6-Mavzu. Ch. Sherringtonning integratsiya tamoyillari (1906) — konvergentsiya, umumiy yakuniy yo'l, o'zaro ta'sir va maqsadli xatti-harakatlar integratsiyaning eng yuqori namoyishi sifatida



Download 0,52 Mb.
Sana17.05.2023
Hajmi0,52 Mb.
#939812
Bog'liq
Презента

6-Mavzu. Ch. Sherringtonning integratsiya tamoyillari (1906) — konvergentsiya, umumiy yakuniy yo'l, o'zaro ta'sir va maqsadli xatti-harakatlar integratsiyaning eng yuqori namoyishi sifatida


O’TILGAN MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR
1. Vegetativ nerv sistemasiga 1801 -yilda kim tomonidan «qanday» nerv sistemasi deb nom berilgan?
2. Simpatik qismi markazi orqa miyaning … … segmenti bilan … … segmenti orasidagi kulrang moddaning yonbosh shoxlarida joylashgan.
3. Simpatik nerv tolalari joylashgan o‘rniga qarab …, …, … va … qismlariga bo'linadi.
4. Venn diagrammasi orqali periferik va vegetativ nerv sistemasini taqqoslang.
Periferik
Vegetativ
1. Periferik nervlar faqat skelet muskullarini va sezgi a’zolarini idora qiladi. Vegetativ nervlar esa hamma hujayra, to‘qimalar, silliq muskullami ta’minlaydi.
2. Periferik nervlar miya poyasi va orqa miyadan bir tekisda chiqadi, vegetativ nervlar esa ma’lum qismlardan (o‘rta, cho'zinchoq miyadan, orqa miyatiing ko‘krak va bel qismidan) chiqadi.
3. Periferik nervlar orqa miyadan chiqqandan so‘ng hech qayerda uzilmasdan , to‘ppa-to‘g‘ri ishchi a’zolarga boradi. Vegetativ nervlar yuqorida aytilgan miya sohalaridan chiqqandan so‘ng yo‘l-yo‘lakay vegetativ nerv
tugunlarida to‘xtab, so'ngra ishchi a’zolarga boradi.
4. Vegetativ nervlar miyelinli pardalar bilan o'ralgan. Shuning uchun ular ingichka bo’adi. Periferik nervlar miyelinli bo‘lib, ancha yo‘g‘on, katta diametrlidir.
Miyaning spetsifik va nospetsifik tizimlari bilan bir qatorda, assotsiativ talamokortikal tizimi mustaqil kategoriyaga ajratiladi. Yuksak sut emizuvchilarda, bu o‘ziga xos tuzilma bo‘lib, biron-bir sensor tizimga mansub emas, lekin axborotni bir nechta sensor tizimdan qabul qiladi. Talamusning assotsiativ yadrolari ≪ichki yadrolarga≫ mansub bo‘lib, ularga afferent keluvchi yo’llar, o’ziga xos sensor yo’llardan emas, balki ularning ulanuvchi xosilalaridan kirib keladi. O’z navbatida, ushbu yadrolar assotsiativ maydonlar deb atalmish chegaralangan po‘stloqli hududlarga proyeksiyalanadi.
Assotsiativ tizimlar ishining asosiy mexanizmlari sifatida quyidagilar belgilanadi:
  • Multisensor konvergensiya mexanizmlari

  • yarim sharlar po‘stlog‘ining assotsiativ maydonlariga, u yoki bu signalning biologik mohiyati to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi afferent xabarlarni konvergensiya qiladi. Bo‘lingan afferent ta’sirlar, maqsadga yunaltirilgan xulq-atvor akt dasturini shakllantirish uchun, kortikal darajada integratsiyaga kirishadi;
    2. Getero-modal sensor ta’sirlar paytida plastik qayta ko‘rish mexanizmi
    ular yo tanlab ko‘nikishda, yoki sensitizatsiyada, yoki ekstrapolyatsion tipdagi javoblarni shakllantirishda namoyon bo‘ladi. Dominanta motivatsiyaning konvergensiyalanuvchi modalliklar spektrini va ularning po‘stloq integratsiyasi xarakterini belgilaydi;
    3. Ingeratsiya izlarini qisqa muddatli saqlash mexanizmi
    bo‘lib, u, uzoq muddatli, po‘stloq ichidagi yoki impulslar oqimlarining talamus-po‘stloq reverberatsiyasidan iborat.

Zamonaviy sut emizuvchilarning rivojlanishi parallel o‘tgan bo‘lib, miya konstruksiyasining umumiy ko‘rinishi saqlanganligiga qaramasdan, talamo-kortikal tizimlari ancha murakkab morfofunksional o‘zgarishlarga uchragan. Hasharotxo‘rlarning miyasini, kemiruvchilar, yirtqichlar va primatlar evolyutsiyasining parallel qatorida keyinchalik murakkablashuvchi ^mishlosh sifatida qaraladi.
Hasharotxo‘rlarda primitiv assotsiativ talamokortikal tizim alohida ajratilgan bo‘lib, u sensomotor sintez jarayonlarida qatnashsa ham, lekin modal spetsifik ta’sirlarni sensorli integratsiyasining ancha murakkab aktlarini shakllantirish qobiliyatiga ega emas. Miyasi hasharotxo‘rlarnikiga yaqin bo‘lgan kemiruvchilarda, polisensor tuzilmalarning morfologik differensiyasi va funksional ixtisoslashganligini kuchsiz namoyon bo‘lishi, miyasining integrativ faoliyatini mukammal emasligini belgilaydi.
Yirtkichlarning katta yarim sharlari po’stlog’ida, rivojlangan va nisbatan avtonom bo‘lgan peshona va ensa assotsiativ sohalar hamda talamusning mos ravishdagi tuzilmalari ilk bor paydo bo‘lgan. Assotsiativ tizimlarni miyaning boshqa strukturalaridan hamda o‘zaro strukturaviy va funksional farqlari xarakterlanadi. Talamopariyetal tizim — ko‘ruv sensor tizim konstruksiyasi va alokalarining murakkablashuvi oqibati bo‘lib, fazodagi oriyentirlanishning murakkab aktlarida ishtirok etadi va maqsadga yunaltirilgan xulq-atvor aktlarini bajarish uchun joriy sensorli fon bilan ta’minlaydi. Talamofrontal tizim o‘zining ko‘proq qismi bilan skelet-mushak sensor tizimning po‘stloq qismiga, bir vaktning o‘zida, unga limbik strukturalarni proyeksiyasi bilan qo‘shiladi. U, butun xarakat aktlarini amalga oshirishda qatnashadi.
Yirtqichlar otryadi doirasida neokorteksning peshona sohalari murakkablashadi, ularning xajmlari kattalashadi va qisqa xamda uzoq muddatli xotira mexanizmlarini safarbarligini talab qiluvchi xulk-atvordagi roli ortadi. Primatlarda, talamusning assotsiativ strukturalari, ularni po‘stloqning peshona hamda ensa soxalaridagi keng va differetsiyalangan proyeksiyasi bilan katta yarim sharlarning butun integrativ tizimini hosil qiladi. Bunga, avvalambor, rivojlangan kortiko-kortikal assotsiativ aloqalar yordamida erishiladi. Miyelinli tolalar bog‘lamining kompakt tizimi tufayli, spetsifik sensor sohalarni assotsiativ soxalar bilan o‘zaro xarakati kortikal darajasining roli ortadi.
Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish