O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/122
Sana01.01.2022
Hajmi2,97 Mb.
#297994
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   122
Bog'liq
wzzVRtjXaqtawYSsjn36umLR9G9UQozSJRDSuvji

4.  ELEKTR UCHQUNI  LEGIRLASH 
 
4.1. Elektr uchqunli ishlov berishning fizikaviy asoslari 
 
Materiallarni  elektr  uchqunli  ishlov  berish  usullariga    elektroerozion  va 
elektruchqunli    usullar  kiradi,  bular    asosida  materiallarga  yuqori  konsentrasiali 
energiya  va    modda    oqimlarini  tasir  etish    jarayonlari    yotadi.  Barcha  elektr 
uchqunli  ishlov  berish    jarayonlari  quyidagilarga    asoslangan.  Elektrodlarning  
yaqinlashishi  bilan  ular  orasidagi  elektr  maydonni  kuchlanishi  oshadi  va  ma'lum 
bir masofada bu kuchlanish uchqunli elektr razryadni paydo bo'lishi uchun yetarli 
bo‟ladi.  Vujudga  kelgan  o'tkazuvchan  kanal  orqali    elektronlar    oqimi  anodning 
qattiq    metall  yuzasiga  uriladi.  Elektronlarning  kinetik  energiyasi  anod  sirtida 
issiqlik  energiyaga  o‟tadi.  Anod    yuzasidagi    temperatura    katod    yuzasidagi 
temperaturadan  sezilarli  darajada  oshib  ketadi,  natijada  uchqunli  jarayonda  qutb 
hodisasi, ya‟ni  anod katodga qaraganda ko‟proq yeyilishi vujudga keladi. 


86 
 
Tizim to'plangan elektr energiyasini birdaniga chiqarishi tufayli, tok  zichligi 
kritik    qiymatlardan  ancha  oshib  ketadi.
 
Natijada,    harakatlanayotgan  anoddan  
ajralgan  erigan  metall  tomchilari  katodga  qarab  yo‟naladi.    Elektrodlar    orasida 
uchib  borayotgan  metal    tomchilari        yuqori  temperaturagacha      qizib,  qaynab 
ketadi  va  portlab,  parchalanadi.  Tok  zanjiri    uziladi,  elektr  maydonning  siquvchi 
kuchlari  yo'qoladi  va  zarrachalar  keng    maydonga    sochilib  ketadi.    Natijada, 
asosan  anod  zarrachalar  iborat  bo‟lgan  eroziyalangan  oqim  shaklanadi. 
Jarayonning    keyingi    bosqichlari    elektroerozion  va  elektrouchqunli    legirlovchi  
tizimlarida har xil kechadi. 
 
Elektroerozion  ishlov berish  jarayonida uchqun dielektrik suyuqlikda hosil 
bo‟ladi,  bu  bir  tomondan,  uchqun  razryadining    quvvatini    oshiradigan    razryad 
kuchlanishini  oshiradi,  ikkinchi  tomondan,    eroziya  zarrachalarini  elektrodlar 
orasidan  yuvib  tashlaydi.  Anod  yuzasidagi  erosion  emirilish  katod  yuzasiga 
qaraganda  faolroq  boladi,  bu  jarayon  elektrod  materialning  fizikaviy  va  elektrik 
xusussiyatlarini 
tanlash 
orqali 
yanada 
kuchaytiriladi. 
Elektroerozion 
ishlovberishning  ish  unumi  materialning  mustahkamlik  xususiyatlariga  bog‟liq 
emas. Shu sababli, bu usul sovuq holda kesib ishlab bo‟lmaydigan olovbardosh va 
qiyin kesib ishlanadigan tok o'tkazuvchan  materiallarni  qayta ishlashda samarali 
qo'llanilishi    mumkin.
 
Elektroerozion  ishlov  berish  to'g'ri  qutublanishda  olib 
borilsa, ya‟ni elektrod - asbob  anod, ishlov berilayotgan homaki  katod bo'lganda,  
eng  qalin  qatlam  olib  tashlanadi.  Teskari  qutublanish,  sirtlarning  yuqori  sifatiga 
erishish uchun  tozalab  elektroerozion  ishlov  berishda  qo‟llaniladi.  Elektroerozion 
jarayonini  boshqarish  degani,  elektrod  orasidagi  tirqishning  doimiyligini  va 
elektrodlar  bir-biriga  tegib  ketmasligini  ta'minlash  nazarda  tutiladi,  aks  holda 
uchqunli razryad youli razryadga o‟tib ketishi mumkin. 
Elektrouchqunli  legirlash    (elektrouchqunli  puxtalash)  da  ko'pincha  to'g'ri 
qutblanish ishlatiladi. Elektrouchqunli legirlash uchun standart qurilmaning sxemasi  
4.1 rasmda keltirilgan. Puxtalanayotgan buyum katod “2”, legirlovchi  elektrod esa 
anod “1”.  RC generatori “3” dagi kondensatorlar  zaryadsizlanganida anod va katod 
orasida  elektr uchqun hosil bo'ladi, generatorning kondensatorlari tok to‟girlagich 
va  stabilizator  “4”  orqali  zaryadlanadi.  Bu  sxema  o‟zgaruvchan  220V  tokda  
ishlaydi.  
 
 
4.1rasm. Elektrouchqunli legirlash qurilmaning elektrik sxemasi 
 
Eroziya natijasida paydo bo‟lgan zarrachalar asosan anod materialidan iborat 
bo'lib, elektrodlar orasidan o‟tadi va katod  yuzasiga qisman o‟tiradi. Hosil bo‟lgan 
qoplama  buyum  yuzasining  ishlatishdagi  ko‟rsatkichlarini  oshiradi.  Anoddan 


87 
 
chiqayotgan  oqim  shakllanib  bo‟lgandan  keyingi  elektrouchqunli  legirlash   
jarayonining o'ziga xos xususiyatini batafsil ko'rib chiqamiz

Anoddan  chiqayotgan  oqim  elektrodlar  orasidan  katod-buyum  yuzasiga 
qarab  o‟tayotganda,  legirlovchi      elektrod  va  puxtalanayotgan  detal  orasidagi  
qoldiq  elektr  maydoni    ta'sirida  yanada  tezlashadi  va  qizib  ketadi.
 
Anoddan 
chiqayotgan  zarrachalar  elektrodlararo  muhit  va  eroziya  tasiridagi  katod-modda 
materialining uchuvchan zarrachalari bilan fizik-kimyoviy o‟zaro ta'sirga kirishadi. 
Katod  sirtiga  o‟tirish  paytiga,  elektr,  kinetik  va  issiqlik  energiyaga  ega 
bo‟lgan eroziya zarrachalari puxtalanayotgan yuzada yuqori zichligka ega bo'lgan 
issiqlik impulsi shaklida ajralib chiqadi

Legirlovchi   elektrod va puxtalanayotgan  
detal bir-biri bilan kinematik bog'lanishda  bo'lganligi uchun, eroziya zarrachalari  
buyum  sirtiga  o‟tirgandan  keyin  puxtalanayotgan  sirt  davriy  xarakterga  ega 
bo‟lgan    kontaktli  deformatsiyaga  duch  keladi.
 
Legirlovch  elektrod  va 
puxtalanayotgan  sirt o'rtasidagi  o'zaro  ta'sirning har bir harakati paytida  mikro-
lokal    adgezion  aloqalar    hosil  bo'lib,  darhol    yo'qoladi,  bu    modifikatsiyalangan  
qatlamning    plastik  deformatsiyasini  va  mexanikaviy  massa  ko‟chishini  keltirib 
chiqaradi.  Zichligi  yuqori  bo‟lgan  energetik  ta‟sir  elektruchqunli  legirlashga  mos 
energiya  va  massa  ko‟chishlarining    mikroometallurgiya,  konvektsion-diffuziya 
jarayonlarini qo‟zg‟atadi. 
 
Puxtalangan  yuza  quyidagi  kompozitsion  tuzilishga  ega  (4.2  rasm).  Eng 
yuqori  qatlam  “1”  yupqa  plyonkali  yahlit  yoki  orollar  ko‟rinishdagi  qismlardan 
tashkil 
topgan 
bo‟lib, 

legirlovchi 
anod 
materialdan, 
katodning  
modifikatsialashgan    elementlaridan  va  elektrodlararo  muhit  materialdan  iborat. 
Yuqori  qatlamning yahlitliligi yuzani puxtalash  sharoitlari va rejimlariga bogliq. 
Yuqori  qatlamning  tagida  “2”  zona      joylashgan,  u  puxtalanayotgan    yuzaga 
kondensatsiya  natijasida  o‟tirgan  ion-plazma  va  tomchilar  fazalaridan  iborat 
bo‟lgan  anod  va  katod  materiallar  aralashmasidir.    Keyingi  qatlam  bu 
puxtalanayotgan  matrisa  -  buyum  “3”  sirtiga  diffuziya  natijasida  legirlovchi 
elektrod elementlarini singib borishidan hosil bo‟lgan qatlamdir. Undan pastda “4” 
termik tasir zonasu (TTZ) joylashgan, u boshlangich strukturadan issiqlik  impulsi  
tasirida,  isiqlik    o‟tkazuvchanligi    hisobiga    tez    sovitish  natijasida  hosil  bo‟ladi. 
TTZ  (termik    tasir  zonasi)  yuqori  zichlikdagi  dislokasiyalar  va  boshqa  kristal  
buzilishlardan  tashkil  topgan  toblangan  strukturadir,  u  yuqori  mikroqattiq  bilan 
ajralib  turadi.  Termik  tasir  zonasi  asosiy  materialning    strukturasi  “5”  ga  silliq 
o‟tadi.  Elektro  uchqunli    legirlash    rejimlarini  o‟zgartirish    hisobiga,    har  bir 
qatlamlarning  puxtalanish  miqdori  va  darajasi    keng  diapazonda  o‟zgartirilishi 
mumkin,  bunda  eng  yuqori  qalinlik    TTZ  sida  bo‟ladi.  Modifikasiyalangan  
qatlamning  umumiy qalinligi 250…500  мкмga yetishi mumkin, bunda  bevosita 
puxtalanayoptgan yuzaga o‟tirgan qatlam qalinligi  150…200 мкм dan oshmaydi. 


88 
 
 
 
 4.2. rasm. Elekto uchqunli  legirlangan yuza qatlamining strukturasi. 
 
Tribotehnik  tizimlarda    puxtalangan    sirt    strukturalarning  ishlatishda  ustki 
qatlam  jismlarning  tegib  turish  sharoitlarini  belgilaydi  va  bu  qatlam  faqat 
boshlang‟ich,  ishqalanayotgan  detallar  bir-  biriga  moslashish  vaqtida  o‟zining 
himoyalash  vazifasini  bajaradi.  Ishlab  ketgan  keyin  tribologik  birikmalarning  
pastki  qatlamlari  ishqalanishdagi  chidamliligiga  javob  beradi  va  puxtalangan 
sirtning buzilmasdan ishlash davomiyligini belgilaydi. 
Elektro    uchqunli    legirlash    jarayoning    asosiy    energetik    tavsifi  -    bu 
birlamchi  uchqun    razryadining    energiyasi  hisoblanadi  va    u  umumiy  holatda 
quyidagi formula bilan aniqlanadi:  
 




Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish