O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim Vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Po’latova Shahnoza Mavzu: Musiqada klassizm oqimi Mutaxassislik: Musiqa ta’limi Kurs ishi Ilmiy rahbar



Download 0,55 Mb.
bet1/27
Sana18.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#453114
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
kurs ishi (2)



O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim Vazirligi
Farg’ona Davlat Universiteti

Po’latova Shahnoza

Mavzu: Musiqada klassizm oqimi

Mutaxassislik: Musiqa ta’limi

Kurs ishi
Ilmiy rahbar: M Nasriddinova
Farg’ona – 2021
Mundarija
Kirish …………………………………………...
I-bob. Musiqa san’atida klassitsizm oqimi namoyondalari
I.1. Iosif Gaydn ijodi.
I.2. Volfgang Amadey Motsart va Lyudvig van Betxoven ijodlari.
II-bob. Musiqa san’atida klassitsizm oqimi.
II.1. Gaydnning klassitsizm oqimi ta’siri ostida yaratgan ijod namunalari
II.2. Gaydnning sonata simfonik turkumi asosida yaratgan asarlari tahlili.


Bob bo’yicha hulosalar………………………….
Xulosa…………………………………………….
Ilovalar …………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar………………………
KIRISH
Bugun butun dunyo o’zgarmoqda”, - degan so’zlarni ko’p eshitamiz. Aslida dunyo hamisha o’zgarishda, Gegel falsafasidan1 ozgina xabari bor inson uchun bu kunday ravshan. Sotsiologlar bildirgan fikrga ko’ra, jamiyat o’z-o’zini yangilab boradi, agar jamiyatdagi barcha bo’g’inlar to’g’ri ishlasa yangilanish bosqichma-bosqich harakterga ega bo’lib, doimiy bo’ladi. Maboda, biror sohada “buzilish” yuz bersa, yangilanish doimiyligi buziladi, hamda muammolar to’planib boradi va kun kelib u “portlash”ga sabab bo’lishi mumkin. Tasavvur qilaylik, ayni “buzilish” ta’lim sohasida, tarbiya sohasida yuz bersa natija qanday yomon bo’ladi.
Tarbiyaning shaxs kamoloti va buning natijasida mamlakat ravnaqi yo’lida ulkan ahamiyatga ega ekanligi borasida juda ko’plab falsafiy, ma’rifiy hamda, siyosiy fikrlar bildirilgan2. E’tiborli jihati bu fikrlarning barchasida unga munosabat barobar – ijobiydir.
Tarixchilarning guvohlik berishicha, barcha davrlarda zamona ziyolilari yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor berishni eng dolzarb va muhim masala sifatida baholaganlar. Faoliyat sohasi bevosita ta’lim bilan bog’liq shaxslar bu borada ayniqsa faol bo’lganlar. Bunga Abdulla Avloniy, Qori Niyoziy kabi fidoyi insonlarning nomini misol qilib keltirish mumkin.
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratila boshlandi. Albatta, bu bejiz emas, boisi statistika ma’lumotlariga ko’ra O’zbekiston aholisining qariyb 60 % qismini yoshlar tashkil etadi. SHubhasiz, bu katta kuch, katta imkoniyat, katta yutuq. Agarda yoshlar qatlamini to’g’ri maqsadlar sari aniq yo’naltirilsa. Bordiyu, aksincha bo’lsa, bu ijtimoiy jihatdan juda xatarli hodisadir. O’zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan yoshlarni ajdodlarimiz shonu-shuxratiga munosib ravshda, komil inson etib tarbiyalashga katta e’tibor qaratildi va bu borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, “Yoshlarga oid davlat dasturi”ning qabul qilinishi takidlash mumkinki, vatanimiz tarixida alohida ahamiyatga ega bo’ldi. 2016 yil sentyabr oyida ayni shu sohada qonun qabul qilinishi mazkur masalaga diqqat-e’tibor yanada oshirilganidan darak.
Dunyoning turli buraklarida “diniy ekstremistik”, “millatchilik”, “ayirmachilik” kabi millatni millatga, elatni elatga qayrab, xalqalar o’rtasida yovuzlik, nizo va turli fitnalar urug’ini sochayotgan kuchlar, kimsalar bor ekan yoshlarimiz tarbiyasiga soniya bo’lsin e’tiborsiz qoldirish xatarlidir. Bugun barchamiz ommaviy axborot vositalari orqali “ommaviy madaniyat” yoshlarimiz tarbiyasiga kuchli ta’sir qilayotganidan xabardormiz, biz bundan nolimoqdamiz, muammoning yechimlarini axtarmoqdamiz. Bu borada ustoz murabbiylar o’z fikrlarini bildirmoqdalar va ular so’zsiz yoshlar uchun ibratdir.
Ushbu moqala orqali yuqoridagi kabi salbiy muammolarga qarshi kurashish borasida ayrim fikrlar keltirib o’tmoqchimiz. Brinchi prizidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuchdir”3. Biz yoshlarimizning ma’naviy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratishimiz maqsadga muvofiqdir.
«Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, - deb yozadi O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov, - ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. O’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishidan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz»1.
O’zbekistonda yangi ma’naviy yo’nalishlarning shakllanishi o’z navbatida san’atning barcha sohalariga samarali tahsir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini jadallashtirmoqda. Tarixiy, madaniy va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok etish san’atning barcha sohalarida bo’lganidek, musiqiy san’at­da ham yaqqol namoyon bo’lmoqda. Milliy tafakkurdagi tub yangilanishlar mahnaviyatimizning asosiy o’zagi bo’lishi va uni ijtimoiy ongning bugungi darajasiga muvofiq yangi talablar asosida baholash zaruriyatini taqozo etmoqda. Bu borada yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda mustaqillik yillaridagi san’at rivojiga berilgan baho sifatida chop etilgan «O’zbekiston san’ati» nomli yirik nashrni misol qilish mumkin. Ushbu kitobning «Musiqa san’ati» deb nomlangan bobida xalq musiqa ijodiyoti, mumtoz musiqa, sozandalik, bastakorlik va kompozitorlik ijodiyoti, estrada san’atining o’tgan davrdagi tahlili yoritilgan bo’lib, musiqiy madaniyatning har bir sohasiga qisqacha to’xtab o’tilgan.
Texnikaviy rivoj bosimida jadallab borayotgan va o’z tahsirini o’tkazayotgan musiqiy taraqqiyot oqimining yoshlarga tahsiri o’z kuchini ko’rsatmoqda. Shu sababli asrlar bo’yi ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan musiqiy madaniyatimizni asragan, an’anaviy qo’shiqchilik va millliy musiqa boyligimizdan foydalangan holda bugungi zamon ruhiga mos musiqalar yaratish, jahon klassik musiqa san’atidan unumli foydalanish, milliy estrada ruhida qo’shiqlar yaratish bugungi kunning dolzarb vazifasi bo’lib qolmoqda.
Barkamol inson tarbiyasida, ayniqsa, ijtimoiy hayotda, yoshlar tarbiyasida musiqaning o’rni va ahamiyatini to’g’ri tahlil qilib, musiqaning ta’sirchanlik kuchiga baho berishda aniq, ravshan uslubiy rejalar asosida ish ko’rishni taqozo qilmoqda.
Ikkinchi tomondan, xalqimizning insoniyat madaniy taraqqiyoti tarixida tutgan o’rnini, jahon ma’naviy xazinasiga qo’shgan hissasini, ulug’ ajdodlarimiz yaratgan madaniyat va san’at boyliklarini, musiqiy madaniyatning kelajak avlodga o’z holicha yetkazish, bugungi kunda ushbu ma’naviy boyliklarni istiqlol mafkurasi manfaatlari yo’lida xizmat qildirish va yosh avlodni shu ruhda tarbiyalash barcha mahnaviyat ahlining muqaddas burchidir. Bu yo’lda sobitqadamlik bilan ijod qilish taqozo qilinadi.
Davlat ta'lim standartlari ommaviy xalq musiqa pedagogikasi, professional musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari (sozanda, xonandalar) asarlarining elementar asoslarini o'rgatishni me'yorlashtiradi. Musiqa ta'limidan davlat ta'lim standartlari asosida yangi ta'lim mazmuni o'quvchilaming musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ularda ijodkorlik, mustaqiillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta'minlaydi. Shu bois, musiqa madaniyati ta'limining yangi mazmuni yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqiy boyligini idrok eta oladigan madaniyatii inson darajasida voyaga yetkazishni nazarda tutadi. Bunda o'quvchilar musiqa san'atini butun nafosati bilan o'rganishiari, ommaviy musiqa faoliyatlari musiqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo'lib qo'shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish