Ma’ruza № 1
Metodika predmeti. Sharq tillarini boshqa ilmlar bilan o‘qitish aloqalari
Darsning o‘quv maqsadi: sharq tilini o‘qitilishining butun ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati, matodika fan sifatida, O‘zbekiston milliy maktablarida sharq tillarini o‘qitishning ahamiyati, sharq tillarini o‘qitish matodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, mazkur fanning taraqqiy etishiga ta’sir etuvchi omillar, o‘quv jarayoni, umumiy va juz’iy metodika haqida tushuncha berish.
Tayanch iboralar:
metodika – usul;
metodika predmeti;
chet tilini o‘rganishga ehtiyoj;
umumdidaktik prinsiplar;
chet tillarini egallashga layoqat;
chet tillarini o‘qitish vositalari;
umumiy metodika;
juz’iy metidika.
Asosiy savollar:
Sharq tillarini o‘qitish nazariyasining dolzarbligi
Metodika ilm sifatida
Milliy maktablarda sharq tillarining o‘qitilishi
Sharq tillarini o‘qitishga metodikasining taraqqiy etishiga ta’sir etuvchi omillar
Barchamizga ma’lumki, kunimizda ta’limning roli jamiyatda muntazam o‘sib bormoqda. Bugun har bir yosh o‘rab turuvchi material dunyoni tushunishga, anglashga, bilimlar oshirishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga har bir o‘rta maktab o‘quvchisi yoki oliy bilim yurti talabasimaksimal darajalagi qisqa vaqt ichida minimal darajada material va eneregetik kuch (iqtisodiy va jismoniy jig‘atdan ozgina harakat qilgan holda) muvofiq tarzda bilim va malakaga ega bo‘lishni istaydi.
Bu holat ayniqsa chet tilini o‘rganishga tegishli bo‘lib, bu sohani o‘rganish bizning respublikamizda ixtiyor asosida chet tilini o‘rganish bilan shug‘ullanilayotgan o‘rta ta’lim maktablarda, akademik litseylarda, kasb-hunar kollejlarida, barcha oliy o‘quv yurtlarida, aspiranturalarda, ko‘psonli kurslarni aytmaganda, o‘rnak bo‘larli (bo‘lgulik) darajada amalga oshirilmoqda.
Bu ishda o‘qitish nazariyasining roli katta ekanligini xulosa qilish qiyin emas, zero “nazariyasiz pedogogik amaliyot azayimxonlikka aylanadi”.1
O‘qitish nazariyasi masalasiga faqatgina bizning kunimizda jiddiy ravishda e’tibor berila boshlandi deb ta’kidlash noto‘g‘ri bo‘ladi. O‘qituvchilar avvalari ham foydali metodik tavsiyalarni tadqiq etishga harakat qilganlar, lekin u davrlarda ilm ufqlari nihoyatda jonsiz bo‘lgan........ shu bois chet tilini o‘qitishda birinchi o‘rinda urg‘u amaliy faoliyatga, asosan esa o‘qituvchining shaxsiga berilardi.
1 К. Д. Ушинский (1824-1870) рус педагоги, демократ
Yaqin kunlargacha A. Peshnola hikmatlariga asosan pedagogikada yomon metod ham, yaxshil metod ham yo‘q, faqatgina yomon yoki yaxshi pedagoglar mavjud degan fikr ustuvor edi. Mana shu orqali o‘qitish nazariyasi bilimi to‘laligicha inkor etilardi. Lekin o‘qituvchining tilni yaxshi bilish o‘z-o‘zidan o‘quvchiga o‘tishi hammaga ma’lum, agar u mutaxassislarcha bilimga ega bo‘lmasa, agar ..........
Yuqorida qayd etilganlar nazariya rolini oshirib yubormaydi ham, shaxsiy xarakter manosini susaytirmaydi ham. ikki bir xil talaba bo‘lmaganidek, ikki bir xil o‘qituvchi ham yo‘q.
Ko‘p yoki oz pedagogik faoliyatga layoqatli bo‘lganlar bor, jamoat bilan oson muomalaga kirishuvchilik qobiliyati bo‘lib, istalgan o‘quvchiga “sirli kalit”ni topa oladiganlar mavjudligiga shubha yo‘q. O‘qituvchilar, shunga ko‘ra turli insoniy chizgilari bilan qismlarga bo‘linadilar, lekin ular tashabbuskor bo‘lishlari, o‘z ishlariga loqayd bo‘lmasliklari lozim, ular o‘qitish nazariyasiga qiziqmaslik va o‘zlari o‘qitadigan fan metodikasini o‘rganmaslikka haqli emaslar. O‘qituvchining vazifasi – metodik qurollanganligini o‘stirishdir.
O‘qituvchining metodik qurollanganligi uning shaxsiyatiga qandaydir mavhum, mexanik qo‘shimcha ekanligi xatodir.
O‘qitiladigan fan metodikasini nazariy bilish – yuqori sifatli tokchada pokoyatsya qilib qandaydir o‘lik tabiatkabi o‘z mutaxassisi qo‘liga tushganda haqiqiy mz’jizlar qilishga qodir instrumentdir.
Shunday yo‘l bilan, tilga o‘qitish nazariyasini o‘rganish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning taraqqiy etishi uchun ijodiy foydalanish istisnosiz barcha maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun dolzarb vazifani shakllantiradi.
Zamonaviy o‘qituvchining metodik ta’minlanganlik ahamiyatini umuman olib ko‘rib chiqqach, sharq tillarini o‘qitish metodikasi mohiyatini tahlil qilishga o‘tamiz.
Sharq tillarini o‘qitish metodikasi chegaradagi ilmdir: bir tarafdan u o‘z kuchlarini oradagi fanlarga tayangan holda rivojlantiradi(bu haqida keyinroq); boshqa tarafdan esa u o‘z konsepsiyasini va qarorlarini qo‘llaydi.
Metodika fan sifatida 19 asr oxiri va 20 asr boshlarida shakllanadi, shuning uchun uning yutuqlari qiyosan oddiy (kamtar) ko‘rnadi, shunga qaramay, u fanning barcha asosiy u yoki bu mustaqil fanini shakllantiruvchi belgilarga ega. 1. nazariy asos. 2. tajribaviy baza. 3. tadqiqotlar o‘tkazish uchun ish maydoniga ega.
“Pedagogika” so‘zi pedagogik rejada ko‘proq uch ma’noda qo‘llanadi:
“Metodika” oliy o‘quv yurtida yoki maktabda nazariy kurs, o‘quv distiplinasi sifatida
“Metodika” shakllar., metodlar va o‘qituvchi mehnatining birlashuvi sifatida
“Metodika” bir tarafdan xarakteristikaga, istalgan fanga xos bo‘lgan , ikkinchi tarafdan umuman olganda tadqiqotning spesifik ob’ekti fanning mohiyati sifatida bo‘lganidek, unga egalik qilish yo‘li bilan shartlangan pedagogik fan sifatida
metodika haqida umuman o‘qitish nazariyasi sifatida so‘z yuritilganda, tadqiqot va izlanish ob’ekti birlashuvi (mushtarakligi)ni tashkil etadigan o‘quv
jarayonning asosiy komponentini ko‘rsatib o‘tish lozim. O‘quv jarayon komponentlarini sxema ko‘rinishida taqdim etish mumkin.
O‘quv jarayoni
o‘quv faoliyati tashkilot o‘quv faoliyat
o‘qituvchilar o‘qitish o‘quvchilar Sxemadan ko‘rinib turibdiki, o‘quv jarayonda harakat qildiruvchi kuch bo‘lib
ob’ektiv va sub’ektiv omillar xizmat qiladi. O‘qituvchining o‘qitish faoliyati va o‘quvchining o‘qish faoliyatini sub’ektiv omillarga kiritish lozim. metoda va qabul qilishni, shuningdek, o‘qitish vositalarini o‘ziga olgan o‘qitish (dars berish) tashkil qilish kiritiladi.
Barcha uchala komponentlarning o‘zaro to‘la ta’sirisiz o‘quv jarayoni effektiv bo‘la olmaydi.
Chet tilini o‘qitish metodikasi –bu o‘qitishning maqsadi, taokibi va vositalarini, shuningdek, chet tili materiali (usti)da o‘qish va tarbiyalash usullarini tadqiq etuvchi fandir.
Metodik konsepsiyalar evolyusiyasida tendensiyalar vujudga keldiki, ularga muvofiq tarzda nazariy qoidalar mukammallashib borardi. Bu nazariy qoidalarning bir tarafdan istalgan biror chet tilini o‘qitish metodikasi bilan, boshqa tarafdan esa muayyan chet tilini o‘qitish metodikasi bilan bog‘liqligi mavjuddir. Natijada ikki funksional jihatdan turli bo‘lgan metodikalar slojilis:
umumiy metodika
juz’iy metodika (maxsus)
Umumiy metodika nutq qaysi chet tili haqida bo‘lishidan qat’iy nazar, u tilni o‘qitish jarayonining qonunlari va xususiyatlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanadi.
Lekin o‘qituvchi muayyan chet tilining spesifik xususiyatlariga duch kelganida chet tilini o‘qitish umumiy qonunlarini(gina) bilish yetarli bo‘lmay qoladi. Mas., continuous fe’l shakllarini bilish faqatgina ingliz tiliga tegishlidir. Ma’lumki, u yoki bu til ritmikasi va musiqiyligida turli sezilarli farqlar kuzatiladi. Shunga o‘hshash barcha holatlarda o‘quchilarni u yoki bu tilning spesifik ko‘rinishiga muvofiq keluvchi usullarni tez bilishga olib kelish va takomillashtirish lozimdir. Mana shu chet tilini o‘qitish metodikasijuz’iy ob’ektlari hisoblanadi.
Bizning respublikamizda metodika 20 asrning 70-yillaridan e’tiboran, metodikaga oid masalalar O‘zbekiston Respublikasi olimlarning ilmiy ishlari qatoridan yoritila boshlagan bir vaqtda rivojlana boshladi. Ular orasida T. Eminova ning “O‘zbek maktabida ingliz talaffuzini qo‘yish”..........
Hozirgi kunda O‘zbekistonning o‘zbek tilli maktablarida 6 sharq tillarini o‘qitish muvaffaqiyatli tarzda olib borilmoqda.
1. bular arab, turk, urdu, fors, xitoy va hind tillaridir. Tillarni o‘qitish o‘rta maktablar (uchun mo‘ljallangan) dasturlarga muvofiq travishda olib boriladi. O‘quvchilar barcha lozim bilim va ko‘nikmalarni mazkur dasturlarga ko‘ra tizimli tarzda o‘zlashtiradilar.
Quyidagi sxemani sharq tillarini o‘qitish metodikasining tutash fanlar bilan bog‘liqligini ifodalovchi ko‘rsatkich sifatida keltirish mumkn.
Mamlakat adabiyoti / lingvistika Mamlakat geografiyasi / aloqa nazariyasi
Mamlakat tarixi / informatsiya nazariyasi Sharq tillarini o‘qitish metodikasi
Pedagogika psixologiya lingvistika Fiziologiya psixolingvistika
Pedagogika, psixologiya va lingvistika sharq tillarini o‘qitish va o‘qitish amaliyotining rivojlanishiga bevosita va sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar. O‘z navbatida pedagogika va psixologiya uchun ilmiy asos bo‘lib fiziologiya, psixologiya va lingvistikaning bir qator kordinal qoida (polojenie) ni birlashtiruvchi, yaxlit holga keltirvchi fan bo‘lib psixolingvistika hisoblanadi.
Nimaga aynan mazkur fanlar birinchi o‘rinda o‘qitish metodikasiga ta’sir ko‘rsatadi va ular bilan bevosita bog‘liq? Bu holat metodik fan mohiyati bilan (ga ko‘ra) tushuntiriladi.
So‘z metodika haqida bo‘lsa, bizning diqqat nuqtamiz o‘qitish jarayonida jamlanadi. Zero o‘qitish jarayoni o‘quv faoliyati to‘g‘riligining sharti bo‘lgan pedagogik va psixologik qonunlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Lingvistika esa chet tili materialida tabiatni va uning qonunlarini ochishda yordam beradi.
Shuning uchun faqatgina o‘zaro bog‘liq fanlar tizimining yutuqlarini to‘g‘ri qo‘llasa, kelgusida metodikaning nazariy va amaliy rivojlanishiga layoqat hosil qilishi mumkin
O‘rganilayotgan tilning adabiyoti, geografiyasi va tarixi – katta o‘lkashunoslik klmpnnenti bilan zamonaviy metodik fanlar asosiy muammolarni qayta ishlashga kichik ta’sir ko‘rsatadi. Lingvostatistiika kabi fanlar, kommunikatsiya nazariyasi, informatsiya nazariyasi o‘qitishning o‘quv jarayoni uchun (mo‘ljallangan) materiallarni qo‘ymaydi, ko‘proq esa sharq tillarini o‘qitish nazariyasini takomillashtirish va analiz qilishda ishlatiladi.
Metodikaning pedagogika bilan bog‘liqligi haqida to‘liqroq:
Pedagogika – yetishib kelayotgan avlodning tarbiyasi, ta’limi va o‘qitish qonunlari haqidagi fan.didaktika pedagogikaning bo‘limi sifatida o‘quv jarayoniing mohiyatini, zamonaviy dars nazariyasini qayta ishlashning didaktik prinsiplplarining shartlari (dalillari)ni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Lekin umumdidaktik prinsiplar (tarbiyalanuvchini o‘qitish anglash, faolligi, ko‘rgazmalilik, )”chet tili” predmetining spesifikligini yetarli darajada uchitqvat qilaolmaydi.
Masalan, ongli ravishda tushunish prinsipini olsak, chet tili darslarida amalga oshirilishi “ongli o‘qitish” vazifasini bajarish xisoblanadi. Ongli o‘qitishni avvalgi tushunchasi (o‘quv nazariy darajasida) o‘rganilayotgan chet tili ko‘rinishlarini izchil qiyoslash mazkur prinsipning mohiyatini tashkil qilinadi, deb hisoblangan.
Hozirgi kunda ona tili va o‘ganilayotgan chet tilidagi ko‘rinishlar qiyoslanishi o‘qitshning amaliy yo‘nalganligida o‘ttkazilishi mumkin, lekin qoida o‘laroq o‘quvchilar tomonidan emas, birinchi galda o‘qituvchi va kitoblar orqali boshqacha aytganda, izchil analiz o‘tkaziilgandan keyin kitob muallifi yoki o‘qituvchi ona tili vakillarining mazkur auditoriyasi uchun butunlay spesifik
bo‘lgan o‘rganilayotgan til ko‘rinishlarini bilish uchun mashqlar hajmini va chastotasini oshiradi. Masalan, o‘zbek, rus yoki ukrain millatidagilar uchun chet tilida mavjud artikl (tushunchasi)ni bilish uchun ingliz, arab, moldavan millatidagilarga nisbatan ko‘proq mashqlar bajarish lozim. zero bu tilda artikl tushunchasi mavjud.
Chet tilini ongli ravishda bilish har bir o‘quvchining o‘z nutq faoliyati strukturasini bilishi lozimligini, boshqa tarafdan esa, til materialidan adekvat foydalanishni ta’minlovchi qonunlarni bilish lozimligini bildiradi (mas.ingliz tilida o‘tgan zamondagi ish-harakat haqida savol berish uchun ega oldidan to do ning o‘tgan zamondagi ko‘rinishi “did”ni qo‘yish kerak. Arab tilida “murojaat”ni yasash uchun ايها ,ايها يا ,ايتها ,يا kabi yuklamalarni qo‘yish lozim)
Fors tilida است (hast) fe’l bog‘lamasini vazifasini bilmay turib, ismiy jumla strukturasini buzib ko‘satish mumkin.
Chet tili materialida ko‘rgazmali o‘qitish prinsipini ko‘rib chiqamiz. Agar bu prinsipni aksar (asosiy ko‘pchilik) predmetni ko‘rsatilgan holda amalga oshirish bilan gavdalantirilsa, sharq tillaini o‘qitish prinsplarida birinchi o‘rinda eshittirish vositalari deb nomlanuvchi shakllarda namoyon bo‘ladi. Bu - tilni ko‘rgazmali o‘qitishda eshitiluvchi nutq namunalarini namoyon qilish (shakli) ustun keluvchi shakl ekanligini bildiradi.
Didaktika va tarbiya nazariyasining asosiy qoidalariga tayanmagan xolda sharq tillarini o‘qitish amaliyoti va nazariyasini qayta ishlash imkonsiz bo‘lardi.
Quyida psixologiyaning sharq tillararini o‘qitish metodikasining rivojlanishidagi roli haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Psixologiya fanining bir necha mustaqil tarmoqlari mavjud bo‘lib, biz uchun ularning eng qizig‘i pedagogik psixologiya hisoblanadi.
Pedagogik psixologiya – bu o‘quvchi (individi, shaxsi)ningpsixologik faoliyati qonunlari haqidagi fandir. U o‘z tadqiqotlari doirasiga o‘quvchiga nisbatan (tegishli) barcha asosiy psixologik kategoriyalarni oladi. Tafakkur va nutq, qabul qilish va tasavur qilish, xotira va iroda, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, bir qator boshqa kategoriyalar shular jumlasidandir.
Psixologiyada asosiy o‘rinni metodikada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ohzaki va yozma shakldagi nutqiy faoliyatni taraqqiy ettirishdagi tafakkur jarayonlarini o‘rganish oladi. Psixologiya (mavjudligi) natijasida (psixologiya sharofati bilan) nutqiy faoliyatda uning reseptiv va reduktiv jihatlari farqlanadi. Audirovka va o‘qish (reseptiv); gapirish va yozuv (reproduktiv) (jig‘atlar) psixologiya natijasida doimoongli va ongsiz ravishda mos kelish farqlanadi.
Metodikaga o‘qitish qayta ishlovida asosiy rolni psixologiyaning uzun va qisqa muddatli xotirani o‘rganish (uchenie)o‘ynaydi. Kishi xotirasining imkoniyat va rezervlarini bilmay turib, o‘quv nutqiy birliklarni to‘g‘ri tanlash va ularning optimal takroriyligiini o‘rnatish mumkin bo‘lmaydi, umuman o‘quv materialni tizim va reja asosida takrorlashni yaxshilab tashkil etish imkonsiz bo‘ladi.
Ilk marta psixolog B. V. Belyaev tomonidan o‘rtaga qo‘yilgan masala katta qiziqish uyg‘otdi, uning chet tilidagi tafakkurni o‘qitish zarurligi. Bu masala tajriba asosida (sinalganda) o‘zining to‘liq yechimini topmadi.
Turli turdagi tafakkur yo‘q, faqatgina tilga oid bilimlarning strukturalaga solishning turli usullari mavjud degan nuqtai nazar ham bor. Tafakkur jarayonlari esa (tahlil, sintez, qiyoslash, umulashtirish, generalizatsiya) barchasi uchun birdek qo‘llaniladi.
Endi lingvistika nima asosida sharq tillarini o‘qitish metodikasi bilan tutash fanlar qatoriga kirishini o‘rganamiz.
Strukturali lingvistikaning rivojlanishi audiolingval metodning hosil qilinishiga olib keldi. uning asosiy tarkibi nutqiy namunalar, grammatik strukturalar, nutqiy modellar ustida ishlangan ishlardan iborat bo‘lib, ular L. Blumfild, Ch. Friz, N. Xomskiy, e. French va boshqalarning nashshrlarida o‘z aksini topgan.
Metodikani o‘qitish tilshunosligidagi yutuqlar natijasida til materialini o‘qitish va nutqiy faoliyatga turlicha yondashish ko‘rina boshladi; mashqlarning tizimi motirovkali, o‘quvchilarning turli kotingenti bilan(ga ko‘ra desa bo‘ladimi?) o‘qitishning turli shartlari uchun mo‘lajallangan ko‘rinishda bo‘la bordi.
Rejada sharq tillarini o‘qitishni rasion(al)lashtirish turli darajadagi o‘quv materialini : ovoz, so‘z, gap – namunalar, tekst tipi.. ularni tanlash muammosi dolzarb bo‘lgan va shundayligicha qolmoqda. leksik, fonetik, grammatik minimumni tanlash maxsus prinsip asosida olib boradi, ularning katta qismi lingvistik kategoriyalar (mas., sinonimlarni istisno qilish, basavlatlik prinsipi, qo‘llash chastotasi (tezkorligi desa bo‘ladimi?)va boshqa) aks ettiradi.
Tutash fanlar o‘qitish nazariyasi va fan sifatida metodikaning yanada tezroq rivojlanishini ta’minlaydi deb xulosa chiqarish mumkin.
Savollar:
Nima uchun o‘qituvchi chet tilini o‘qitish nazariyasini yaxshi bilishi lozim.
Zamonaviy metodikaning o‘qitish nazariyasi va fan sifatidagi mohiyati nimadan iborat?
Qaysi fanlar metodika bilan bevosita bog‘liq va ularning o‘zaro bog‘liqligining (aloqasining) mohiyati nimada?
Asosiy adabiyot manbalari:
J. Jalolov. “chet tilini o‘qitish metodikasi”, “O‘qituvchi” nashriyoti. 1996. 14-bet
N. I. Gez: M. V. Lyaxovskiy: A. A. Mirolyubov “Metodika obucheniya ni. Yaz. V sredn. shkole”: M, 1982. 4-21-bet.
Gurevich P. B. “ K voprosu o spesifike metodiki prepodavaniya in. Yaz- kov kak nauki” - in. Yaz. V shkole, 1967, №3
Do'stlaringiz bilan baham: |