Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta ta’lim vazirligi


Oʻzbek tilida qoʻshma gaplarning oʻrganilish tarixi



Download 68,14 Kb.
bet4/11
Sana05.06.2022
Hajmi68,14 Kb.
#638826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
anora 204

1.1.Oʻzbek tilida qoʻshma gaplarning oʻrganilish tarixi
Tilshunoslik fanida qoʻshma gap mavzusi azaldan muammoli boʻlib keldi va bugungi kunda ham uni muammolardan holi deb boʻlmaydi. Buning asosiy boisi shundaki, qoʻshma gap fikr ifodasi sintaktik shaklining eng yuqori va murakkab pogʻonalaridan birini tashlik etadi.
Jahon tilshunosligida qoʻshma gap talqiniga bagʻishlangan ilmiy- monografik tadqiqotlar koʻp boʻlishiga qaramay, bu sohada hali yechilmagan jumboqlar anchagina koʻrinadi. Ular jumlasiga qoʻshma gap tarkibiy qismlarining nomlanishi, ularning tub strukturaga munosabati, tarkibiy qismlarning oʻzaro bogʻlanishini ta’minlovchi Grammatik va ekstralingvistik omillarning funksinal salmogʻini aniqlash, qoʻshma gapning ustpredkativ belgisi, uning sintaktik derivatsiyasiga taaluqli muammolarni va umuman , “qoʻshma gap” teminining qoʻllanilishi bilan bogʻliq koʻplab munozarali masalalarni kiritish mumkin.
Qoʻshma gap kompanentlarining munosabati turlarini oʻrganish XX asrning yigirmanchi yillarida tilshunoslik fanida asosiy mavzulardan biri boʻladi va bu sohada tilshunoslar orasida ilmiy bahs va munozaralar boshlandi. Bunday munozaralarning boshlanishiga , masalan, rus tilshunosligida, M.N.Petersonning “Ocherk sintaksisa russkogo yazika” nomli asarida qoʻshma gap haqida bildirilgan munozaralar sabab boʻldi.2 M.N Peterson qoʻshma gap tarkibiy qismlarining tobe va teng bogʻlanishi xususida tilshunoslar tomonidan aytilayotgan fikrlarning gʻoyat chalkash va chuqur ilmiy asosga ega emasligini ta’kidlaydi va quyidagilarni yozadi “Mavjud kriteriyalar bosh gapni tobe gapdan, shuningdek, ergash bogʻlanishni teng bogʻlanishdan farqlash uchun asos boʻlolmaydi. Demak , ergash va teng bogʻlanish tushunchalarida lingvistik ma’no yoʻq”3
Hozirgacha mavjud lingvistik adabiyotlarda qoʻshma gaplar grammatik shakli va komponentlarining munosabatiga qarab bogʻlovchisiz, bogʻlangan va ergash gapli qoʻshma gaplarga boʻlib oʻrganilayotganini kuzatamiz. Ammo mazkur ishimizning mavzusi teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar bilan bevosita bogʻliq boʻlganligi uchun quyida,asosan, qoʻshma gapning bogʻlovchili va bogʻlovchisiz turlari xususida mulohaza yuritamiz.
Akademik V.V.Vinogradovning fikriga koʻra, qoʻshma gapning, shu jumladan, bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarning ham tarkibiy qismlari struktur-sintaktik va mazmuni jihatlaridan bir-biri bilan aloqada boʻladi. Bogʻlangan qoʻshma gap tarkibiy qismlari ,ergash gapli qoʻshma gap tarkibiy qismlaridan farqli ravishda ,teng bogʻlanishli,teng munosabatli koʻrinishda, bu tarkibiy qismlarning faqat birinchisini erkin qurilishli deb hisoblash mumkin,ikkinchi struktur koʻrinishi hamda sintaktik holatiga koʻra birinchisiga qandaydir ma’noda tobe boʻladi.Bogʻlovchisiz qoʻshma gap tarkibiy qismlari esa ritm hamda melodik vositalar, leksik unsurlar ishtirokida aloqaga kirishadi va bunda ham anologik vaziyat kuzatiladi.4 V.V.Vinogradovning mazkur fikri ancha asosli. Chunki bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar komponentlarining oʻzaro semantic va sintaktik munosabatlari shundan dalolat beradi. Bu ayniqsa, qoʻshma gapning kommunikativ vazifa bajarishida aniqroq namayon boʻladi.
Qoʻshma gap ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mexanik tarzda birikuvini emas, balki muayyan kommunikativ vazifa bajarilishi uchun xizmat qiluvchi shakily va mazmuniy butunlikni tashkil etgan sintaktik qurilmalar birikuvini taqazo etadi. Shu bois qoʻshma gap oʻziga xos murakkab shakl, ma’no hamda ohang butunligi mahsuli sanaladi.5
G.A.Abdurahmonov bogʻlangan qoʻshma gaplarning tarkibiy qismlari nisbiy mustaqillikka ega ekanligini, buni qoʻshma gapda qoʻllanilgan bogʻovchi vosita koʻrsatib turishini ta’kidlaydi. Ammo, olimning e’tirof etishicha, bu mustaqillik grammatik jihatdandir, zotan, bogʻlangan qoʻshma gapda ham uning komponentlari kesimlari alohida olinganda ma’lum bir niyat anglashilmaydi, bir qism mazmuni ikkinchisini talab etadi.6
Gʻ.A.Abdurahmonov bogʻlangan qoʻshma gaplar nafaqat turkey tillarda, balki umumiy tilshunoslikk doirasida ham eng kam oʻrganilganligi toʻgʻri ta’kidlaydi va buning asosiy boisi bogʻlangan qoʻshma gaplarning ogʻzaki nutqda kam qoʻllanilishida ekanligini eslatadi.
Gʻ.A. Abdurahmonov bogʻlangan qoʻshma gaplar, bogʻlovchisiz qoʻshma gaplardan farqli ravishda , yopiq gap qurilmalarini tashkil etishini aytadi va ularning ikki tarkibiy qismdan tashkil topishini koʻrsatadi. Bundan tashqari, olim bogʻlangan qoʻshma gap qismlarining oʻzaro munosabati orqali quyidagi mazmuniy munosabatlar ifodalanishini va mazkur munosabatlarning har birini mukammal yoritadi:
1.Qiyoslash munosabati. 2. Biriktiruv munosabati. 3. Ayiruv munosabati. 4. Sabab va natija munosabati. 5. Izohlash munosabati.7
M. Asqarova bogʻlangan qoʻshma gapni teng bogʻlovchilar orqali birikkan , biri ikkinchisiga Grammatik jihatdan tobe boʻlmagan , teng huquqli predikativ qismlardan tashkil topgan qoʻshma gapli sintaktik qurilma sifatida talqin etadi va qoʻshma gap tarkibidagi komponentlar oʻzaro biriktiruv, chogʻishtiruv, ayiruv, zidlov, inkor munosabatlarini ifodalovchi teng bogʻlovchilar yoki bogʻlovchi vazifasidagi -da, -u(-yu) yuklamalari vositasida bogʻlanishini aytadi.8
M.Asqarova bogʻlangan qoʻshma gap komponentlarining mustaqilligi nisbiy ekanligini ta’kidlaydi va bu haqida quyidagilarni yozadi; “Qoʻshma gap xususan, bogʻlangan qoʻshma gap tarkibidagi komponentlar alohida –alohida ajratib qaralsa, ularning har biri mustaqil gapga tengday koʻrinadi, lekin ular qoʻshma gap tarkibida fikriy tugalikka (toʻliq mustaqillikka) ega boʻlmaydi. Shu jihatdan bunday komponentlarni mazmunan nisbiy mustaqillikka ega deyish toʻgʻriroqdir”.9 Koʻrinadiki, M Asqarova bogʻlangan qoʻshma gap tarkibiy qismlarining har biri mustaqil gapga tengday koʻrinishiga qaramay, ular qoʻshma gap tarkibida mazmuniy jihatdan toʻliq mustaqil boʻla olmasligini, faqat nisbiy mustaqil ekanligini toʻgʻri ta’kidlaydi. Bizningcha ham, bogʻlangan qoʻshma gap komponentlarining nisbiy mustaqilligi mazmuniy jihatdan ham, Grammatik jihatdan ham seziladi. Zotan, bunday sintaktik qurilma komponentlarining har ikkisi ham alohida ahamiyatga molik boʻlgan mustaqil tub strukturalarga tayanadi. Bu esa, oʻz navbatida, ularning nafaqat Grammatik jihatdan, balki semantik nuqtai nazardan ham nisbiy mustaqil ekanligidan dalolat beradi. Chunki tub struktura- bu ichki semantik struktura demakdir.
Yuqoridagilarda tashqari,M.Asqarova bogʻlangan qoʻshma gaplarda birinchi component erkin tuzilishi, ikkinchi component esa bogʻlangan qoʻshma gap komponentlari orasidagi munosabatga bogʻliq holda qurilishi xusisidagi mulohazalari ham e’tiborga molikdir.10 Xususan, boʻlsa, esa soʻzlari ishtirokida tuzilgan ikkinchi component buning dalili boʻlishi mumkin.
M.Asqarova bogʻlovchi vositalarsiz shakllangan qoʻshma gaplar komponentlari oʻzaro bogʻlovchilar va Grammatik formalarsiz, faqat intonatsiya bilan sintaktik butunlik hosil qilishini eslatadi. Qoʻshma gapning bu turi M. Asqarova fikriga koʻra, tuzilishi jihatidan ba’zan bogʻlangan qoʻshma gapga , ba’zan esa ergash gapli qoʻshma gapga oʻxshaydi.11
Gʻ.Abdurahmonov, A. Sulaymonov , X. Xoliyorov, J. Omonturdiyevlarning “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” qoʻllanmasida boʻgʻlangan qoʻshma gapning asosiy grammatik belgisi teng bogʻlovchilar ekanligiga alohida urgʻu betiladi va qoʻshma gapdan farqli ravishda ,ayirish mazmuniy munosabatining keng qoʻllanilishi ,sabab va natija mazmuniy munosabatini ifodalovchi qurilmalarning mustaqilligi va har bir semantik munosabat ichida oʻziga xos mazmun ifodalarining mavjud boʻlishi qayd etiladi.12
B.Oʻrinboyev tadqiqotlarida ham bogʻlangan qoʻshma gaplarda sodda gaplarni oʻzaro biriktirish uchun teng bogʻlovchilar qoʻllanilishi ta’kidlanadi va bunda birinchi gap odatda , erkin holda tuzilgan boʻlishi eslatiladi.
N.Turniyozov “bogʻlangan qoʻshma gap” va “bogʻlovchisiz qoʻshma gap” terminlarining qoʻllanilishi maqsadga nomuvofiq ekanligini qayd etadi. Chunki qoʻshma gapning har qanday turi komponentlari ham oʻzaro qandaydir vosita orqali bogʻlangan boʻladi. Shu bois N.Turniyozov “bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gap” va “bogʻlovchisiz bogʻlangan qoʻshma gap” terminlaridan foydalanish ma’qul ekanligini aytadi. Bundan tashqari, N.Turniyozov bogʻlovchili va bogʻlovchisiz bogʻlangan qoʻshma gaplar tarkibiy qismlarning teng huquqli ekanligi birinchi galda ularning tub strukturalari qoʻshma gapning tashkil etilishida alohida ahamiyatga egaligi bilan izohlanishini koʻrsatadi, zero, bunday gaplar komponentlarinng har biri mustaqil (alohida) tub strukturaga tayanadi. Ergash gapli qoʻshma gaplarning esa semantic stukturasi ham sintaktik shakli ham, asosan, hokim gapning tub strukturasiga asoslanadi. Chunki ergash gap oʻzi uchun emas, balki hokim mavqeyga ega boʻlgan ikkinchi bir gap uchun xizmat qiladi.



Download 68,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish