Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta ta’lim vazirligi


Koʻchirma gapli qoʻshma gaplar haqida umumiy



Download 68,14 Kb.
bet5/11
Sana05.06.2022
Hajmi68,14 Kb.
#638826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
anora 204

1.2. Koʻchirma gapli qoʻshma gaplar haqida umumiy
ma’lumot
Muallif oʻz nutqida boshqalar ifodalagan fikrlardan ham foydalanishi mumkin. Bunday fikrlar koʻchirma gap va muallif gapi vositasida berilishi mumkin. Koʻchirma gap va muallif gapi tarkibiy jihatdan qoʻshma gapga oʻxshaydi, shuning uchun bunday qurilmalar koʻchirma gapli qoʻshma gap deb ataladi:
-Qudrat akamning choʻldan bor oladigan alamlari , (koʻch. gap) - qoʻshib qoʻydi Gulchiroy. (muall. gapi).
Oʻzgalarning hech oʻzgarishsiz berilgan gapi koʻchirma gap deyiladi. Shu gapni oʻz nutqida keltirayotgan shaxsning gapi muallif gapi hisoblanadi. Ana shu ikkita gap koʻchirma gapli qoʻshma gapning doimiy qismlari hisoblanadi. Muallif gapining kesimi dedi, deb soʻradi, deb javob berdi, gapirdi, soʻzladi, aytdi kabi fe'llar bilan ifodalandi. Koʻchirma gaplar soʻzlashuv va badiiy uslublarda koʻp ishlatiladi. 13 Koʻchirilgan gap muallif gapidan avval, undan keyin, uning ichida, uning ikki tomonida kelishi mumkin: "Mehnat ishtaha ochar", - deydi bobom. Choʻpondan soʻradik: "Bu qoʻylar kimning qoʻyi?" "Men, - dedi u, - ertaga kelaman". Bosh injener nihoyatda bosiqlik bilan: - Bu gapga Xudoyqidovning aloqasi yo 'q, -dedi.
Koʻchirma gap — ogʻzaki va yozma nutqda leksik va grammatik xususiyatlari oʻzgartirilmay, ayvan oʻzicha berilgan oʻzganing gapi. K.g .da oʻzga gapining asosiy mazmuni aks etadi, muallif gapida esa K. g . kimga tegishli ekanligi, unga xos xususiyat, kanday maqsad va tarzda aytilgani va boshqa qoʻshimcha tavsifiy maʼlumotlar beriladi. K. g . muallif gapidan avval ("Kuch haqiqatda", — dedi Sohibqiron), uning oʻrtasida (Sunboʻla sapchib oʻrnidan turdi-da: "Hayriyat, tushim ekan", — dedi hansirab) yoki undan keyin (Otam gapni shartta kesdilar: "Bugungi ishni ertaga qoʻyma") keladi. K. g . muallif gapidan tinish belgilari yordamida ajratiladi. K. g . badiiy asarda nutqning taʼsirchanligi, ifodaliligini oshiradi, asar qahramoni xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. Oʻzganing gapi har doim ayvan, koʻchirma gap tarzida berilavermaydi .14
Koʻchirma gapli qoʻshma gaplar ham ,tabiiyki, qoʻshma gaplarning oʻziga xos bir turi sifatida shakl va mazmun munosabatiga koʻra bir qator xususiyatlarga ega. Bunday gaplarning sintaktik qurilishi boshqa qoʻshma gaplar bilan qiyoslansa, ularning koʻproq ergash gapli qoʻshma gaplarga yaqin turishini koʻrish mumkin. Ammo tadqiqotchilar koʻchirma va muallif gapi oʻrtasida ociq ifodalangan “bogʻlovchilar ishtirok etmagani uchun ularni bogʻlovchisiz qoʻshma gapning bir turi deb hisoblash mumkinligini ta’kidlaydilar.”15Lekin qanday baholanishidan qat’iy nazar koʻchirma gapli qoʻshma gaplarda ham bosh (hokim) va ergash (tobe) gaplarning mavjudligini inkor etib boʻlmaydi.
Kishilar nutqiy aloqada bir-birlariga muayyan voqea- hodisalar haqidagina emas, balki boshqa kishilarning nuqati nazari, soʻzlari haqida ham ma’lumot beradilar. Bu ikkinchi tur ma’lumot esa oʻz ifodasi uchun koʻchirma gapli tizimlarni taqozo etadi. Shuning uchun ham bunday tizimlar tilde kecha paydo boʻlgan emas, tilning eng qadimiy davrlarida, masalan, Oʻrxun –Enasoy yodnomalarida ham ayni tur qoʻshma gaplar juda keng qoʻllanilgan. Mazkur qoʻshma gaplar uzoq tarixiy taraqqiyotni boshidan kechirgan boʻlsada, ular tarkibidagi unsurlar (koʻchirma gap va muallif gapi ) oʻrtasidagi tobe –hokimlik munosabati hozirga qadar oʻzgargan emas.
Tabiiyki, muallif gapi qoʻshma gap tarkibida hokim vaziyatda boʻladi, shu ma’noda u bosh gapdir. Koʻcirma gapli qoʻshma gaplarning asos, tamal turida muallif gapi yaxlit gapning “sinchi” sifatida koʻchirma gapni oʻz ichiga oladi. Masalan: Ahmad: ‘Oʻrtogʻim imtihon topshirdi’,- dedi gapida Ahmad dedi muallif gapi boʻlib, grammatik jihatdan yaxlit gapning asosiy “sinchi” dir, sintaktik asosdir. Ega va kesimdan iborat bu alohida olinganda, sodda gap, ammo toʻliqsiz sodda gap. Chunki demoq fe’lining kuchli mazmuniy valentligi, ya’ni “ nima(ni) demoq” ochiq qolgan. Ana shu xususiyatga koʻra mazkur qoʻshma gapda koʻchirma gap muallif gapi bilan benihoya zich bogʻlangan. Boshqacha qilib aytganda, dedi fe’lining kuchli mazmuniy valentligi doimiy ravishda boʻlgani kabi koʻchirma gapdan iborat birlik bilan berkitilgan.Har qanday gapning uayyan sintaktik oʻrinlar tizimidan iborat ekanligini esga olsak,mazkur gapda ega va kesim hamda alohida gap (koʻchirma gap)bilan ifodalangan toʻldiruvchi mavjudligini mantiqiy tasvvur etish mumkin.Lekin toʻldiruvchi sintaktik oʻrnini egallagan birlik nokommunikativ emas, baki kommunikativ, demakki, predikativ birlik ekanligidan kelib chiqib, yaxlit ishni qoʻshma gap deb baholash, tabiiyki, toʻgʻri boʻladi. Bu mulohazalardan koʻrinadiki, muallif gapi bosh gap, koʻchirma gap esa ergash gap maqomidadir.Albatta, bogʻlovchi boʻlmasada, mazmuniy mantiqiy tobe –hokimlik mavjud, shaklan tilshunoslikdagi an’anaga koʻra bunday gaparni ‘ bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar’ degan bilan hech narsa oʻzgarmaydi.Shuning uchun ham ularni ergashgan qoʻshma gaplarning oʻziga xos alohida turi sifatida qarash maqsadga muvofiqdir.
Bu oʻziga xoslik nimada iborat? Eng avvalo, yuqorida ta’kidlanganiday, koʻchirma gap bilan muallif gapining oʻzaro bogʻlanishi oʻziga xosdir.Bunday hollarda bogʻlovchi vositaning yoʻqligi haqida koʻp gapiriladi.Aslida oʻzi bogʻliq boʻlgan narsani yana bogʻlash uchun vosita izlash befoyda ish. Aytib oʻtilganidek, Koʻchirma gap tizimi deoq (va boshqa nutq fe’llari)fe’lining kuchli mazmniy valentigi talab etadigan va demak, shu fe’lga tbe boʻlgan birlikdir.Shunday ekan, demoq fe’li va koʻchirma gap mazmuniyatining ta’kidlangan oʻziga xisligi bunday ergashgan qoʻshma gaplarning oʻziga xosligini tayin etadi. Muallif gapi bosh gap sifatida, koʻchirma gap esa ergash gap sifatida ana shu tarzda ham grammatik, ham ham mazmuniy hokim tobelik minosabatida boʻladi.Ayni munosabat yuqorida keltirilgan , “tamal tur” deb nomlangan koʻchirma gapli qoʻshma gapning “Oʻrtogʻim imtihon topshirdi”-dedi Ahmad shaklidagi koʻchirmada ham toʻlaligicha saqlanadi.
Ammo mazkur gap muallif gapi toʻliq koʻchirma gadan oldinn keladigan shaklga koʻchirlsa, mazkur munosabat bir qadar boshqacha boʻladi: Ahmad dedi:”-Oʻrtogʻim imtihon topshirdi”.Bunday koʻchirma gap dedi fe’lining kuchli azmuniy valentligini toʻgʻridan toʻgʻri berkita olmaydi, ya’ni koʻchirma gap tegishli birlik sifatida bevosita dedi soʻziga tobe boʻla olmaydi.16



Download 68,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish