2.1.Koʻchirma gapli qoʻshma gaplarni oʻzlashtirma gapga aylantiruvchi
vositalar
Koʻchirma gap oʻzlashtirma gapga aylantirilganda, uning shakli emas, ba’zan stilistik xususiyatlari ham oʻzgaradi. Ayniqsa, soʻzlovchining nutq prosessiga turli munosabatni ifodalovchi soʻzlar, ekspressiv soʻzlar (axir, xoʻsh, ha, yoʻq, mayli kabi ) tushib qoladi. Odatda bunday soʻzlar gap boʻlaklari bilan grammatik jihatdan bogʻlangan boʻladi: Axir, bir kamim qizimning kundosh bilan bir hovlida turishi qoluvdi- dedi Qurbonoy xola. Qurbonoy xola qizini kundosh bilan bir hovlida yashamasligini aytdi. Axir! Operatsiya qilish kerak, xola- dedi doʻxtir. -Doʻxtir operatsiya qilish kerakligini aytdi. Xoʻp, hozircha ana shu shiyponlarning oʻzi bilan kifoyalanib turamiz, - dedi Suvonqul. –Suvonqul hozircha ana shu shiyponlarning oʻzi bilan turishliligini aytdi. Xudoyim, oʻzingning rahming kelsin, -dedi pichirlab. –Pichirlab oʻzingning rahming kelsin deb aytdi.(Oʻ.Hoshimov. “Tushda kechgan umrlar” 120-bet).25
Ayrim kirish soʻzlar oʻzlashtirma gapda ham saqlanish mumkin.Undov gap, atov gap, ritorik soʻroq gap va shunga oʻxshash boshqa gaplarni oʻzlashtirma gapga deyarli aylantirib boʻlmaydi. Koʻchirma gapni oʻzlashtirma gapga aylantirganda koʻchirma gapdagi fe’l kesmning zamoni deyarli oʻzgarmaydi: 1.-Men paxta terayotirman,-dedi.-U paxta terayotganini aytdi. 2.-Men paxta terdim,- dedi u. U paxta terganligini aytdi. 3.-Men paxta teraman,- dedi u. U paxta terajakligini aytdi. Misollarning birinchisida koʻchirma gapda hozirgi zamon shaklidagi fe’l kesim (terayotirman) oʻzlashtirma gapda hozirgi zamon sifatdoshi (terayotganligini) bilan, ikkinchi misolda oʻtgan zamon formasidagi fe’l kesim (terdim) oʻtgan zamon sifatdoshi (terganligini) bilan, uchinchi misolda esa hozirgi –kelasi zamon shaklidagi fe’l kesim (teraman) kelasi zamon sifatdosh formasi (terajakligini) bilan almashgan. Koʻchirma gapni oʻzlashtirma gapga aylantirishda koʻchirma gapdagi fe’l kesimning shaxs qoʻshimchasi yoki kelishik olmoshi oʻzgarishi mumkin. Koʻchirma gapning subyekti birinchi shaxs kelishik olmoshi bilan , avtor gapining egasi esa har uchala shaxsdagi kishilik olmoshlari (men, sen, u) bilan ifodalansa, oʻzlashtirma gap sostavida bu olmoshlarning biri tushib qoladi.
Men aytdim:- (Men) dars qilaman.
Sen aytding:-(men) dars qilaman.
U aytdi: - (Men) dars qilaman.
Bu gaplarni oʻzlashtirma gap shakli quyidagicha:
Men darsni qilishligimni aytdim.
Sen darsni qilishligingni aytding.
U darsni qilishligini aytdi.
Koʻchirma gapning egasi kishilik olmoshining koʻplik formasi bilan ifodalanganda ham shunday boʻladi:
men aytdim:- Biz qoʻllanmani oʻqiymiz.
Biz aytdik: - Biz qoʻllanmani oʻqiymiz.
Sen aytding: -Biz qoʻllanmani oʻqiymiz.
Siz aydingiz:- Biz qoʻllanmani oʻqiymiz.
U aytdi: - Biz qoʻllanmani oʻqiymiz.
Ular aydilar:- Biz qoʻllanmani oʻqiymiz. Oʻzlashtirma gap shakli:
Men (biz) qoʻllanmani oʻqishligimizni aytdim.
Sen (siz) qoʻllanmani oʻqishligingizni ayding.
U (lar)qoʻllanmani oʻqishliklarini aytdi.
Koʻchirma gap yigʻiq boʻlib, uning va avtor gapining egasi bir xil shaxs –sondagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, yigʻiq koʻchirma gapdagi ega bilan tuslovchi bir xil boʻlgani uchun, ularning biri tushib qoladi va koʻchirma gaplik xususiyatini bir oz yoʻqotadi.
Men aytdim: ‘‘men boraman’’ emas, men boraman.
Sen aytding: ‘‘sen borasan’’ emas, sen borasan deding.
U aytdi: ‘‘u boradi’’emas, u boradi dedi. Koʻplikda ham xuddi shundaydir. Garchi bunday konstruktsiyalar koʻсhirma gap shaklida tuzilgan boʻlsa ham, uni koʻchirma gap hisoblaymiz. Agar avtor gapining egasi ot bilan, koʻchirma gapning egasi kishilik olmoshi bilan ifodalangan boʻlsa, bunday gaplarning oʻzlashtirilgan shaklida avtor gapidagi ega va kesim saqlanadi, koʻchirma gapning egasi qaratqichli aniqlovchiga, kesimli –lik affiksini olgan sifatdosh bilan ifodalangan toʻldiruvchiga- qaralmishga aylanadi. Koʻchirma gapning birinchi shaxsidagi ega ba’zan batamom qoʻllanmaydi yoki uning oʻrnida oʻzlik olmoshi ishlatiladi.
Men kech chiqdim.
Biz kech chiqdik.
Sen kech chiqding
Salim aytdi
Siz kech chiqdingiz.
U kech chiqdi.
Ular kech chiqdilar.
Bu gapning oʻzlashtirma gap shakli:
Oʻzining kech chiqgani(lig)ni
Bizning kech chiqgan(lig)imizni
Karim sizning kech chiqgan(lig)ingizni aytdi.
Sizning kech chiqgan(lig)ingizni
Uning kech chiqga(lig)ini
Ularning kech chiqgan(lik)larini
Demak, bir koʻchirma gap bir necha xil oʻzlashtirma gapga aylanishi mumkin. Koʻchirma gapning kesimi oʻtgan zamon fe’li boʻlsa, oʻzlashtirma gapga aylantirishda bu kesmdagi shaxs-son, zamon affikslari-gan+lik+egalik affiksi+tushum kelishigi affiksi bilan almashtiriladi. Bu vaqtda koʻchirma gapning egasi qaratqichga aylanadi. Avtor gapining kesimi ham odatda, boshqa soʻz bilan almashadi:- Roʻzgʻorning birini ikki qilib yursa, shuning oʻzi katta davlat,-dedi chol-kampir.(Aymatov. Ch. 22-bet)26 Chol-kampir roʻzgʻorning birini ikki qilib yurishi katta davlatligini aytdi. Koʻchirma gapning kesimi –gan affikisini tarixiy oʻtgan zamon fe’li bilan ifodalansa uning zamon qoʻshimchasi saqlanib, faqat shaxs qoʻshimchasi tushib qoladi: -Bu yil koʻp paxta terganman,- dedi qiz. –Qiz bu yil koʻp paxta terganligini aytdi. Koʻchirma gapdagi fe’l qoʻshma holda boʻlsa (fe’l+toʻliqsiz fe’l shaklida tuzilgan boʻlsa), uning kiyingi elimenti yuqoridagicha oʻzgaradi: Kecha nachalnikka qoʻngʻiroq qilmoqchi edi, ayasi bobillab berdi: Nima qilasiz podadan oldin chang chiqarib! Melisa gunohi boʻynida ekanki, tipirchilab qopti demaydimi! (Oʻ. Hoshimov “Tushda kechgan umrlar” 16-bet). –Kecha nachalnikka qoʻngʻiroq qilayotganda onasi podadan oldin chang chiqarmasligini, melisa gunohi boʻynidaligini bilib tipirchilayapti deb oʻylashini aytdi.Koʻchirma gapni oʻzlashtirma gapga aylantirishda faqat fe’l kesimning oʻzgarmay, egalik qoʻshimchasini olgan soʻz va kishilik olmoshi bilan ifodalangan boʻlaklar ham oʻzgaradi.- Mening ukam Toshkentda oʻqiydi, -dedi usta. –Usta ukasining Toshkentda oʻqiyajagini aytdi. Boshqa boʻlaklarda bu xildagi oʻzgarish deyarli sezilmaydi: -Kecha keldim,-dedi Karim. –Karim kecha kelganligini aytdi. Koʻchirma gapning kesimi hozirgi zamon fe’li bilan ifodalanadi:a) –yotir, -yapti affiksli formalar oʻrnida yot+gan(lik)+egalik affiksi+tushum kelishigi qoʻshimchasini olgan soʻz ishlatiladi: Gʻoʻzalarimiz barvaqt gullayotir,-dedi chol.-Chol gʻoʻzalarning barvaqt gullayotganini aytdi. b)-moq+da affiksli fe’l kesim esa stilistik talabga muvoffiq ba’zan –yotgan(lig)ini formasida, ba’zan moq+da ekan formasi ishlatiladi.d)-a, -y affikslari bilan yasalgan hozirgi kelasi zamon fe’llari gapning mazmuni koʻproq hozirgi zamon bilan bogʻliq boʻlganda, -yotgan(gan)ini formasida, kelasi zamonga bogʻliq boʻlganda, -(a)jak(lig )ini yoki–moqchi ekanligini formasida qoʻllanadi. Demak, koʻchirma gap qanchalik murakkab boʻlsa, uni oʻzlashtirma gapga aylantirish uchun ham shunchalik qiyinlashadi.
Ko`chirma gap o`zlashtirilma gapga aylantirilganda, ko`chirma gapli qo`shma gap sodda gap shaklini oladi. Haydarov otadan so`radi: «Qayergacha quvib bordingiz?» - Haydarov otadan qayergacha quvib borganligini so`radi.
Ko`chirma gap quyidagi shakliy o`zgarishlar bilan o`zlashtirma gapga aylanadi:
• darak gap shaklidagi ko`chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to`ldiruvchiga aylanadi: “Qo`li gullar cho`lni bo`ston etar”, - dedi bobom. – Bobom qo`li gullar cho`lni bo`ston etishini aytdi.
• ko`chirma gapning egasi o`zlashtirma gapda qaratqich aniqlovchiga aylanadi: Bola dedi: “O`zim ham boshqa mamlakatdan kelib qolganman”. – Bola o`zining boshqa mamlakatdan kelib qolganligini aytdi.
• muallif gapining kesimi – dedi - o`zlashtirma gapda – aytdi – so`zi bilan almashtiriladi: “Kitob – aqlning kaliti”, - dedi o`qituvchimiz. – O`qituvchimiz kitobning aql kaliti ekanligini aytdi.
• muallif gapining egasi ko`chirma gap egasi bo`lib, gap boshida keladi: “Asli ismim Akramjon”, - dedi yigit. – Yigit asli ismi Akramjon ekanligini aytdi.
• so`roq, buyruq shaklidagi ko`chirma gaplar o`zlashtirma gapda darak gapga aylanadi: O`ktam so`radi: “Qanday yangiliklar bor?” - O`ktam qanday yangiliklar borligini so`radi.
• ko`chirma gap tarkibidagi undalma o`zlashtirma gapda chiqish kelishigi shaklidagi to`ldiruvchiga aylantiriladi: “Nodira, bugun biznikiga kelmaysanmi?” - deb so`radi Fotima. – Fotima Nodiradan bugun ularnikiga kelishini so`radi.
• ko`chirma gap tarkibidagi undov, kirish so`zlar tushirib qoldiriladi: “Etib keldik, shekilli”, - dedi Ochil. – Ochil yetib kelishganini aytdi.27
Do'stlaringiz bilan baham: |