Amfiopot
yaqinidagi jangda
Kteon
ham,
Brasid
ham halok bo'lgan. Miloddan
awalgi 422 yilda
Amfiovol
afinaliklarning qo'lidan butunlay ketgan.
Amfiopol yotiidagi mag'lubiyatdan keyin Afinada sulh tuzish tarafdorlarining
ta’siri kuchaygan. Har ikki tomon urushdan charchagan, Afinada sulh tuzish
tarafdorlariga Nikiy boshchilik qilgan. Nikiy Afina davlatining rahbari bo'lib
qolgach, Afina bilan Peloponnes ittifoqlari o'rtasidagi sulh muzokaralari boshlangan.
Miloddan awalgi 421-yilda
Afina
bilan
Sparta
o'rtasida 50 yilga
mo'ljallangan sulh tuzilgan. Bu sulhning tashabbuskod
Nikiy
bo'lganligi uchun u
Nikiy sulhi
nomini olgan. Sulh shartlariga ko'ra, tomonlarning qo’shinlari ishg'ol
qilgan yerlarini bir vaqtda bo'shatib chiqishlari lozim edi. Agar Spartalik
ilotlar
qo'zg'olon ko'tarsalar, afinaliklar spaitaliklarga yordamga borishlari kerak edi.
Ammo sulh shartlari to'la bajarilmagan. Afinaliklar Meseniya pilosida, spartaliklar
esa,
Frakiyadagi
Amfiopolda qolganlar. Spartaning ittifoqchilari
Korinf Megara
va
Fiva Nikiy sulhini tan olmagan,
Nikiy sulhi
bilan
Peloponnes
urushining birinchi
bosqichi tugagan.
Miloddan aw algi 415-404 yillar Peloponnes urushining ikkinchi bosqichi
hisoblanadi. Urushning bu bosqichi afinaliklarning Sisiliyada muvaffaqiyat
qozonsalar, bu Spartani mag'lubiyatga olib kelishi va Afinani ulug' Yunonistonning
yetakchisi qilib qo'yishi mumkin edi.
Miloddan awalgi 415 yilda afinaliklar 260 ga yaqin harbiy va yuk kemasini,
32 ming kishidan iborat qo'shinlarini Sisiliyaga jo'natishga tayyorlab qo'yganlar.
Afina floti Alkiviad, Nikiy va Lamaxlar rahbarligida Sisiliyaga jo'nab ketgan.
Afina qo'shinining qo'mondonlaridan biri Alkiviad xoinlik qilib, spartaliklar
tomoniga qochib o'tgan. U spartaliklarga afinaliklarning barcha sirlarini aytib,
Attikaga muntazam qo'shin yuborib, uni vayron qilish kerak degan taklif kiritgan.
Alkiviad qochganidan keyin afma flotiga Nikiy, Demosfen va Lamaxlar boshchilik
qilganlar. Nikiy urushining to'xtashiga umid boqlab, urush harakatlarini paysalga
solgan. Bu bilan sisiliyaliklarga mudofaaga tayyorgarlik ko'rishlari uchun katta
imkoniyat yaratib bergan. Ayni paytda Sisiliyadagi yunontar ham afinaliklarga
dushmanlik munosabatda bo'lganlar.
Afinaliklarning Sirakuzani qamal qilishdagi harakatlari muvaffaqiyatsiz
chiqqan. Miloddan awalgi 413 yili Demosfen boshliq Afma floti Sparta va uning
ittifoqchilari tomonidan tor-mor etilgan. Nikiy va Demosfenlar qatl etilgan. Ko'p
o'tmay Lamax ham halok bo'lgan. Asir qilib olingan afinaliklar qul qilib sotilgan.
Sisiliyadagi mag'lubiyat Afmaning obro'sini tushirib yuborgan.
Sisiliya fojeasidan keyin omad Sparta qo'shinlari Afinadan 22 km narida
joylashgan Dekeleya qishlog'ini bosib oladi. Ular shu yerdan turib afinaga xavf solib
turganlar. Spartaliklar Afina qullariga murojaat qilib, Dekeleyaga qochishga da'vat
etganlar va ularga ozodlik berishni va'da qilganlar. Ko'p o'tmay 20 mingdan ortiq qul
Dekeleyaga qochib o'tgan. Afinaliklar shaharni himoya qilish uchun barcha
choralarini ko'rganlar.
Afma dengizida kuchli bo’lib, uni Sparta Afina flotiga qarshi kurashish uchun
Eronga murojaat qilgan. Eron shohi Doro II bu taklifni qabul qilgan. Jangda
spartaliklar g'alaba qilgan taqdirlarida Yunonistonning Kichik Osiyodagi yerlarining
~2I8~
hammasini Eronga berishga va'da qilingan. Ammo bu davrda Afina butun kuchini
flotni qayta tiklashga va o'z ittifoqchilari bilan aloqani mustahkamlashga sarf qilgan.
Sparta bilan Afina floti Egey dengizining turli joylarida to'qnashib, goh unisi,
goh bunisi yengib turgan. Bu davrda Alkiviad yana Afina tomonga o’tib, Spartaga
qarshi kurashda qatnashgan. Ammo spartaliklar forslar yordamida yangi flot tashkil
qilganlar. Bu flot 405 yili qobiliyatli sarkarda Lisandr rahbarligida Gelespondni
egallab, u yerdagi afina flotini tor-mor etgan. Bu bilan Afinaga Qora dengiz
sohillaridan keladigan g'alla yo'li bilan to'silgan. Afinani qumqlikdan Dekeleyadan
kelgan qo'shinlar, dengizdan esa Lisandr qo'shinlari qurshab olgan. Afinada
ocharchilik boshlangan. Afina oligarxlarining rahbari Feramenning Sparta bilan olib
borgan sulh muzokaralari natija bermagan. Feramen boshliq oligarxlar Spartaga
taslim bo'lish tarafdorlari edilar.
Miloddan awalgi 404 yili ochlikdan madori qurigan afinaliklar spartaliklarga
taslim bo'lganlar. Afinani Spaita qo'shinlari egallaganlar, uni Pirey bilan bog'lagan
devorlar qulatilgan. Afina arxesi tarqatilgan, u Spartaga qaram davlatga aylantirilgan.
Oligarxlar Kritiy va Feramen boshchiligida o'tttizlar tiraniyasini tuzib, hokimiyatdan
o'z qo'llariga olganlar. Kritiy va boshqalar o'zlariga yoqmagan kishilami jazolab,
quvg’in ostiga olganlar, aholini talaganlar. Feramen unga norozilik bildirganida uni
qatl etganlar.
Sobiq demokrat Frasibul Beotiyaga qochib bekingan. U afinalik qochoqlardan
otryad tuzib, chegaradagi Filani egallagan. Frasibul Pireyga yaqinlashar ekan, uning
tarafdorlari ko'payib boradi. Bir necha janglardan so’ng oligarxlar va spartaliklar
mag'lubiyatga uchraganlar. Kritiy ham o'ldirilgan.
Miloddan awalgi 403 yili Afinada demokratiya qayta tiklangan. Ammo Afina
Peloponnes ittifoqiga a'zo bo'lib qolgan. Shunday qilib, to'xtab-to'xtab 27 yil davom
etgan Peloponnes urushi Spartaning g'alabasi bilan tugagan. Bu urush butun nomi
olamiga, xususan Afmaning iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotiga va harbiy qudratiga
juda katta salbiy ta’sir ko'rsatgan. Bu hoi Yunonistonning butunlay zaiflashishiga olib
kelgan.
Peloponnes urushi miloddan awalgi V asrdayoq yuzaga kela boshlagan
jarayonni tezlashtirib, xo'jalik tarmoqlarida ishlatilayotgan qullar sonini ko'payishiga
olib keldi. Warning mehnatidan foydalanish hunarmandlar, yuk tashuvchilar va
batraklaming ahvoliga halokatli ta’sir ko'rsatib, ulami lyupen-proletariatga aylantirib
qo'ydi, o'zining doimiy ishidan mahrum qildi. Ishlab chiqarish ishiga qullarning ishi
deb qarash ana shu davrdan keng rasm bo'ldi, buning natijasida esa halol mehnat
qilib pul topishga bo’lgan rag'bat susaydi.
Ko'p dehqonlar va hunarmandlar urush harakatlarida uzoq vaqt ishtirok qilishi
oqibatida, yer-maydonlar qarovsiz, tashlandiq bo’lib qoldi. Buni quldorlar arzon-
garovga sotib olganlar. Boy quldor-plutokratlar ("o'z boyligi bilan kuchlilar") ayni
vaqtda ham sudxo'r, ham savdogar, ham yer egasi bo'lganlar.
Miloddan awalgi IV asrlarda polislarda eski xalq lashkari ham o’z ahamiyatini
yo'qotgan. Buning sababi fuqarolar o'rta tabaqasining barham topganligida edi.
Chunki ular xalq lashkarlarini asosini tashkil qilar edi. Yollanma askarlar harbiy
kuchlaming asosiy turi bo'lib qoldi.
~ 219 ~
Demak, miloddan avvalgi IV asr davoraida polislarning ham iqtisodiy, ham
sosial ham harbiy sohalaridagi inqiroz chuqurlashib borgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |