O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim Vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Po’latova Shahnoza Mavzu: Musiqada klassizm oqimi Mutaxassislik: Musiqa ta’limi Kurs ishi Ilmiy rahbar



Download 0,55 Mb.
bet15/27
Sana18.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#453114
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
kurs ishi (2)

Lya major sonatasi.
Motsartning 1779 yilda yozilgan Lya major sonatasi nihoyatda mashhur asardir. Bu sonata uch qismdan iborat. Uchchala qismlar musiqasi juda go’zal, nafis, jozibali xarakterda. Sonataning tuzilishi ham o’ziga xos. Kompozitor sonata shaklini bu asarda umuman qo’llamagan. Bunday qoidadan chetlashishga asosiy sabab musiqaning mazmunidadir. Unda dramatik obrazlar emas, nafis, lirik, quvnoq obrazlarning ifodalanganligi shuni taqozo qildi.
Sonataning birinchi qismi variaciyalar shaklida yozilgan. Sonata allegrosi shaklidan farqli ravishda variaciya shaklida bitta musiqiy mavzu beriladi va shu mavzu variaciyalar orqali rivojlantiriladi. Shuning uchun musiqaning rivojlanishi sonata shaklidagi kabi musiqiy mavzular orasidagi farq va qarama-qarshiliklarni ko’rsatish orqali emas, balki bir mavzudagi sifatlarni ko’rsatish, ifoda imkoniyatlarini ochib berish orqali amalga oshiriladi. Sonataning boshidayoq musiqiy mavzu berilgan. U juda kuychan, jozibali, raqs xarakterida. Mavzudan so’ng oltita turli xarakterdagi variaciyalar ketma-ket berilgan. Mavzuga xos bo’lgan qo’shiq ruhi ikkinchi va beshinchi variaciyalarda, raqsga xos sifatlari esa oltinchi variaciyada ochib berilgan. Uchinchi variaciya temadagi lirik xarakterni, go’zallik va jozibani esa to’rtinchi variaciya bo’rttirib ko’rsatadi.
Sonataning ikkinchi qismi - Menuet. Nihoyatda nafis va nazokatli bu raqsga kompozitor xalq raqslariga xos bo’lgan quvnoqlik, sho’xlik kabi xususiyatlarni kiritgan. Bu qism musiqasi murakkab uch qismli shaklda yozilgan.
Sonataning uchinchi qismi musiqasi nihoyatda mashhur. Unga kompozitor "Turkcha uslubdagi rondo" deb sarlavha kuygan. 18 asrda tez sur’atdagi, quvnoq xarakterdagi musiqani "turkcha musiqa" deb atardilar. Bunday musiqada raqsga xos xususiyatlar ham bo’lib uni puflab chaladigan va zarbli sozlar ijro etardi. Bunday musiqada jangovar kayfiyat ham bor edi va uni "yanicharlar musiqasi" deb ham atashgan. Quvnoq raqs va go’zal kuychanlik xos bo’lganligi sababli uchinchi qism musiqasi avvalgi qismlar musiqasiga o’xshaydi. Doim takrorlanib turadigan naqorat borligi sababli bu qism musiqasi rondo shaklida yozilgan deb hisoblash mumkin. Naqorat musiqasi bayramona kayfiyatdagi raqsni eslatadi. Shunday qilib nafis, lirik raqs xarakterida boshlangan sonata musiqasi oxirgi uchinchi qismga kelib, tantanali, quvnoq kayfiyatda yangraydi.
Motsart ijodida bunday jozibali, quvnoq sonatalar ko’p. Ammo ulardan farq qiluvchi boshqa turdagi sonatalar ham bor. Masalan Do minor tonalligida yozilgan sonata va undan avval keluvchi fantaziya o’zining dramatizmi, musiqiy mavzularning bir biridan keskin farq qilishi, rivojlanishning keskinligi bilan boshqa sonatalardan farq qiladi. Do minorda yozilgan fantaziya va sonata kompozitor Betxovenning ajoyib sonatalarining yaratilishiga zamin bo’lib hizmat qildi.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish