O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti


Yangi so‘zlarni kiritish metodlari



Download 226,86 Kb.
bet7/32
Sana20.04.2022
Hajmi226,86 Kb.
#565715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
arab tilini oqitish metodikasi

Yangi so‘zlarni kiritish metodlari


Yangi so‘zlarni kiritish usullari qanday bo‘lishi lozim? Bu savol barcha o‘qitish jarayonlari uchun muhim hisoblanadi. Yangi so‘zlarni rasional kiritish orqali biz quyidagilarni tushunamiz:



  1. Yangi so‘zlar keskin ravishda cheklangan miqdorda kiritilishi lozim. 3-4- sinflarda bir dars uchun 5-7 dan ortiq bo‘lmagan so‘zlarni, keyinroq o‘quvchi ongiga og‘irlik qilmasligi va bu holat doimiy davom etishi uchun 8-12 tadan ko‘p bo‘lmagan so‘zlarni bir dars davomida berib borish lozim. Bir dars davomida

berilgan so‘zlarni keyingi darsda takrorlash yana ham afzalroqdir (yana ham yaxshi natija beradi).

  1. Yangi so‘zlar doimo boshqa so‘zlar bilan, (yoki) tekst yoki ma’no jihatidan birlashgan so‘zlar guruhi bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘lishi lozim.

  2. Yangi so‘zlar chindan ham kerakli (zarur) va dolzarb bo‘lishi kerak. Lug‘atning kengayishi dastlab kiritilgan, ko‘p qo‘llaniladigan hamda barchaga majburiy bo‘lgan so‘zlarning yo‘q qilib borish evaziga amalga oshiriladi.

  3. Yangi so‘zlarni qabul qilish o‘quvchining yosh xususiyatlariga muvofiq kelishi lozim.

O‘qitishning dastlabki yillaridagi o‘zlashtirilgan so‘zlar tematikasi quyidagichadir:

  1. Eng oddiy maishiy masalalari (bu yerda: mavzulari): sinfxonalar, maktab, oila, tabiat (yil fasllari, ob-havo, landshaft elementlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida ma’lumot), ona shahar, sport va o‘yinlar, ustaxona buyumlari (bu yerda: masterskaya lug‘atda ishxona, ustaxona), maktab hovlisi va qishloq xo‘jaligida ish, dunyo mamlakatlari, kino, radio, oynai jahon.

  2. Kundalik muloqot formulalari: salomlashish, xayrlashish, iltimos va uning javobi, murojaat, minnatdorchilik, uzr so‘rash, taklif etish, tanishish, tabriklash.

V) His-tuyg‘u va modalnost (lug‘atda: so‘zlovchining nutqi mazmuniga munosabatni bildiradi), ta’kidlash, ma’qullash va qoniqish, tanbeh va qoniqmaslik, hayratlanish, ishonchlilik, ikkilanish, zaruriylik.
Yangi so‘zlarni qaysi usul bilan kiritish lozim? Bevosita usul bilanmi yoki bilvositami? Bu xususda ilgaridan beri munozaralar davom et(ib kel)adi: mazkur savol XX asrning 80-yillarida ko‘tarilgan edi, xalqaro Parij chet tillari o‘qituvchilar(i) kongresi (1930 y) ham bu masalani kun tartibiga kiritib aniq bo‘lmagan natijaga erishdi: barcha usullar agar (ko‘zlangan) natijaga olib borsa, yaxshi va to‘g‘ridir degan xulosa bilan munozaraga nuqta qo‘yish lozim.
Chet tillarini o‘qitishning avvalgi metodikasida tarjima qilish so‘z ma’nosini ochishdagi eng asosiy usul hisoblanar edi. Chet tilini o‘rganish o‘rganilayotgan tildan o‘z tiliga yoki aksincha usul bilan tarjima qilish orqali amalga oshirilar edi. XIX asr oxirida bir qator metodist (mutaxassis)lar quyidagi holatni o‘rtaga tashladilar: “Yangi chet tilidagi so‘zni o‘z tiliga tarjima qilishda biz yo‘l hosil qilamiz: chet tili so‘zi-o‘z tilimizdagi so‘z-tabiiy va bevosita bo‘lmagan deb ko‘rilgan tushuncha; yagona tabiiy yo‘l o‘laroq chet tilidagi so‘z –bevosita assotsiatsiya o‘rtacha bo‘lmagan tushuncha, ya’ni yo‘ldir”.
Bu fikr ongning real jarayonlariga mavofiq kelmaydi. Ona tilining bosqichma- boskichini bosib o‘tish, har holda o‘qitishning dastlabki yillarida mumkin bo‘lmagan holat. Zero kishi o‘z tilida fikr yuritadi va chet tilini ona tili yordamida o‘rganish usiz o‘rganishdan anchagina o‘rinlidir.
“Bevosita” metodi XIX oxiri XX asr boshlarida so‘z ma’nosini ochish usulida ona tilini chetlagan holda, uning yordamisiz o‘rganish kabi juda ko‘plab seriyalar paydo bo‘lishiga olib keldi. Bunday usullar (seriyalar) orasida ko‘rgazmali qurollar, narsani ko‘rsatib namoyish qilish (usuli) birinchi o‘rinda turadi.
Biz tamoman qarama-qarshi nuqtai nazarga asoslandik -- yangi so‘z ma’nolarini ochishda ona tilimiz bizning do‘stimizdir. U biz uchun doim asosiy
yordamchi, ko‘rsatish orqali tushuntirib bo‘lmaydigan yoki boshqa usullariga tushmaydigan so‘zlar ma’nosini ochishdagi tabiiy yo‘ldir.
Tarjimaga ruxsat berish (tarjimani qabul qilish) bilan birga biz tarjima qilinmaydigan, ko‘rgazmali usulni ma’no ochishdagi to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaymiz.
Tarjima qilinmaydigan semantizatsiyani qabul qilishning barcha usullari – kartinkalar, buyumlar va harakatlar namoyishi, sinonim va antonimlarni qo‘llash- yagona umumiy xususiyatga egadir: ular o‘quvchining tafakkuri va topqirligini uyg‘otadi, ya’ni mazkur xususiyatlarni faollashtiradi, eshitilgan birinchi so‘zlar ma’nosini tushunish uchun iroda va diqqatni jamlashga majbur etadi. Albatta, bu usulga to‘laqonli ishonib bo‘lmaydi. Shunday hollar ham bo‘lganki, xatto oddiy, konkret so‘zlar to‘g‘ri tushunilmagan.
Bundan quyidagi prinsiplar kelib chiqadi:

  1. Biror buyumni namoyish etganda uni aniq, yaqqol, keskin ishora bilan tushuntirish.

  2. Hech qachon birgina usul bilan cheklanib qolmaslik; doimo bir necha usuldan foydalanish.

  3. Yangi so‘zni ona tiliga tarjima qilish orqali tushunishni nazorat qilish. Bu tarjima o‘qituvchidan farq qilmasligi lozim.odatda u o‘z-o‘zidan ....

So‘zning tushuntirlishini tinglab, tasvir yoki buyumni ko‘rib o‘quvchilar so‘zning ona tilidagi ma’nosini baralla aytadilar. Agar bunday reaksiya kuzatilmasa, o‘qituvchi ulardan so‘rashi kerak: “Bu ona tilimizda nimani bildiradi?” javob bo‘lmagan taqdirda o‘zi tarjima qilish lozim bo‘ladi.
So‘zlarni mustahkamlashda quyidagilarni yodda tutish lozim:

  1. Berilgan so‘z mashqda qancha ko‘p uchrasa, shuncha ko‘p yodda qoladi.

  2. Yangi so‘zni kiritayotganda, uni tushunish va tez-tez qo‘llash zarur.

Har bir darsda yangi so‘zlarni alohida daftarga-lug‘at daftarga yozib olish zarur. Goh-goh (bir oyda ikki martadan kam bo‘lmagan holda) o‘qituvchi umumlashtiruvchi darslarni olib borishi lozim, unda o‘quvchilar o‘zlarining yodlagan so‘z zaxiralarini qaytarishlari ko‘zda tutiladi. Bunday darslarda o‘qituvchi o‘quvchilarning barcha so‘z zaxiralarini harakatga keltira olishi maqsadga muvofiq keladi. Buning uchun balki barcha yod olingan so‘zlarni doskaga yozish yoki sukut saqlagan holda musobaqa qilish, 20 daqiqa ichida kim ko‘proq so‘z yozadi. Yozilganlar yuyuzasidan so‘roq o‘tkazish lozim bo‘ladi. Bular tezgina qisqa tarzda o‘tkaziladigan majlis (“letuchek”) xarakteriga ega bo‘lishi kerak. Mazkur so‘roq o‘tkazish darslari lug‘atdagi katta hajmdagi so‘zlarni o‘z ichiga olmasligi shart, unda so‘nggi 2-3 darsda o‘zlashtirilgan so‘zlar yuzasidan bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Download 226,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish