1-bob.Oʻzbek tilida qoʻshma gap haqidagi sintaktik nazariyalar tahlili
Tilshunoslik fani taraqqiyoti hozirgi davrgacha tilning ichki sistemasi muammolari atroflicha oʻrganildi. Bunday ulkan yutuqlarni umumiy tilshunoslik doirasida ham, xususiy tilshunsliklarda ham bemalol kuzatish mumkin. Bu davr ichida til birliklarinng formal-struktur tahlili, semantik va funksional tahlillari bobida samoqli ilmiy natijalarga erishildiki, bunday muvaffaqiyatlar barchamiznikidir.
Oʻzbek tilshunosligida ham til ilmining har bir sohasida fundamental tadqiqot ishlari bajarilganini koʻramiz. Bunda tilshhunos olimlarimizdan F.Kamol, U.Tursunov,F.Abdullayev,A.Gʻulomov,A.Rustamov, Gʻ.Abdurahmonov , M.Asqarova , A. Hojiyev, X.Doniyorov , Sh. Rahmatullayev, A.Abduazizov , A.Nurmonov, H.Ne’matov , N.Mahmudov va boshqalarning ulushlari samarali boʻldi.
Biroq barcha fanlar singari tilshunoslik fani ham doim tarqqiyotdadir. Shu bois tadqiqotlarmiz kun tartibiga yangi –yangi uommolar qoʻyilaverishi oʻziga xos qonuniyatdir. Shunday boʻlmas ekan , fanda oʻsish ham , taraqqiyot ham boʻlmaydi.
Aytish lozimki, tilshunosligimizda hozirgi davrgacha “til va nut” dixotomiyasining birinchi komponenti atroflicha oʻrganildi. Uning ikkinchi muchasi , ya’ni nutq bilan bogʻiq boʻlgan muammolar tadqiqi tilshunoslarimiz nazarida chetda qolib keldi yoki mazkur masalaga yetarli e’tibor berilmadi.
Bunday muammolarda yana biri “qoʻshma gap” tushunchasi bilan uzviy bogʻliqdir. Bizningcha “qoʻshma gap” terminining qoʻllanilishi maqsadga nomuvofiqdir, zero, mazkur termin iste’molda boʻlar ekan, til birliklarining iyerarxik munosabatlarini taqozo etuvchi sistema qonuniyatiga putur yetkazilishi tabiiydir. Boshqacha aytganda, gap matn tarkibida funksional faollik ololadi , “qoʻshma gap” tushunchasi esa gap ikkinchi bir gapning ichida funksional faollik oladi , degan gʻaliz xulosaga kelishimiz uchun imkon yaratadi. Vaholanki gap, gap ichida emas, balki matn sathida funksional faollik oladi. Shu bois til birliklarining iyerarxik munosabati masalasiga jiddiy e’tibor berish va bu haqidagi nazariyani qayta koʻrib chiqish lozim koʻrinadi.
Shuni ham aytish lozimki, “qoʻshma gap” terminining qoʻllanilishi bilan bir qatorda, tilshunoslikda “murakkab butunlik” tushunchasida ham foydalanilib kelinmoqda.Masalan , hozirgi rus tilshunosligida “slojnoye seloye” termini ham qoʻllaniladi. Bizningcha, mazkur terminning ishlatilishi har tomonlama maqsadga muvofiqdir, zotan , murakkab sintaktik butunlik tushunchasi matn mazmuniga birmuncha yaqinroqdir.
Jahon tilshunosligida bugungi kunga qadar bogʻlangan hamda bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarga qaraganda ergash gapli qoʻshma gaplar ancha mukammal oʻrganilganligi koʻramiz. Bunday holat oʻzek tilshunosligida am kuzatiladi. Shu bois tadqiqotimiz mavzusi sifatida teng kompanentli murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi tanlandi. Sintaktik derivatsiya nazariyasiga murojaat etishimizning asosiy sababi, mazkur nazariya til unsurlarining nutqqa koʻchirilishi muammosi bilan chambarchas bogʻliq ekanligidadir. Tilning nutqqa koʻchirilishi , albatta, hozirgi tilshunosligimizning oʻta dolzarb masalalaridan biridir , zotan, bu jarayon tilning barcha sathlari unsurlarining kesishish nuqtasini va ularga soʻzlovchi munosabatini taqozo etadi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |