Xulosa
Til – hamisha harakatda. Jamiyat tildan foydalanilar ekan, u oʻsib, yangi
qirralarni namoyish etib boraveradi. Yangi soʻz qatlamlari vujudga keladi, eskilari
nutqiy jarayondan chetlashadi. Bu esa tilshunoslar zimmasiga doimiy izlanishni,
yangiliklarni kashf etishni yuklaydi. Tilshunoslikda
daraja kategoriyasi
deb
belgining bir-biriga qiyosiy, orttirma, kamayish munosabatlarini koʻrsatuvchi shaklga
aytiladi. Belgi bildiradigan soʻzlarda, belgi darajalab koʻrsatiladi. Belgini darajalab
koʻrsatuvchi maxsus grammatik shakl, grammatik ma’no, grammatik vosita,
grammatik xususiyatlari mavjud, ular daraja kategoriyasi ostida birlashadi. Yuqorida
sifatning daraja kategoriyasi borasida ozmi-koʻpmi izlanish qildim. Shu jarayonda
amin boʻldimki, tilshunos hamisha ilm talab qilishi, izlanishdan toʻxtamasligi lozim.
Sifatdagi daraja kategoriyasini oʻrganish, uni isloh qilish soha rivojini oshiradi. Sifat
turkumidan boshqa turkumlar darajalanish xususiyatiga ega boʻlgan soʻzlar uchun
ham bu borada olib borilgan ilmiy va amaliy ishlar birdek zaruriy sanaladi. Chunki
darajalanishni, daraja kategoriyasini bir idish deb olsak, unga bir xil xususiyatga ega
boʻlgan turli mahsulotni solish mumkin. Ya’ni belgi bildiruvchi va darajalanish
xususiyatiga ega boʻlgan soʻzlarni bir xil xususiyat ostida birlashtirsak, ularning
barchasi bir xil darajalanadi. Sifat turkumidagi soʻzlar qanday darajalarga ega boʻlsa,
ravish ham shunday daraja oladi.
Darajalanishni bilish va undan nutqda keng foydalana olish unchali ahamiyatli
koʻrinmasa-da, aslida bu ham suxandon nutqining ma’lum darajada ta’sir quvvatini
oshiradi. Nutqdagi emotsionallikka xizmat qiladi. Daraja kategoriyasida hamma
soʻzlovchilar hamma yerda foydalanishadi. Ammo faqat fan sohasi bilan
shugʻullanadigan fan vakillarigina buni ilmiy tahlil qilishadi.
Kurs ishi davomida oʻrgangan adabiyotlar, koʻrib chiqilgan fikrlar, olingan
ma’lumotlar va qilingan ilmiy xulosalar asosida sifatdagi qiyosiy darajani ozaytirma
darajaning tarkibiy qismiga kiritishni afzal bildim va buni boshqa turkundarajalanish
xususiyati ega soʻzlar uchun ham birdek taalluqli deb hisobladim. Yuqorida aytib
oʻtilganidek, -roq qoʻshimchasi bilan hosil qilingan darajadan yuzaga chiqadigan
17
Nurmonov A., Sobirov A., Yusupova Sh. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – T.: 2010. 126-b.
28
ma’no va ozaytirma darajadagi ma’na aytarli, bir xil. Shunday ekan, ularni bir
guruhga kiritish mumkin.
Tadqiqot ishining yoritilishida quyidagilarni asos qilib belgilaymiz.
1.
XX-XXI asrlardagi adabiyotlarni oʻrganish va solishtirish orqali daraja
kategoriyalarining muhim xususiyatlarini oʻrganish mumkin.
2.
Sifat darajalari boʻyicha olimlarda turli xil qarashlar mavjud boʻlib, ular
darajalarni 2 tadan 5 tagacha ajratganlar.
3.
Sifat darajalari koʻplab olimlar fikriga va ilmiy dalillarga koʻra 3 turga
boʻlinadi.
4.
Oddiy daraja
hech qanday vositasiz yuzaga chiqadi. Unda OK UGMsi
«belgining oltiq-kamligiga munosabat bildirmaslik») tarzida yuzaga chiqadi:
(yaxshi)
,
(qattiq), (semiz)
,
(keng)
,
(baland),
(to 'gʻri). (yumshoq)
kabi.
5.
Orttirma daraja
belgining me'yoriy holatdan ortiqligi, kuchliligini ifodalab, OK
UGMsini «belgining me'yordan ortiqligini ifodalash” tarzida xususiylashtiradi.
Orttirma daraja maxsus morfologik shaklga ega emas. OK ifodalovchisining
geterogenligi ushbu darajada yaqqol koʻzga tashlanadi.
6.
Qiyosiy daraja
esa ikki belgining bir-birida ortiq yoki kamligini ifodalab, OK
UGMsi “belgining boshqa bir belgiga nisbatan kamligini ifodalash” tarzida
xususiylashtiradi. Qiyosiy daraja -roq qoʻshimchasi orqali yasaladi. . Ozaytirma
darajani ham qiyosiy darajaning bir qismi deb hisobladim, va ular ichki
guruhlarga boʻlinishi mumkin. Ammo har ikalasida ham biror bir
belginingnisbatan kam ekanligi ifodalanadi.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |