O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogik universiteti jahon sivilizatsiya tarixi (Metodik qo’llanma) (To’ldirilgan 2-nashr) история мировой цивилизации



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/196
Sana10.07.2022
Hajmi10,71 Mb.
#767960
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   196
Bog'liq
000000008574 01-1

Ulardan
birinchisi 
Maurilar davri (er. aw . TV-IIT asrlatjga mansub. Maurilar davlatining 
yuksalish davri 
sulolani uchinchi hukmdori Bindasarining vorisi Ashoki 
hukmronligiga to'g’ri keldi. Uning davrida Hindiston shimolida Kashmir va 
Himolaydan janubda Maysurgacha, 
shimoli - g’arbda hozirgi Avg’onistondan 
sharqda Bengal qo'ltig’igacha bo'lgan davlat birlashmasi yuzaga keldi. G’arb va 
Sharqning 
ko'pgina davlatlari, xalqlari bilan aloqa o'matildi. 
Markazlashgan 
boshqaruv tizimi shakllandi, o'z - o'zini boshqaradigan shahar - respublikalar 
mavjud bo'lib buddaviylik dini tarqaldi, kasta tuzumi hukmron edi. Dehqonchilik, 
savdo - hunarmandchilik, madaniyatda yuksak yutuqlarga erishildi. Qu;chilik keng 
tarqaldi, asosan erlcin jamoachi dehqon - hunarmandlar mehnati yetakchi o'rinda edi. 
Madaniyatda yuksak natijalarga erishildi. Yozuv keng tarqaldi, Ashokining toshga 
o'yilgan ko'p qonunlari saqlanib qolgan. Ashoki saroyi ajoyib me’morchilik san’ati 
yutug’i edi. 
Ikkinchi yuksalish 
Guptalar davrida (eramizning IV-V asrlari) 
Chandragupta II podsholigi vaqtida Shimoliy Hindistonning katta qismini o'z ichiga 
olgan ikki yuz yil davomida yuz berdi. Bu mamlakatni iqtisodiyoti va madaniyatida 
yangi yuksalish, O'rta Osiyo, Janubi -Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Uzoq Sharq, 
O'rtayerdengizi mamlakatlari bilan tashqi aloqalami rivojlanishi davri edi.
Lokal hind sivilizatsiyasining gullab yashnagan davrlari O'rtayerdengizi (Afina, 
Iskandariya-Rim impriyasi) O'rta Osiyo antik sivilizatsiyalarining shunday 
bosqichlari bilan sinxron ravishda bordi. Bu antik sivilizatsiylar taraqqiyotining 
o'xshash ritmidan dalolat beradi. Har bir yuksalishga uning orqasidan tushkunlikni 
uzoq davri, imperiyalami yemirilishi, ichki o'zaro urushlar, tashqi bosqinlar, iqtisodiy 
va madaniyatni tushkunligi hamrohlik qildi.
O'rta Osiyoda eramizning I asrida Kushonlar davlati vujudga keldi. Uning 
dastlabki poytaxti Dalvarzintepa yodgorlig o'mida bo'lgan (Surxondaryo viloyati). 
Kudzulla Kadfiz hukmronligi davrida Afg’oniston va Kashmir Kushonlar davlati 
tarkibiga qo'shib olingan. Uning o 'g ’li Vima Kadfiz davrida Kushon davlati yanada 
kengayadi. Podsho Kanishka zamonida poytaxt Peshovarga ko'chiriladi. Kushoni 
davlati esa ulkan saltanatga aylanadi. Uning hududi Hindiston va Xo'tandan 
O'zbekistonning janubiy viloyatlarigacha bo'lgan. Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari 
qatorida Kushon davlati ham yirik davlatlardan biriga aylanadi.
Kushon davlatining birinchi hukmdori umrini harbiy yurishlarda o'tkazdi. U 
qudratli davlatga asos soladi. Vima Kadfiz davridan kushon davlatiga tanga zarb
- 54 -


qilish boshlanadi. Tangada hukmdor nomi ko’rsatilgan. Vima Kadfiz pul islohoti 
o'tkazadi, tangalar qadri ortadi. Tangalar oltin, kumush va misdan zarb qilingan.
Eramizning I-II asrlarida Kanishka hukmronligi davrida Kushon podsholigi o'z 
taraqqiyotining cho'qqisiga ko'tariladi. Yangi shaharlar bunyod etiladi. Hindiston, 
Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo va elchilik munosablatlari o'matiladi.
Kushon tangalari Rim imperiyasi hududida topilgan. Pompey shahridagi qazuv 
va tadqiq qilish davrida suyakdan Kushon davlatida yasalgan haykalchalar topiladi.
Hunarmandchilik ham taraqqiy etgan Kushon davlati madaniy yodgorliklari 
bo'lmish Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa va boshqalarni 
o'rganish jarayonida jez idishlar, shamdon, oyna, sirg’a, bilaguzuk, munchoq kabi 
taqinchoqlar topildi. Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug’orma dehqonchilik, 
savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Aholi zich joylshgan hududlarda turli 
o'simliklar ekilgan. To'goldi tumanlari va cho'llarda chorva haydab boqilgan.
Xuddi shunday Qadimgi Xitoy tarixida yuz berdi. Temir asrining boshlanishi bu 
yerda “Urushayotgan podsholiklarning” davri bo'lib, Sin podsholigining g’alabasi 
bilan tugallandi. Sin podshosi (Van) er. aw . 221-yilda o'zini imperator Sin Shi 
Xuandi (“Xitoyning birinchi imperatori”) deb e’lon qildi. Imperator tub islohotlami 
o'tkazdi: mamlakatni 40 viloyatga bo'ldi va oqsuyaklaming imtiyozlarini bekor qildi; 
erkin aholining barchasini “qora boshlilar” imperatoming fuqarolari deb e’lon qilindi; 
yagona yozma qonunchilikni, yagona pul birligini, lavozim darajalari to'g’risidagi 
tabelni joriy qildi; ulkan saroyni qo'riqxona - park bilan (uning qurilishida 700 ming 
qul ishladi) Xitoyni shimolida chegaralami Xunlardan himoya qilish uchun 4000 km. 
bo'lgan Buyuk Xitoy devorini qurdi; davlat maktablarini joriy qildi. Haddan tashqari 
davlat xarajatlari, soliqlaming ko'p marta o'sib ketishi, aholining barcha qatlamlarini 
noroziligiga olib keldi va imperatoming o'limidan keyin xalq qo'zg’oloniga olib 
keldi. Katta bo'lmagan qishloqning oqsoqoli bo'lgan Lyu Ban er. aw . 202 yilda 
qo'zg’olonga boshchilik qilib, Xan sulolasining imperatori bo'ldi va soliqlami keskin 
kamaytirdi.
Xan sulolasining gullab yashnashi imperator U-dining (er. aw . 140-87-yillar) 
hukmronligi vaqtida to'g’ri keldi. Uning davrida sug’orish tizimi yaxshilandi, 
sug’oriladigan yerlarning hajmi kengaydi, ekish uchun voronkali plug, ikki sixli plug 
qo'llanila boshlandi; ikki dalali almashlab ekish tizimi yuzaga keldi, yirik 
hunarmandchilik korxonalari (ulaming ba’zilarida mingtagacha ishchilar bor edi) 
paydo bo'ldi, savdo yuksaldi, buyuk ipak yo'li Pekindan O'rta Osiyo orqali 
O'rtayerdengizigacha cho'zildi. Konfutsiylik davlat dini va mafkurasi deb e’lon 
qilindi. Xitoyning aholisi aholini ro'yhatrga olish bo'yicha 60 min. kishiga yetdi, 
sug’oriladigan yer maydoni 56 min. gektami tashkil etdi. Eramizning birinchi asri 
boshlarida ziddiyatlar natijasida Xan imperiyasi quladi.
Qadimgi Xitoy lokal sivilizatsiyalaming yuksalishining so'ngi bosqichi kichik 
Xan sulolasi davriga to'g’ri keladi. Bu sulola Guan U-di (eramizning 25-57-yillari) 
hukmrtmligi bilan boshlanadi. Uning davrida qullaming ahvoli qonun yo'li bilan 
ancha yengillashtirildi, soliqlar bir muncha kamaytirildi, davlat chegalari kengaydi. 
Yirik qulchilik xo'jaliklari ko'paydi, bu xo'jaliklarda qul mehnati samarasiz bo'lgani 
uchun o'z yeri bo'lgan qaram dehqonlar mehnati bilan almashtirila boshlandi. Yirik 
yer egalari siyosiy kuchga aylana boshladilar, bu markazlashgan hokimiyatni
~ 55 ~


zaiflashtirdi. Eramizning 220-yilida 
Xan sulolasi hukmronligi tugatildi. Uch 
podsholik davri boshlanib, bu lokal sivilizatsiyani keyingi bosqichiga o'tishni bildirar 
edi. Qadimgi dunyoning mezolit bilan birga insoniyat tarixini o'n ming yildan 
ko'proq tarixini qamrab olgan birinchi tarixiy supersiklning asosiy natijalari 
nimalardan iborat edi. Aw al yopiq bo'lgan alohida sivilizatsiyalar orasidagi ajralish 
qisqardi, ular o'rtasidagi ayirboshlash kuchaydi, insoniyat tarixi yaxlitlik sifatida 
yagona ritmi yuzaga kela boshladi. Har bir lokal sivilizatsiya o'z ritmini saqlab qoldi, 
ba’zi lokal sivilizatsiyalar yo’q bo'lib ketdilar, ularning o'mini boshqa yanada yosh, 
faol, agressiv sivilizatsiyalar egalladi. Bu muntazam yangilanishni ta’minladi.

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish