Yunonistonning ulug' olimlaridan bin Aristotel edi. U Makedoniya podsholari
saroyida yashagan tabibning o'g'li bo'lib, miloddan awalgi 384 yilda tug'ilib, 322
yilda vafot etgan. Sharq dunyosida uni "birinchi muallim” deb baholaganlar, chunki u
g'oyat keng bilimga ega bo'lgan ilmiy bilimlami alohida sohalarga bo'lib chiqqan va
mustaqil fanlarga birlashtirgan. U fanlami turkumlarga bo'lib, ulaming har birini
botanika, fizika, siyosat va tarix kabi nomlar bilan atagan.
Aristotel o'z zamonasidagi olimlar bilan birga Yer shar shaklida bo'lib, u
butun koinotning markazidir, Quyosh va yulduzlar Yer atrofida aylanadi deb
hisoblagan. U Makedoniya podshosi Iskandarning ustozi ham edi. Aristotel o'z davri
va keyingi davrlaming ham eng mashhur olimlaridan biri bo'lib qolgan.
Qadimgi yunon adabiyotining paydo bo'lishi uzoq o'tmishga borib taqaladi.
Yunonlar ajoyib afsona, rivoyat, she’r, doston, tragediya va komediyalar yaratganlar.
Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlami og'zaki tarzda avloddan-avlodga
yetkazganlar. "Prometey", "Gerakl", "Didal va Ikar", "Argonavtlar", "Odisseya" va
"Iliada" kabi afsona va dostonlar yunon adabiyotining nodir namunalaridir.
Yunon adabiyotining mashhur asarlari qatoriga "Iliada" va "Odisseya"
dostonlarini kiritish mumkin. Rivoyatlarga ko'ra bu asarlaming muallifi miloddan
awalgi VIII asrda yashagan ko'r baxshi Gomer ekan. Dostonlarda yunonlarning
Kichik Osiyodagi Troya
shahriga qilgan yurishlari, qahramonlarning kurashlari va
boshlaridan o'tkazgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.
Ohmlar uzoq vaqtgacha Gomer dostonlaridagi voqealar o'ylab chiqarilgan
afsonalar deb faraz qilganlar. Ular Troya shahari ham bo'lmagan deb o'ylab
kelardilar. Ammo arxeolog olimlar Kichik Osiyoning shimoli-g'arbidagi yerlarda
qazish ishlarini olib borar ekanlar, u yerdan yog'indan kuyib kul bo'lgan shahar
xarobalarini topganlar. Bu yunonlar o'n yildan urush olib borgan Troya shaharining
qoldig'i ekan. Olimlar Troya xarobalaridan uy-joylar, mudofaa devorlari, sopol
buyumlarining
parchalari, yashirinib qo'yilgan narsalar va odam suyaklarining
qoldiqlarini topganlar. Bu "Iliada" va "Odisseya" dostonlarida tasvirlangan Troya
shahri edi.
Yunoniston tarixini o'rganishda yunon afsonalari, xususan Gomer dostonlari
juda katta ahamiyatga ega. Shu ma’noda miloddan awalgi XI-IX asrlar Gomer davri
deb bekorga aytilmagan.
Dostonlar she'riy usulda yozilgan bo'lib, tilining boyligi va ta'sirchanligi bilan
ajralib turadi. Shunday qilib, Gomer dostonlari buyuk adabiy asargina bo'lib, qolmay,
ajoyib tarixiy kitob hamdir.
Yunonistonda adabiyot teatr bilan bog'liq suratda rivojlangan. Mualliflar
tomonidan yaratilgan har bir adabiy asar teatr sahnasi orqali o'z o'quvchilariga yetib
borgan.
Teatr aslida yunoncha so'z bo'lib, "tomoshalar joyi" degan ma'noni bildiradi.
Qadimgi yunon teatri ham san'atining bir turi bo'lib, miloddan awalgi VI asrlarda
paydo bo'lgan. Teatr yunon madaniyatining eng
ajoyib hodisalardan biridir, Yunon
teatri qishloq xo'jaligi homiysi bo'lgan xudo Dionis sharafiga o'tkaziladigan
bayramlar vaqtida ijro etiladigan xalq qo'shiqlari va o'yinlari asosida vujudga kelgan.
Dionis bayramlari, toklar barg chiqargan bahorgi ko'klamgi Dionisi va uzum
pishgan kuzda - kuzgi Dionisi bayramlari o'tkazilgan. Ko'klamchi Dionisi bizning
~
221
~
navro'z, kuzgi Dionisi esa Mchrjon bayramlarimizga to'g'ri keladi. Bayram vaqtida
odamlar Dionis haqidagi afsonalami ashula qilib aytib, afsonalardan olingan
manbalami u yoki bu qiyofaga kirib ijro etganlar. Natnoyish ishtirokchilari qiziq-
qiziq gaplar aytib, odamlami kuldirar, ayrim odamlami masxara qilib ko'rsatishar
edilar.
Tomoshani ko'proq odamlar ko'ra olishlari uchun tepalik pastida ko'rsatilgan.
Afina va Yunonistoming boshqa shaharlaridagi akropol-qal'a
tepaligi pastida
tomoshalar ko'rsatilgan. Tomoshabinlar tepalik yon bag'rida o’tirganlar. Aktyorlar
pastdagi chodir ichida kiyinib, uning yonida tomoshalar ko'rsatganlar. Bu joy sahna
bo'lgan. Keyinchalik chodir o'miga kichikroq bino qurilib, tomosha ko'rsatish
paytida unga dekorasiya - har xil bezaklar osib qo'yilgan. Uning oldida tomosha
ko'rsatiladigan joy ham qurilgan. Bu o'rindiqlar aw al yog'ochdan, keyin esa toshdan
yasalgan. Shu tariqa yunon teatrlari vujudga kelgan. Keyinchalik qurilgan yunon
teatrlariga 17-25 ming tomoshabin joylashib, tomosha ko'rgan.
Qadimgi yunon rivoyatlari va afsonalari teatr uchun juda boy ma'lumot bergan.
Ana shu afsona va rivoyatlar asosida qadimgi yunon adiblari ajoyib tragediyalar
yaratganlar. Hozir tragediya deyilganda oxiri fojea bilan tugaydigan pyesa
tushuniladi. Ammo yunonchada bu so'z "echkilar qo'shig’i" degan ma'noni beradi.
Tragediyada qattiashuvchilar afsonalardagi qahramonlar bo'lib,
asarda ular
o'rtasidagi kurash, ulaming ko'rsatgan qahramonliklari, azob-uqubatlari va fojeali
o'limlari tasvirlanadi.
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Yimonistonda Esxil, Sofokl, Yevripid kabi
juda mashhur shoirlar yashab ijod etganlar. Ulaming har biri o'lmas tragediyalar
yozib qoldirganlar. Ulardan eng mashhuri Esxil bo'lib, u miloddan avvalgi 525-456
yillar orasida yashagan. U 90 dan ortiq tragediya yozgan. Uning eng mashhur
tragediyalari "Zanjirband Prometey" va "Forslar" dir. Esxilni "tragediya otasi" deb
ataganlar. Uning "Zanjirband Prometey" tragediyasi boshqa asarlaridan ajralib turadi.
Yana bir ulug' tragediya shoirlaridan biri afinalik Sofokl bo'lib, u miloddan
avvalgi 496-406 yillarda yashab ijod etgan. Sofokl ham Esxil kabi 120 dan ko'proq
tragediya yozgan. Ammo ulardan yettitasigina bizgacha yetib kelgan. Ular orasida
eng mashhuri "Shoh Edip" va "Antigona" tragediyalaridir. "Shoh Edip" tragediyasida
shoh Edipning o'z otasini o’ldirib, o'z onasiga uylanishdek og’ir jinoyati
tasvirlangan.
Sofoklning "Antigona" tragediyasi ham Yunonistonda shuhrat qozongan. Bu
asar ilk bor Afina teatrida namoyish etilgan.
Qadimgi
yunon teatrlarida hazil, kulgi, mutoiba ruhida yozilgan pyesalar ham
qo'yilgan. Komediya so'zining ma’nosi "xushchaqchaq dehqonlaming qo'shiqlari"
demakdir. Qadimgi yunon komediyasining yirik namoyondasi Aristofan bo'lib, u
miloddan avvalgi 450-388 yillarda yashab ijod etgan. U "Tinchlik", "Ayollar xalq
yig'inida" va "Suvoriylar" degan mashhur komediyalar yozib, o'z davridagi juda ko'p
voqealarni tasvirlaydi. Aristofan o'z komediyalarida Peloponnes urushidan azob
chekkan qishloq aholisining mashaqqatli turmushini ham aks ettirgan. Uning
komediyalarda xudolar va o'sha zamon odamlari orasidagi ko'p illatlar fosh etilgan.
Aristofan komediyalari o'zining o'tkir hajv etishi va zahatxandaliklari bilan ajralib
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: