shu bilan bir qatorda oʻbek tili sintaksisi boʻyicha oʻz tadqiqotchilarini kutayotgan muammolar ham yoʻq emas. Shulardan biri oʻzga gapli qurilmalar, shulardan biri boʻlgan oʻzlashtirma gap shakllarining grammatik strukturasi masalalarini keng planda tadqiq etishdir. Oʻzlashtirma gaplar oʻzga gapni ifodalovchi shakllardan biri boʻlib, asosan badiiy nutq uslubiga xoslangan matnlarda faol qoʻllanadi. Oʻzlashtirma gap oraliq hodisa sifatida emas, balki badiiy nutq uslubining eng xarakterli hodisalaridan biri sifatida oʻzbek adabiiy tilida keng qoʻllanmoqda. Oʻzga gaplar personajning ichki va tashqi nutqini, shuningdek oʻy hayollarini bayon qilishda muhim sintaktik –uslubiy kategoriya sanaladi. Oʻzlashtirma gaplar leksik- frazeologik tipi, yoyiq, dialogik, tasodifiy shakllari badiiy nutq uslubiga xoslangan matnlarda, ayniqsa, liro-epik va nasriy matnlarda faol qoʻllanadi. Oʻzlashtima gapning muallif nutqi bilan yaxlit bir murakkab sintaktik butunlikni hosil qilishda tafakkur va nutq fe’llari, tinish belgilari (koʻp nuqta, qoʻshtirnoq, ikki nuqta kabilar) muhim rol oʻynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |