Kapron kordlar. Kopron kordlar stabillashgan va stabillashmagan poliamid iplari va yigirilgan paxta qog`ozi asosida quyidagi markalarda ishlab chiqariladi. Ular quyidagicha belgilanadi:
V – markadagi mato xarfi;
K – kapron mato
N – yuvilmagan iplar.
T – issiq tortuvchi mato, yuqori kuchlanishni kutaradi.
S – tarkibida stabiliztor mavjud.
Jadvalda kapron kord matolarining fizik-mexanik xossalarini keltiradi. Kapron kordning mexanik ko`rsatkichi
Kapron kordlarini utkasini tayyorlashida paxtaqog`oz matodan foydalaniladi. Kapron kord asosida yengil, yuk va maxsus shinalar olishda ishlatiladi. Kopron kordlar viskoz kordlarga nisbatan quyidagi avzallikka ega: yuqori mustahkamlik, ko`p marotaba egilishga bo`lgan deformatsiyaga bardoshliligi, namlikka bardoshligi va kam og`irligi bilan ajralib turadi.
Katta mustahkamligini va ipni kam zichligi evaziga (kapron kordlarini asosida) kam qatlamli yengil va mustahkam shinalar olinadi (viskoz kordlarga nisbatan). Kapron kordlarining eng katta kamchiligi rezina aralshmasining yaxshi yopishmasligi, buning natijasida viskoz kordlariga o`xshab oldindan shimdiriladi. Undan tashqari yuqori xaroratga viskoz kordlarga nisbatan yuqori mustahkamligi kamayadi. Eskirishi va issiqlik bardoshligi oshirish maqsadida stabiliztor bilan ishlab chiqariladi.
Amid kord.Amid kordlar stabiliziralgan poliamid ipi va paxtaqog`oz o`ramidan olinadi. Ularning yigirish o`rami 93,5 teks x1x2 va qalinligi 0,5 mm 132 va 133A va 133A 23A markali 93,5 texs x2x2 va qalinligi 0,7 mm. Markadagi A harfi anid kordini belgilaydi.
Anid kordlarining o`rami (utok) 25 teks qalinligi paxtaqog`oz tolasini yigirilib olinadi. Anid kordlar kapron kordlarga o`xshab oldindan issiq xavo va stabilizatsiyaga uchratiladi. Anid kord asosida olingan pokrishkalarni bosim ostida sovutish darkor. Anid kordlar kapron kordlarga nisban birmuncha ko`proq mustahkamlikka (255N; 230N ga nisbatan) ega va kamroq uzulishga esa (24% ga 27%). Shuning uchun anid kordlar kamroq tikiladi. Anid kord kapron va viskoz kordlarga nisbatan issiqbardosh (kordni 2 soat mobaynida 200°C) mustahkamlik 90% ni tashkil qiladi.
Shuning uchun namlik vaqtida mustahkamlikni saqlanishi uchun anid kordlar qishloq xo`jalik mashina shina uchun qo`llaniladi. Undan tashqari anid kord asosida yuqori mustahkam va issiq bardoshli, hamda har xil tikilganligi hisobi ko`pincha yukli mashina shinalari ishlab chiqarish uchun qo`llaniladi. Ularning kamligi; asosan rezina bilan mustahkam bog` hosil qilmasligi, shuning uchun lateks bilan shimdiriladi. Undan tashqari anid kordli shinalar shinnalarda yassi dog`larni hosil bo`ladi, shuning uchun ushbu kordlar poliefir kordlariga almashtirilishiga olib keladi.